Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketingni asosiy turlari



Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/287
Sana31.12.2021
Hajmi11,3 Mb.
#211658
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   287
Bog'liq
Открыть 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 3

5.2. Marketingni asosiy turlari
 
Marketingning  tarkibiy  tuzilishi  haqida  fikr  yuritilganda,  uning  tarkibida
mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.
Bu  tushunchalarni  fanga  birinchi  marta  F.Kotler  1972  yilda  kiritgan  va  ularni
xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish
 
bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  madaniyat,  ijtimoiy,  siyosiy  va  shunga  o‘xshash
tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi.
Mikromarketing  -  korxonaning  ishlab  chiqarishni  shakllantirish,  tovarlar  va
xizmatlarning  tayyorlovchidan  iste’molchi  yoki  foydalanuvchiga  borish  oqimini
boshqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  faoliyatdir.  Uning  asosiy  vazifasi  talabni  qondirish
va ayni paytda korxona oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda,
bu  ijtimoiy  iqtisodiy  jarayon  bo‘lib,  mahsulot  yoki  xizmatlarga  bo‘lajak  talab
tarkibini  o‘rganish,  shuningdek  bu  talabni,  taklifni  shakllantirish  iste’molchiga
axborot berish yo‘llari bilan qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Shunday  qilib,  mikromarketing  korxona  darajasidagi  bozor  faoliyatidan
iboratdir.
Makromarketing  faoliyati  korxona  darajasidan  chetga  chiqadi  va  turli
birlashmalar,  konsepsiyalar,  uyushmalar  va  umuman  tarmoq  darajasida  amalga
oshiriladi.
Yanada  kengroq  ma’noda,  makromarketing  tushunchasi  mamlakatning  jami
xo‘jaligi  miqyosida  mahsulotlarni  yaratish  va  uning  pirovard  iste’molchisi  tomon
ko‘chish  harakati  hayotiy  jarayonda  qatnashadigan  faoliyati  va  muassasalarni
birlashtiradigan  tizimdir.  Bu  tizim  barcha  ishlab  chiqarish  savdo,  transport,  reklama


1
0
axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab
oladi.
Makromarketingning  vazifasi-butun  mamlakat  bo‘yicha  moddiy  boyliklar  va
xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli  darajadagi  boshqarish  vositalari  va  usullari  o‘zaro  farq  qilinadi.  Korxona
darajasida  asosan  marketing-miks  vositalaridan  foydalaniladi.  Undan  yuqoriroq
darajalarda  investitsiya  siyosati  narxlarni  boshqarish,  ilmiy  tadqiqot  va  tajriba-
konstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat ko‘rsatadi.
Marketingni qo‘llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko‘ra
guruhlash mumkin:

 ichki marketing;

 tovarlar bo‘yicha marketing;
​ 
 

 eksport marketingi;

 import marketingi;

 ilmiy texnik marketing;

 to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi;

 xalqaro marketing;

 notijorat faoliyati sohasidagi marketing;

 ijtimoiy g‘oyalar marketingi;
Ichki  marketing  qoidaga  ko‘ra,  bir  tomon  doirasida  tovar  va  xizmatlarni  sotish
masalalari  bilan  bog‘liq.  Amalda  barcha  korxonalar  avval  ichki  bozorga  keladi,
yuqori  natijalarga  erishgandan  keyin  esa,  ya’ni  raqobatbardosh  mahsulotlarini
yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing) samarali sotishni
tadqiq  qilish  va  tovarlar  va  xizmatlar  turlari  bo‘yicha  tadbirkorlik  faoliyatining
foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi,
iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
Eksport  marketingi  yangi  xorijiy  sotish  bozorlarini  tadqiq  qilish,  firma
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Import  marketingi  yuqori  samarali  xaridorlarni  ta’minlash  uchun  bozor
tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi.
Ilmiy-texnik  marketing  xaridning  ilmiy-texnik  faoliyat  natijalari:  patentlar  va
litsenziyalarni  sotish  va  xarid  qilish  qismidagi  marketing  tadqiqotlari,  fan-texnika
taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va
boshqalar bilan bog‘liq.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri  marketing  kiritish  marketingi  o‘z  ichiga  xorijiy  faoliyatni
tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish
faoliyatini  chuqur  va  har  taraflama  tahlil  qilishni,  hamda  kompaniya  manfaatlari  va
korxona  qurilgan  mamlakat  qonunini  hisobga  olgan  holda  tashqi  bozorda  sotish
tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro  marketing,  tashqi  iqtisodiyot,  tashqi  savdo  marketingi  deb  ham
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda tutadi. U
 
ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‘p sonli
mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi.
Notijorat  faoliyati  sohasidagi  marketing  asosan,  alohida  tashkilot  yoki  alohida
shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‘liq.
Ijtimoiy  marketingni  qo‘llashning  eng  muhim  sohasi  rivojlanadigan
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e’tiborni jalb qilish, ayrim
ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
Bundan  tashqari  bugungi  kunda  marketingning  ayrim  turlari  haqida  to‘xtalib
o‘tmoqchimiz.
Raqobatbardoshlikka
erishish

Download 11,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish