Tovarning yashash davri va uning bosqichlari
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri konsepsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan.
Tovarning yashash davri to‘rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo‘llash usullarining yashash davri,
15 Ламбен Жан Жак Стратегический менеджмент: стратегияческий и операционнқй маркетинг. –СПб.: Питер, 2006.
mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga esa, qo‘l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo‘llash usullariga ko‘ra esa qo‘ng‘iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin.
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to‘rtta tipi o‘rganiladi, firma doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko‘proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to‘rtinchisi esa, raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo‘lganda qo‘llaniladi.
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi. 1.ishlab chiqarish;
2.kirib kelish; 3.o‘sish; 4.etuklik; 5.to‘yinish;
6.inkiroz (kasodlik).
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kechiradi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini firma vaqt bo‘yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha kam bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g‘oyat keskin o‘sishi bilan ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
SHunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo‘lsa, ular to‘liq xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi, ya’ni hisobdan o‘chiriladi.
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi. Har qanday mahsulot bu bosqichga etib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to‘lib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut o‘sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat hukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash bo‘lib hisoblanadi.
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning o‘tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to‘xtatish haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |