12.1-jadval
Marketing kommunikatsiyasining bosqichlari
Yillar
|
Bosqichning nomi
|
Bosqichning tavsifnomasi
|
1950-1960
|
Tizimsiz kommunikatsiya bosqichi
|
Kommunikativ siyosat katta rol uynamaydi, doimiy
talabni ta’minlash uchun tovar taklifi hajmiga konsentratsiya bosh masala hisoblanadi
|
1960-1970
|
Tovar kommunikatsiyasi bosqichi
|
Sotishni tashkil etishda korxona kommunikativ vositalardan foydalanadi. Birinchi rejaga reklama va
sotishni rag‘batlantirish chiqadi
|
1970-1980
|
Maqsadli guruh kommunikatsiya bosqichi
|
Kommunikatsiya firmalar tomonidan foyda olishga
imkon beruvchi maqsadli guruhlar bilan o‘zaro ta’sirda mijozlar bilan muloqot uchun ishlatiladi
|
1980-1990
|
Raqobatli kommunikatsiya bosqichi
|
Kommunikativ sharoitni o‘zgarishi va kommunikativ raqobat ko‘rsatishning o‘sishi korxonadan kommunikatsiyani optimal shakl va vositalarini talab
qiladi
|
1990-2010
|
Raqobatli va
integratsiyalangan kommunikatsiya bosqichi
|
Bozorni rivojlanish dinamikasi reklama tashuvchilariga media tarqatishni shakllantirishga olib keladi.
Integratsiyalangan kommunikatsiyaga o‘tishni talab qiladi
|
Kommunikatsiya quyidagicha tasniflanadi: kontakt turi bo‘yicha shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan; jadalligi bo‘yicha jadal va takror; qo‘llash chastotasi bo‘ycha yagona va ko‘p marotabalik; ta’sir natijasiga ko‘ra samarali va samarasiz.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari – biznesni rivojlantirishning intensiv uslubiyatlari tizimi.
An’anaviy ravishda integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari BTL, ATL, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing barcha texnologiyalarini, shuningdek, zarur shaxslar bilan shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi.
BTL atamasining vujudga kelish afsonasi maщhurdir. Reklama sohasi guruhlaridan biri, navbatdagi reklama kampaniyasi byudjetini tuzar ekan, yakuniy xulosa chiqardi, so‘ngra sotuvni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni ham yozib kiritish lozim ekanligi uning yodiga tushdi, oqibatda bu yozuvlar chiziqning ostidan o‘rin oldi. Bu erda shunga izoh berib o‘tish zarurki, adabiyotlarda yuqorida sanab o‘tilgan vositalar to‘plamida ayrim qarama-qarshiliklar mavjud.
CHiziq ustida (ATL) ommaviy axborot vositalari hamda tashqi reklama va axborot vositalari orqali tarqatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashgan.
Reklama materiallari imidjni shakllantirish, eslatish, tanib olish, xabardor qilish uchun ishlaydi. Ya’ni garchi reklama «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» bo‘lsada, lekin potensial iste’molchi bilan kommunikativ kanal bilvosita va qaytuvchan aloqasiz bo‘lib chiqadi.
Chiziq ostida (BTL) – sotuvni rag‘batlantirish, iste’molchilarni rag‘batlantirish, savdoni rag‘batlantirishning nozikroq mexanizmlari ishlaydi. Bu erda tovarni namoyish etish va qayd qilingan oldi-sotdi harakati emas, xaridor-sotuvchi o‘zaro aloqalari interaktiv kanali va ikkilamchi tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati muhim.
Tovar yoki xizmatning o‘zi emas, balki uning iste’mol tizimiga kiritilganligi muhim. Aynan iste’molchilar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar hamda iste’mol va taqsimot yo‘lga qo‘yilgan tizimi biznesning muvaffaqiyatga erishishini belgilab beradi.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalarining reklama, jamoatchilik bilan aloqalari, sotuvni rag‘batlantirish, moddiy-texnika ta’minoti, xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish kabi alohida qismlardan iborat bo‘lgan «butun bir yaxlitlik»ni tushunishning yangi usuli sifatida etarli darajada umumiy deb hisoblash mumkin.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari usullarini to‘rtta asosiy guruhga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |