Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari


Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi



Download 0,84 Mb.
bet57/249
Sana14.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#362361
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   249
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 (1)

Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi


Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub’ektlar va kuchlar bo‘lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‘ladigan munosabatlarini vujudga keltirish va qo‘llab – quvvatlashga ta’sir o‘tkazadilar.

Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi muhit omillari ta’sir qiladi.

Tashqi muhit sub’ektlari – ta’minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‘lib, ular korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki to‘sqinlik qilishda ishtirok etadilar.

Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – huquqiy va madaniylar bo‘lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf



  • xatarini vujudga keltiradilar.

Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o‘zgarishini doimo kuzatib borishi va shu o‘zgarishlarga kerakli bo‘lgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda

tashqi muhit juda ham tez o‘zgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda harid qilish jarayonini kelgusida qanday o‘zgarishini tasavvur qilib ko‘raylikchi? Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular o‘rnini Internet orqali amalga oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayig‘imdagi oziq – ovqatlar uylarga eltib beriladi. Ya’ni, savdo va etkazib berish bilan shug‘ullanadigan korxonalar birlashadilar.

Xaridorlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi supermarketga buyurtma beradi.

Kelgusidagi bunday o‘zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni o‘yga solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi bo‘lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur axborotlarni yig‘ish maxsus uslublarga ega bo‘lgan, marketing tadqiqotlari bor. Ikkinchidan esa, ular iste’molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, marketologlar tez o‘zgarayotgan muhit uchun kerakli bo‘lgan, marketing strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni o‘zgartiradilar.

Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir.

Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni mijozlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchlardir.

Ularga korxona, ta’minotchilar, marketing kanallari ishtirokchilari, iste’molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi (5.2-rasm).

Marketing vositachilariga – korxonaning so‘nggi iste’molchilariga tovarlarni siljitish, sotish va taqsimlash bo‘yicha yordam beradigan korxonalar kiradi. Ularga resellerlar, logistik firmalar, marketing agentliklari va moliyaviy vositachilari kiradi.

Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hamda alohida shaxslar, ya’ni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi.






Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish