Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
 


362 
19-BOB. REKLAMA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH. 
XALQARO REKLAMA 
 
19.1. Reklama tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi 
Reklama beruvchi reklama qilish samaradorligini hisobga olishni yo‘lga qo‘yishi 
to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu reklamaning maqsadga muvofiqligi va uning alohida vositalari 
unumdorligi haqida axborot olishga, potensial xaridorlarga reklama optimal ta’siri 
shartlarini aniqlashga imkon beradi. 
Reklama kampaniyasining, alohida reklama vositalarining samaradorligini 
ko‘pchilik holatlarda mutlaq aniq belgilab bo‘lmaydi. Biroq taxminiy hisob-kitoblar 
ham o‘zini oqlaydi. 
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi va alohida reklama vositalarining inson 
ongiga psixologik ta’siri samaradorligi (reklamaga e’tibor jalb qilish, xotirada saqlab 
qolish va h.k.) farqlanadi. Bunda psixologik ta’sir potensial iste’molchilarni xaridni 
amalga oshirishga olib keladigan hollarda unumli bo‘ladi. Shunday qilib, reklamaning 
iqtisodiy samaradorligi uning insonga psixologik ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi ko‘pincha uning tovaraylanma 
rivojlanishiga ta’sirini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. reklama qanday samara 
berganini tovar sotuvining o‘sishi reklama ta’siri ostida darhol o‘sgan hollarda eng aniq 
belgilash mumkin. Bu yangi kundalik talab tovarlari reklama qilingan holatlarda ro‘y 
berishi ehtimoli eng yuqoridir. 
Shu bilan bir paytda, uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarni xarid 
qilishdan oldin albatta o‘ylab ko‘rish shart. Bu holatda reklama samarasi birdaniga 
ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin. Birinchi navbatda, xaridor tovar chiqarilgani haqida 
bilib oladi, so‘ngra u tovar sifati va xususiyatlari haqida batafsil axborot bilan qiziqadi. 
SHundan so‘ng u reklama qilinayotgan tovarni afzal ko‘rishi va uni xarid qilish istagi 
paydo bo‘lishi, oqibatda bu tovarni sotib olishi mumkin. 
Reklama tovaraylanmaning o‘sishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganini aniqlash 
uchun tezkor va buxgalteriya ma’lumotlari tahlil qilinadi. Bunda shuni e’tiborga olish 


363 
kerakki, reklamadan tashqari tovarni sotishga tovarning sifati va iste’mol xususiyatlari, 
narxi, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, savdo korxonasi joylashgan joy, xaridorlarga 
xizmat ko‘rsatish madaniyati, xuddi shunga o‘xshash mahsulot yoki xizmatlar sotuvda 
borligi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma quyidagi formula bo‘yicha 
aniqlanadi: 
bu erda T
d
– reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
T
s
– reklama davrigacha o‘rtacha kundalik tovaraylanma, rub.;
P – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda o‘rtacha kundalik 
tovaraylanmaning o‘sishi, %;
D – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda tovaraylanmani hisobga olish 
kunlari soni. 
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi haqida reklama vositasini qo‘llash yoki 
reklama kampaniyasi o‘tkazishda erishilgan iqtisodiy natija bo‘yicha mulohaza 
yuritish mumkin. Iqtisodiy natija reklama ta’siri ostida olingan qo‘shimcha 
tovaraylanmadan foyda va uning xarajatlari o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. 
Iqtisodiy samarani hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalanish 
mumkin: 
bu erda E – reklama qilishdan iqtisodiy samara, rub.;
T
d
– reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
N
t
– tovar uchun savdo ustamasi, sotuv narxi %ida;
U
p
– reklama xarajatlari, rub.;
U
d
– tovaraylanma o‘sishi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar, rub. 
Ushbu holatda biz reklama tadbiri o‘tkazishdan olingan samarani uni amalga 
oshirish xarajatlari bilan taqqoslaymiz. Bunday taqqoslash natijalari uch xil variantda 
bo‘lishi mumkin: 


364 
1. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlariga teng. 
2. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan katta (foydali). 
3. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan kam.
Biroq olingan ma’lumotlar turli reklama tadbirlari o‘tkazish xarajatlari maqsad
samaradorligini taqqoslash uchun hali etarli emas. Reklama xarajatlari 
samaradorligini uning rentabelligi aniqroq tavsiflaydi. 
Reklama rentabelligi bu – olingan foydaning xarajatlarga nisbatidir. U quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 
bu erda R – tovarni reklama qilish rentabelligi, %;
P – tovarni reklama qilishdan olingan foyda, rub.;
U – ushbu tovarni reklama qilish xarajatlari, rub. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish