Marketing nazorati va uning turlari
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
maqsadga erishish darajasini belgilash,
yaxshilanish imkoniyatini aniqlash,
korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar.
Marketing nazoratining uch turi mavjud:
Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;
Foydalilikni nazorat qilish;
Strategik nazorat .
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing
xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topaetganligini va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‘zidagi marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‘qmi shu holat nazorat qilinadi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‘z ichiga makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini oladi.
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda firma mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liqdir. U kon’yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek
marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog‘liqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda marketingni amalga oshirishni yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini aniqlash yo‘li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi uslublarini kiritish mumkin.
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy- matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo‘llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: 1.Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash; 2.Faoliyatning haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash;
3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish 4.Reja ko‘rsatkichlaridan haqiqiy ko‘rsatkich farqi tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash.
1974 yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni tashqi va ichki muhitni omillarini o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopik tizimlaridir.
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 6.3 - rasmda berilgan.
Marketing nuqtai nazaridan aralash bulinmalar faoliyat natijalarini nazorat qilish
Firmada marketing potentsiali tavsiflari nazorati
Do'stlaringiz bilan baham: |