11.1-jadval
Chakana savdo do‘konlarining turlari
№
|
Do‘kon turi
|
Assortiment
|
Narx darajasi
|
Izoh
|
1.
|
Maxsus
|
Maxsuslashtirish doirasida chuqur bo‘ladi
|
Turli - tuman
|
Turlari:
-cheklangan assortiment bo‘yicha;
-tor maxsus;
-juda yuqori maxsuslashtirilgan.
|
2.
|
Universam
|
Keng (oziq – ovqatlar va uy uchun tovarlar)
|
Uncha yuqori bo‘lmagan savdo
ustamalari
|
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili
|
3.
|
Univermag
|
Keng (kiyim va poyafzal,
maishiy texnika, uy ro‘zg‘or buyumlari)
|
Turli - tuman
|
|
4.
|
Supermarket
|
Juda keng (oziq – ovqat va nooziq-ovqat
tovarlari)
|
Asosan uncha yuqori emas
|
|
5.
|
Gipermarket(savd o kompleksi)
|
Juda keng
|
YUqori emas
|
Supermarketlarni, do‘kon-omborlarini va past narxli do‘konlarni xususiyatlarini
birlashtiradi.
|
6.
|
Past narxli do‘kon
(diskaunter)
|
Turli – tuman (standarti
tovarlar yig‘indisi)
|
Past
|
|
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
do‘konning jihozlari
mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi
tovar assortimenti
savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik talabdagi tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga bo‘ysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.
Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |