Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari



Download 0,84 Mb.
bet123/249
Sana14.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#362361
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   249
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 (1)

Tashkiliy-iqtisodiy usullar. Tabiiyki, butun biznes-struktura kommunikativ qadamlar bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi zarur. Agar tovarlar sotishda ularni sotish mumkin bo‘lgan tezlik baholanmagan va tovarda sotuvda bo‘lmaydigan bo‘lsa, butun reklama faoliyati samarasiz bo‘lib chiqadi. Agar kompaniya qurilish uchun ruxsat olishga harakat qilayotgan bo‘lsa, qurilish esa mablag‘lar yo‘qligi tufayli boshlanmasa – shunchalik mashaqkat bilan tashkil qilingan kommunikativ kanal barbod bo‘ladi. mijozlarga chegirmalar tizimi ko‘rinishida taqdim etiladigan sof iqtisodiy foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin.

  • Axborot-reklama usullari. Bu usullar qatoriga yakuniy iste’molchi uchun ham (reklama va h.k.), korporativ mijozlar uchun ham (tijorat takliflari, taqimotlar),

    keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imidj va nufuzni shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun doirasidir.

        1. SHaxslararo munosabatlar (aloqalar) o‘rnatish usullari. Bu usullar tashqi muhit bilan ham, korxona ichida ham marketing strategiyasini amalga oshirish,

    «ko‘maklashuvchi» shaxslar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish ularga bog‘liq bo‘lgan ish aloqalari etikasini – o‘ta tartiblilik va «nozik» kommunikativ texnologiyalar talab qiladigan narsalarni ko‘zda tutadi. Aslida yolg‘izgina o‘z sohasini yaxshi biladigan «itargich» (amaldorlar doirasidagi lobbichi) oqibatda qolgan barcha tarkibiy qismlarni (ham moliya, ham moddiy ta’minot) ta’minlagan holda «nolinchi» loyihaning yagona resursiga aylanishi mumkin. Va aksincha, ko‘plab ajoyib tarzda (texnologik va moliyaviy jihatdan) jihozlangan korxonalar korxona egasining shaxsiy xususiyatlari tufayli rivojlanishda to‘xtalib qolishi mumkin.

        1. Yuridik usullar – kompaniyalarni qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlarining faollashuvi (axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar bilan birgalikda kuzatiladigan) ushbu usullarni integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligidan dalolat beradi. IMK mutaxassisining huquqiy jihatdan savodxonligi ta’lim tizimida ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

    Marketing kommunikatsiyalari kompleksini tashkil qilishning bir nechta asosiy tamoyillarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

    1. Sinergizm. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillarni muvofiqlashtirish va barcha elementlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari tashkil qilishning asosiy tamoyili deb hisoblash mumkin. Birgalikdagi kommunikativ harakatlar ularning yig‘indisini chiqarishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi.

    Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining bitta elementi– original distributiv tarmoq tashkil qilish orqali marketing strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun butun kommunikatsiyalar kompleksi barpo etiladi.

    1. Hamkorlik qilish uchun ochiqlik, ittifoq tuzishga, marketing dasturlari byudjetlarini optimallashtirishga tayyorlik. Turli hamkorlar bilan gorizontal kommunikatsiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish uchun ochiq bo‘lish zarur.

    2. Tezkorlik. Bu erda gap strategik kommunikatsiyalar uchun ham maxsus tashabbus ko‘rsatilgan, ham beixtiyor ravishda yuzaga keladigan hodisalar haqida boradi. To‘g‘ri ifodalangan har qanday axborot hodisa uchun axborotga oid sabab bo‘lishi mumkin. Bu hodisa integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari kompleksini shakllantirish uchun sabab bo‘lishi mumkin. Axborotga oid sabab ichki axborot oqimlarining istalgan bo‘linmasidan kelib chiqishi mumkin (maxsus tashabbus ko‘rsatiladigan sabablarni aytib o‘tirmasak ham bo‘laveradi).

    3. Personallashtirish. Hozirgi kunda har qanday sotuvlarni optimallashtiradigan ko‘plab konsepsiyalar ishlab chiqilgan (jumladan, g‘oyalarni sotish shaklida – muzokaralar jarayoni sifatida). Nima sotilayotgani muhim emas: g‘oyami, xizmatmi, asbob-uskunami yoki birlamchi zarurat predmetlarimi, lekin savdo madaniyati, sotuv taktikasi va strategiyasini bilish personalizatsiya tamoyillarini hisobga olgan holda kommunikatsiyalar tizimini barpo etishda ham, mutaxassis tayyorlashda ham ko‘zda tutilishi zarur. Zamonaviy marketing munosabatlariga xos xususiyat – personalizatsiya, har bir alohida mijoz bilan personal munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

    Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir.

    Reklama agentligi - bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. U o‘z tovari uchun xaridor qidirayotgan buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi.

    Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro‘znoma, jurnal), qaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga etkazuvchi reklama mutaxassislaridir. Jurnal, ro‘znomalar, televidenie va radiostansiyalar o‘zlarining

    noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb qiladi, reklama beruvchilar esa ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Boshqa reklama vositalari esa ma’lum darajadagi kishilarni o‘ziga jalb etish maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g‘ri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar. Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste’molchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi.

    Savdo reklamasining o‘ziga xos xususiyati xaridorni chorlash va chiqarishdan iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‘lida tovarlarning ayrim turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir.

    Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‘lgan talablar kuchayishi va ko‘pincha yangi talablar qo‘yilishi reklama bilan bog‘liqdir, chunki savdo xalq iste’molini qondirish jarayonidir.

    Reklama savdo madaniyatini oshirishga ko‘maklashmog‘i lozim. Reklama yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‘ladilar. SHu tariqa tovarni sotish tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi.

    Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar to‘g‘risida foydali ma’lumotlar berish, shu tovarlarning xususiyatlari, qimmatli jihatlari, ularni ishlatish usullarini tushuntirishi kerak.


      1. Download 0,84 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   249




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish