Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
5.2. Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish 
Pablik rileyshnz bu – jamoatchilik bilan aloqalar tizimi bo’lib, firma va 
jamoatchilik o’rtasida o’zaro munosabatlarni rivojlantirish bo’yicha doimiy faoliyatni 
ko’zda tutadi. 
Pablik rileyshnz (PR) faoliyat ko’rsatayotgan korxona yoki tashkilot 
menejmentining funksiyalaridan biri sifatida tushuniladi. Pablik rileyshnz ko’plab 
ta’riflari mavjud bo’lib, ularning ichida qisqachasi quyidacha 
pablik rileyshnz 
– 
tashkilot va jamoatchilik o’rtasida kommunikatsiya o’rnatish va qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha menejmentning mustaqil funksiyasi.
Kommunikatsiya 
bu – odamlar o’rtasida axborot almashinish. Axborot 
almashinish shuningdek, tashkilot va odamlar o’rtasida, turli tashkilotlar o’rtasida ham 
amalga oshiriladi.
Ommaviy kommunikatsiya 
bu – odamlarni xabardor qilish va ularning baholari, 
fikri va xulq-atvoriga ta’sir etish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali 
sistematik xabarlar tarqatishdir. 
Shu bilan birga, pablik rileyshnz marketing bilan ham chambarchas bog’liq. 
G’arb mamlakatlarida ta’kidlab o’tilishiga ko’ra, PR «product» (mahsulot), «price» 
(narx), «promotion» (ilgari surish), «place» (joy) bilan bir qatorda marketing 
majmuining beshinchi «R» («pi») elementi hisoblanadi. Biroq PR «ilgari surish»dan 
shunisi bilan farq qiladiki, u jamoatchilik ongiga mahsulotning o’zidan ko’ra ko’proq 
korxonani ilgari suradi (reklama qiladi). Mahsulotni (tovarni, xizmatni) ilgari surish 
asosan iste’molchilar bilan, PR esa – keng jamoatchilik bilan amalga oshiriladi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, pablik rileyshnz bir vaqtning o’zida keng 


79 
jamoatchilikka ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonani tanishtiradigan 
reklama vositalaridan biri ham hisoblanadi. Quyidagi muhim bir xususiyatni hisobga 
oli kerak: PR tovarni emas, firmani va bozorda emas, jamiyatda ilgari surishga 
yo’naltiriladi. PR mahsulotni darhol sotish bilan bog’liq emas. Bu uzoq muddatli 
reklama. 
«Pablik rileyshnz» ifodasi so’zma-so’z olganda ommaviy, ijtimoiy jamiyatga 
taalluqli munosabatlarni anglatadi. Hozirgi paytda mos keluvchi adabiyotlarda bitta 
tushunchaning ikkita bir xil ahamiyatga molik nomi - «pablik rileyshnz» va 
«jamoatchilik bilan aloqalar» ko’p uchramoqda. 
PR faoliyatining asosiy yo’nalishi jamoatchilik ongini boshqarish, ya’ni 
tashkilot muvaffaqiyatga erishishi uchun qulay bo’lgan ichki va tashqi ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, psixologik muhit yaratish hisoblanadi. Bu strategik maqsadga 
firmaning ijtimoiy muhit: mijozlar, hukumat organlari, ommaviy axborot vositalari, 
firma xodimlari bilan kommunikatsiyalarsiz erishib bo’lmaydi. 
PR tizimi taklif etilayotgan mahsulot, tashkilot, korxona yoki biron-bir hodisa 
borasida jamoatchilik fikrini shakllantirish, kuchaytirish yoki o’zgartirish maqsadida 
jamoatchilik fikriga ta’sir ko’rsatishi lozim. 
Fikr 
bu – alohida shaxsning biron-bir 
hodisaga munosabatidir. Bir guruh odamlar fikri jamoatchilik fikri sifatida tavsiflanadi. 
Jamoatchilik fikri 
bu – jamiyatda yuz berayotgan hodisalarga, turli guruhlar, 
tashkilotlar, alohida shaxslar faoliyatiga munosabatdan (ochiq yoki yashirin) iborat 
bo’lgan ommaviy ong holatidir. Bu voqelik haqida fikr-mulohazalar yig’indisidir. Fikr 
ijobiy, salbiy, betaraf, mavjud emas bo’lishi mumkin. 
Tijorat sohasida jamoatchilik fikri qoidaga ko’ra, bozor tadqiqotlari asosida 
aniqlanadigan mahsulot (tovar, xizmat), bozor kon’yunkturasi, raqobatchilarning 
bozor siyosati va h.k. haqida xususiy fikrlar sintezi sifatida aniqlanadi. 
Firma o’z faoliyati jarayonida doimiy ravishda ishbilarmon jamoatchilikka, 
ya’ni moliyaviy muassasalar, mahalliy va markaziy hukumat organlari, hamkorlar, 
aksiyadorlar, xaridorlar va h.k. bilan duch keladi. 
Oqilona tashkil qilingan PR tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va tashkil 
qilishdagi kamchiliklarni tezkorlik bilan aniqlashga yordam beradi. PR bilmasdan turib 


80 
jamoatchilik bilan samarali hamkorlik o’rnatib bo’lmaydi. 
Jamoatchilik
bu – vaziyat muammoliligini biladigan va unga bir xil tarzda javob 
beradigan, ma’lum bir holatlar ta’siri ostida yuzaga kelgan odamlar guruhidir. Ichki 
(yopiq) va tashqi (ochiq) jamoatchilik farqlanadi. 
Ichki jamoatchilik
bu – xizmat 
munosabatlari, an’analar, xizmat intizomiga bo’ysunadigan korporativ jamoatchilik 
bilan birlashtirilgan korxona xodimlaridir. Bunday umumiylik 
ijtimoiy umumiylik 
deb 
ataladi.
 Tashqi jamoatchilik
bu – tovar va xizmatlar ko’p sonli iste’molchilar guruhi, 
ommaviy axborot vositalari, siyosiy harakatlar, partiyalar va fraksiyalar qatnashchilar. 
«O’z» jamoatchiligi
bu – mazkur korxona o’z faoliyati o’ziga xosliklari tufayli u 
ishlashi mumkin bo’lgan odamlar doirasi. 
PR muhim elementi sanalgan ishbilarmonlik muloqoti firmaning tadbirkorlik 
faoliyatidagi joriy va istiqbolli vazifalarni hal etishga qaratiladi. 
Ishbilarmonlik 
muloqoti 
bu – biznes bo’yicha hamkorlar bilan kutilayotgan natijaga erishish uchun 
aloqaga kirishishga imkon beradigan faoliyat. 
«Pablisiti» degan tushuncha ham mavjud bo’lib, u bilan «pablik rileyshnz» 
o’rtasida qalin aloqa bor. So’zma-so’z tarjima qilganda pablisiti (publicity) korxona va 
uning faoliyati ommaviyligi, mashhurligini anglatadi. Bizda «imidj» tushunchasi ham 
keng tarqalgan bo’lib, ingliz tilidan tarjima qilganda bu «qiyofa», ya’ni jamoatchilik 
nigohida shakllangan korxona qiyofasini anglatadi. Ijobiy imidj korxonaning 
raqobatbardoshligini oshiradi, iste’molchilar va hamkorlarni jalb qiladi, faoliyat hajmi, 
demak, korxona daromadlarini ham ko’paytiradi. 
Pablik rileyshnz bu – bir vaqtning o’zida turli mutaxassislar – psixologlar, 
sosiologlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va h.k. harakatlarini sintez qiladigan san’at va 
fandir. Ular firma nufuzini rivojlantirish bo’yicha kampaniya ishlab chiqish va amalga 
oshirishi lozim. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish