Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari kompleksi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
1.3. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari kompleksi
F.Kotlerning 
marketing 
bo’yicha 
mashhur 
darsligida 
marketing 
kommunikatsiyalari ular yordamida firmalar iste’molchilarni o’z tovarlari va savdo 
markalari haqida beovsita yoki bilvosita xabardor qilish, ishontirish va eslatib turishga 
harakat qiladigan vositalar sifatida tavsiflanadi. Bunda marketing kommunikatsiyalari 
kompleksi oltita asosiy vosita: reklama, sotishni rag’batlantirish, homiylie,
 PR (pablik-
rileyshnz),
to’g’ridan-to’g’ri marketing, shaxsiy sotuvlarni qamrab oladi deb 
hisoblanadi
9

Hozirgi tadqiqotchi va amaliyotchilar marketing kommunikatsiyalari ro’yxatiga 
tovar o’rovi (o’rab qadoqlash), prodakt-pleysment, servis xizmatlari, internet-
marketing va boshqalarni ham kiritadi, bu yerda brending ham alohida o’ringa ega.
F.Kotler marketing-miks tushunchasidan foydalanganda marketologlar 
marketing kommunikatsiyalari jarayonida ushbu kompleksning turli vositalarini 
aralashtirib, «miks» qilishini nazarda tutgan. Shu tariqa olingan kokteyl mashhur 
9
См.: Котлер Ф. Основы маркетинга. М. : Прогресс, 2011. С. 248.


24 
kinoqahramon Djeyms Bondning sevimli ichimligi o’xshab ketadi va uning reseptiga 
mos keladi: aralashtiring, lekin chayqatmang. 
Hozirgi paytda marketing vositalaridan foydalanishga biroz boshqacha 
yondashuv – integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari konsepsiyasi (IMK 
konsepsiyasi) keng tarqalgan. 
Marketing komlpeksi elementlarini integrasiyalash zarurati bir qator sabablar 
bilan izohlanib, ularning orasida insonning axborot qabul qilish psixologik 
xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iste’molchilar, korxonadan xizmtalar, tvoarlar va brendlar haqida (va korxona 
haqida boshqa manbalardan) axboraot olar ekan, bu ma’lumotlarni marketing 
kompleksi elementlariga farqlamaydi. Hozirgi paytda marketing axboroti unga 
yo’naltirilgan iste’molchi tovarlar va brendlar olamini yetarli darajada yaxshi biladi va 
tushunadi. Lekin shunda ham agar kishi har qanday xariddan oldin manabu axborotni 
men PR dan bilib oldim, bunisini OAV reklamasidan, shu sababli uni bunday tushunish 
kerak, bu axborotni esa sotuvchi bilan shaxsiy muloqotda olganman – demak uni 
boshqacha qabulsh qilish kerak deb uzundan-uzoq fikr yuritishi va batafsil tahlil qilishi 
yumshoq aytganda g’alati bo’lgan bo’lardi. Iste’molchi ongida korxona va uning 
tovarlari, xizmatlari, brendi to’laqonli obrazi (imidji) shakllanadi. Agar bunda 
marketing xabarlari chala-chulpa, uyushmagan va hatto bir-biriga zid keladigan bo’lsa, 
potensial xaridor xato fikrga kelishi, chalg’ishi, esankirab qolishi mumkin. Bu 
iste’molchida ishonchsizlik uyg’otishi va uni ushbu tovar yoki brend ixlosmandlari 
qatoriga olib kelmasligining ehtimoli yuqori. Bunday sharoitlarda muvofiqlashtirish, 
ya’ni korxonaning barcha kommunikatsiyalariga integrasiyalangan yondashish haqida 
qaror qabul qilish mantiqiy bo’lib ko’rinadi. 
IMK konsepsiyasini shakllantirish va uni marketologlarning amaliy faoliyatiga 
joriy qilishga ta’sir ko’rsatgan ijtimoiy va iqtisodiy omillar qatoriga jamiyatda xilma-
xil yo’nalishdagi axborot oqimlarining o’sib borishi, kommunikatsiyalar 
murakkablashuvi, globallashuv, biznesning barcha sohalarida raqobatning kuchayishi, 
korxonaning ichki resurslarini tejash zarurati kiradi. 


25 
Hisoblanadiki, IMK kompleksi sinergetik samaraga, byudjet mablag’larini 
tejashga va maqsadli muloqot doiralari bilan yanada samarali kommunikatsiyalarga 
olib keladigan bir qator ijoby tavsifnomalarga ega, chunonchi u: 
-
strategik xarakterga ega; 
-
kommunikativ muhitlar sintezi va integrasiyasi, barcha kommunikatsiya 
jihatlarini boshqarishni amalga oshiradi; 
-
asosiy e’tiborni iste’molchiga qaratadi; 
-
tashkilot uchun muhim bo’lgan barcha guruhlar bilan o’zaro aloqani amalga 
oshiradi; 
-
nufuzni, brendni yaxshilash va qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi; 
-
foyda va qo’shilgan qiymatni oshirishga yo’naltiriladi; 
-
iste’molchilar moyilligini yaxshilashga yo’naltiriladi; 
-
raqobatli ustunlikka erishishga, kompanyani joylashtirishga, kompaniya 
missiyassini rasmiylashtirishga yo’naltiriladi; 
-
kompaniya missiyasi va strategiyasini muvofiqlashtirish va integrasiyaga olib 
keladi; 
-
iste’molchilarni qondirish, munosabatlar o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga 
yo’naltiriladi, kommunikatsiya bo’limlari bir-biridan alohida holda bo’lmasligini 
ta’minlaydi; 
-
ma’lumotlarni hisobga olishga asoslanadi; 
-
asosiy biznes jarayonlarda ishtirok etadi
10

Tadqiqotchilarning 
ko’rsatishicha, 
integrasiyalangan 
marketing 
kommunikatsiyalari integrasiyaning uch darajasida bir-biri bilan bog’lanadi: 
kompleksning bitta elementi doirasida; kompleks elementlari o’rtasida; shuningdek, 
kommunikatsiya funksiyalarini bajarishi ko’zda tutilgan marketing kompleksi 
elementlari va kommunikatsiya kompleksi elementlari o’rtasida
11

10
Journal of Integrated Communications, 1997—2002. URL: 
http://jimc
. medill.northwestern.edu/archives.aspx 
(дата обращения: 14.06.2013).
11
Архипов А. Е. Управление интегрированными маркетинговыми коммуникаsиями в сфере услуг : 
автореф. дис. ... докт. экон. наук. Омск, 2011. URL: 
http://dissers.ru/avtoreferati-doktorskih-dissertatsii1/a24.php
 (дата 
обращения: 14.06.2013).


26 
Bunda kommunikatsiyalar tashabbuschisi bo’lgan korxona resurslarni 
kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos keladigan taqsimot kanallari bo’yicha 
taqsimlab, murakkab kommunikatsiya dasturini, umumiy axborot siyosatini 
rejalashtiradi va amalga oshiradi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish