Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


-rasm. Yoritish uskunalarining turlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

15.2-rasm. Yoritish uskunalarining turlari 
 
Magazin intererining yorug‘lik bilan bezalishi
Magazin intererida yorug‘lik va soya o‘yini doim ham jalb etuvchan bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, manbadan chiqadigan yorug‘lik predmet yuzasining rangiga qarab uning 


296 
tusini o‘zgartiradi. Turli ranglarga bo‘yalgan predmetlar va yuzalar yorug‘likni 
qaytarishda turli koeffitsientga ega bo‘ladi. To‘q ranglar – qora, to‘q ko‘k, to‘q yashil, 
to‘q jigarrang ranglar eng kam yorug‘lik nurini qaytaradi; oq, och pushti va och sariq 
ranglarda yorug‘likni qaytarish koeffitsienti eng katta. Bundan kelib chiqadiki, 
magazin intereri predmetlarining to‘q rangli yuzalari ko‘proq, och rangli yuzalar esa – 
kamroq yoritini talab qiladi. 
YOrug‘lik va rang o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. Masalan, iliq ranglar 
(qizil, to‘q sariq, sariq) ularni cho‘g‘lanma lampalar bilan yoritishda ocharadi, sovuq 
ranglar (yashil, ko‘k) esa to‘qroq bo‘lib qoladi. Havorang tusdagi lyuminessent 
lampalar sovuq ranglarni kuchaytiradi, iliq ranglar esa yanada ocharadi. Savdo zalida 
tovarlar reklama ekspozitsiyasida rangli yorug‘likdan foydalanish tavsiya etilmaydi. 
Rang odamlar hissiyotiga, ularning kayfiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, qizil rang odamni to‘lqinlantiradi, biroq tezda toliqtiradi; to‘q sariq rang 
odamni qizdiradi, tetiklashtiradi; yashil rang odamning asab tizimiga tinchlantiradigan 
tarzda ta’sir ko‘rsatadi, bezovtalikni yo‘qotadi; kulrang loqaydlik va zerikish hissini 
uyg‘otadi; qora rang kayfiyatni keskin tushirib yuboradi va h.k. 
Tabiatda uchraydigan barcha ranglar olimlar tomonidan ikki guruhga ajratiladi: 
axromatik va xromatik ranglar. 
Axromatik 
ranglarga barcha oraliq tuslar bilan birga oq 
va qora rang kiradi. 
Xromatik 
ranglarga qolgan barcha ranglar ular joylashgan ketma-
ketlikda kiradi: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsharang. Bu ranglar 
oralig‘ida ko‘p sonli oraliq ranglar mavjud. 
Xromatik ranglar quyidagi asosiy xislatlar bilan tavsiflanadi: rang tusi, rang 
to‘yinganligi va yorug‘ligi. Rang tusi u tufayli bitta xromatik rang boshqasidan, 
masalan, sariq rang qoradan, yashil rang qizildan ajralib turadigan asosiy xislat 
hisoblanadi. Rang to‘yinganligi shunda namoyon bo‘ladiki, ikkita bir xil masalan, qizil 
rangdagi tuslardan biri yorqinroq, ikkinchisi esa xiraroq bo‘ladi. Rang yorug‘ligi ayrim 
ranglar ochroq, boshqalari esa unchalik och emas, uchinchi turdagi ranglar to‘q rang 
sifatida qabul qilinishidan iborat. 
Rang iliq va sovuq turlarga ham bo‘linadi. Spektrning chap qismida joylashgan 
ranglar – quyosh rangini yodga soladigan qizil, to‘q sariq va sariq ranglar iliq ranglar 


297 
deb ataladi. Spektrning o‘ng qismi yashil, havo rang, ko‘k va binafsharangni o‘z ichiga 
oladi. Bu ranglarning har xil tuslarini sovuq ranglar deb atash qabul qilingan. 
Barcha xromatik ranglarni rang doirasi bo‘ylab xuddi spektrdagi kabi ketma-
ketlikda joylashtirish mumkin. Rang doirasida bir-birining qarshisida joylashgan 
ranglar kontrastli ranglar deb ataladi. Masalan, qizil va yashil, ko‘k va to‘q sariq. 
Reklama vositalarida ko‘pincha rangga oid kontrastlar foydalaniladi. Ular 
svetlotnыe??? 
va 
xromatik 
turlarga ajratiladi

Masalan, qora fonda kulrang predmet 
ochroq qabul qilinishi mumkin. Oq fonda predmetlar aslidan ko‘ra to‘qroq bo‘lib 
ko‘rinadi. Bu holat bir vaqtdagi svetlotnogo??? kontrast nomini olgan. 
Xuddi shu tarzda bir vaqtdagi xromatik kontrast taassuroti ham olinadi. Masalan, 
qizil fonda yashil predmet boshqa fondagidan ko‘ra yashilroq bo‘lib ko‘rinadi. Bir 
vaqtdagi rang kontrasti bu holatishundan iboratki, ikkita qo‘shimcha ranglar 
qo‘shniligida ulardan har birining sifati kuchayadi. 
Reklama vositalrini ishlab chiqishda, shuningdek, magazin binolari yuzasi 
bo‘yog‘ida ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlash, ularning o‘zaro aloqalar xususiyatlarini 
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish