11.3-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlari
Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning topshirig‘i bilan ishlab chiqarishdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri iste’molchi firmaga (tranzit usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun ob’ektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar ko‘p korxonalarda tor assortimentli bo‘ladi. Chakana savdo uchun esa aholiga mo‘l-ko‘l, universal assortimentli tovarlar
taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy o‘rinni egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi tomondan, o‘z faoliyatlari uchun xaq oladilar.
Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega.
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o‘zida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obro‘ - e’tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shahobchalarining moddiy - texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari - menejeri vositachini shaxsan o‘rganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda xo‘jalik jihatlaridan mustaqil bo‘lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat korxonalarining sho‘‘ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi). Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari o‘rtasidagi farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat:
sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish;
transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash;
texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish.
Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo monopoliyalari qo‘lida to‘planishi vositachilik bo‘g‘inida sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Ularning o‘z moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, o‘z sug‘urta kompaniyalari, o‘z floti, ehtiyot qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmog‘i va chet ellarda filiallari mavjud.
Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga savdo vositachilari to‘g‘ri keladi. AQSH, Angliya, Gollandiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari uchun muayyan afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim ustunligi shundaki, sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo shahobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda o‘z moddiy - texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo‘ladi.
Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq juda ko‘p tashvishlar (mahsulotni etkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport qilinganda mahallik esa bozorga moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to‘la xokimlik qilib olgan hollarda ham uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga iste’molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazmuni va vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha turlarini ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan olib boradi. Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi bo‘lib qoladi va uni har qanday bozorda xohlagan narxda o‘zi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi - sotdi bo‘lgach, vositachi bilan ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘xtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayyan hududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shug‘ullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan o‘z hisobiga amalga oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Komission ishlarining yana bir ko‘rinishi - konsignatsiya xarakteridir. Konsignator - eksporterdan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. SHartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi,
sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Sanoat agenti muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoatchilar tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish qo‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |