Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni
sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni bozordan
raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni
eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi,
hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital
aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |