15
PART XIX EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF
PROMOTIONAL ACTIVITIES. INTERNATIONAL
ADVERTISING
364
19.1. Cost-effectiveness of promotional activities
364
19.2. Psychological effectiveness of the use of advertising tools
366
19.3. Advertising audit
368
Questions for control and discussion
372
GLOSSARY
373
TESTS
387
BIBLIOGRAPHY
412
KIRISH
16
Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirish, uni diversifikatsiyalash
va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va
chuqurlashtirish sharoitida
marketing sohasidagi andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha
ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat
zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar,
texnopark va kichik sanoat zonalari
samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil
etish”
1
bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari
respublikamiz bo‘yicha
qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat
korxonalari tashkil etish,
ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga,
balki tashqi
bozorlarga eksport qilish zarurligini
2
ta’kidlab o‘tdi.
Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish
hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari
korxonalari
faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish,
kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim
o‘ringa egadir.
Ushbu masalalarni amalga oshirishda marketing
kommunikatsiyasi fanida
o‘rganiladigan mavzular, nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Marketing kommunikatsiyasi” faniga tegishli bo‘lgan
barcha mavzular bo‘yicha talabalarga takomillashgan davlat ta’lim standartlari asosida
etkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
2
Мирзиёев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар
фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767).
17
Bu vazifalarni bajarish uchun korxonalarda samarali ishlaydigan kadrlar kerak.
Shunday yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda marketing kommunikatsiyasi
fani salmoqli o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: