Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Savdo markalarini boshqarish



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/205
Sana11.06.2022
Hajmi3,14 Mb.
#655042
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   205
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

 
9.5. Savdo markalarini boshqarish 
Professional brending - sotuvni rag‗batlantirish bo‗yicha aksiyalar o‗tkazish, 
reklama dalillari, tovar o‗rovi dizaynini ishlab chiqish, ya‘ni iste‘molchiga ta‘sir 
etish bo‗yicha barcha marketing vositalari to‗plamidan foydalanish bo‗yicha ko‗p 
strukturali, asoslangan, to‗g‗riligi tekshirilgan va nazorat qilinadigan tadbirlar 
kompleksi. Brend yaratish va ilgari surish san‘ati potensial iste‘molchida aynan 
shu marka ostidagi mahsulot yoki xizmatni xarid qilish istagini shakllantirishdan 
iborat. 
Brending quyidagilar bilan bog‗liq: 

segmentlash va joylashtirish bilan bog‗liq jarayonlar; 

reklama murojaati ijodiy g‗oyasini. 


204 
Hozirgi kunda jamiyatga quyidagi tendensiyalar xos: 

xaridor individualizmi; 

globallashuv; 

ramziy tajriba (iste‘molchi tajriba sotib oladi, iste‘mol predmetlarini emas, 
u tasavvur uyg‗otadigan, nomoddiy, ramziy narsalarni afzal ko‗radi). 
Zamonaviy marketingda brending nazariyasi va amaliyotiga alohida o‗rin 
ajratiladi va e‘tibor qaratiladi. Bu esa biznes evolyusiyasida namoyon bo‗ladigan 
tendensiyalar va brend-menejmentning roli bilan asoslanadi: 

tovarga 
yo‗naltirilgan 
marketingdan 
iste‘molchiga 
yo‗naltirilgan 
marketingga o‗tish; 

taktik fikrlashdan strategik fikrlashga o‗tish; 

asosiy e‘tiborni lokal yondashuvdan global yondashuvga qaratish; 

tovar menejmentidan toifa menejmentiga o‗tish; 

tovar brendingidan korporatsiya brendingiga o‗tish; 

tovar uchun javobgarlikdan iste‘molchilar bilan munosabatlar uchun 
javobgarlikka o‗tish; 

virtual markalar olamiga o‗tish; 

marka samaradorligini boshqarishdan uning qiymati va kapitalni 
boshqarishga o‗tish. 
«Brend» - mamlakatimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo‗lsada, lekin 
marketing nazariyasi va amaliyotida ancha vaqtdan buyon foydalanib kelinmoqda 
va tovar siyosatining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan. Umumiy 
ma‘noda brend bozorning muhim va zaruriy elementi, «tilsiz sotuvchi» 
hisoblanadi. 
Brendingdan marketingda foydalanishni yuzaga keltirgan asosiy sabablar 
quyidagilar: 

raqobat ko‗lamining kengayishi; 

ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning ishlab chiqarilayotgan va 
sotilayotgan tovarlarga potensial iste‘molchilarni jalb qilishga intilishi; 

mavjud xaridorlarni ushlab qolish zarurati; 


205 

xarid haqida qabul qilinadigan qarorlarning 85%ga yaqini vizual axborotga 
asoslanadi; 

iste‘mol tovarlari marketingining asosiy vazifalaridan biri – belgilangan 
tovar markalariga nisbatan xaridorlarning afzal ko‗rishini shakllantirish va xaridni 
amalga oshirish davomida ularni identifikatsiya qilish darajasining yuqori 
bo‗lishini ta‘minlashdir; 

yangi kommunikatsiya vositalari izlab topish. 
Hozirgi paytda «marka» va «brend» tushunchalari «mahsulot» va «xizmat» 
tushunchalarini to‗liq almashtirib, marketingda markaziy o‗rin egallagan: 
zamonaviy bozor shunday tashkil qilinganki, ishlab chiqaruvchilar muayyan 
mahsulot yoki xizmatlarni emas, balki savdo markalarini taklif qiladi, 
iste‘molchilar esa xarid qiladi. Firmalarning marka yaratish va ilgari surishga 
bo‗lgan qiziqishi to‗xtovsiz o‗smoqda, chunki kuchli marka murakkab va jo‗shqin 
sur‘atlarda o‗zgarib turadigan tashqi muhitda qo‗shimcha raqobatli ustunliklar 
olishga imkon beradi, bu esa ko‗pchilik uchun kun ko‗rishning yagona usuli 
hisoblanadi. 
Marketingda asosiy masala quyidagidan iborat bo‗ladi: iste‘molchilarni nima 
motivatsiya qiladi yoki motivatsiyasini oshiradi – ko‗proq xarid qilishmi yoki tovar 
yo xizmat uchun ko‗proq to‗lashmi? Raqobatchi tovar va xizmatlar bilan 
taqqoslaganda iste‘molchining tovar va xizmatlar xususiyatlarini yaxshiroq 
tushunishidan iborat bo‗lgan barqaror raqobatli ustunliklar iste‘mol bozorida 
muvaffaqiyatning negizi hisoblanadi. SHu sababdan belgilangan markalarga 
nisbatan xaridorlarning uzoq muddatli afzal ko‗rishini yaratish va ularda xaridni 
amalga oshirishda identifikatsiya darajasi yuqori bo‗lishini ta‘minlash iste‘mol 
bozorida marketing asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. 
Brending konsepsiyasiga muvofiq alohida markalar marketingning mustaqil 
ob‘ektlari sifatida ajratiladi va ularni mintaqaviy bozorlarga ular bilan bog‗liq 
yorqin esda qoladigan obrazlar yordamida ilgari surish ro‗y beradi. 
Marka va brendlar ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarga ko‗zga yaqqol 
tashlanib turadigan foyda keltiradi. Ishlab chiqaruvchilarga ular xaridorlar 


206 
sodiqligini ta‘minlagan va shu tariqa sotuv hajmining o‗zgarib turishiga raqobat 
ta‘sirini pasaytirgan holda qo‗shimcha foydani kafolatlaydi. Ko‗pchilik ishlab 
chiqaruvchilar marka uzoq muddatli davrda foyda olishning eng samarali 
vositalaridan biri sanaladi degan fikrga qo‗shiladilar. Agar firma strategiyasi 
iste‘molchi uchun jalb etuvchan bo‗lgan, barqaror obro‗-e‘tiborga ega kuchli 
marka yaratishga asoslanmasa, uning sotuv hajmi barqaror o‗lmaydi, raqobatchilar 
faoliyatiga, ularning narx va investitsiya siyosatiga kuchli bog‗liq bo‗ladi. 
Ingliz tilida «brand» so‗zining kelib chiqishi qadimgi skandinav tilidagi 
«brandr» - yonmoq, yoqmoq fe‘li bilan bog‗liq. O‗rta asrlarda ingliz tilidagi 
«brand» so‗zi olov, alanga, mash‘ala ma‘nosini anglatardi, lekin tez orada u bir 
qator majoziy ma‘nolarga, masalan: tamg‗a, chorva mollarini qizib cho‗g‗ bo‗lib 
turgan temir bilan tamg‗alash bilan bog‗liq bo‗lgan mulk belgisi ma‘nosiga ega 
bo‗ldi. Ayrim mutaxassislarning hisoblashicha, «brend» so‗zi lotin tilidagi «brand» 
- tamg‗a, belgi so‗zi bilan bog‗liq. 
Savdo markasi - bitta sotuvchi yoki sotuvchilar guruhining tovarlari yoki 
xizmatlarini identifikatsiya qilish va ularni raqobatchilarning tovarlari va 
xizmatlaridan ajratish uchun mo‗ljallangan nom, atama, belgi, simvol, rasm yoki 
ularning uyg‗unlashuvidir. Markani aslo tovar yoki xizmat uchun faqat nom 
sifatidagina ko‗rib chiqmaslik lozim. Markani yaratishda asosiy maqsad - 
iste‘molchilar ongida shu marka bilan bog‗liq yuzaga keladigan tasavvurlar 
mazmuniy tizimini rivojlantirish, shuningdek, sotuvchining xaridorga o‗ziga xos 
xizmatlar, qadriyatlar va xislatlar to‗plamini muntazam taqdim etish va‘dasi 
hisoblanadi. 
Tovar belgisi va xizmat ko‗rsatish belgisi alohida yuridik va jismoniy 
shaxslarning mos keluvchi tovar yoki xizmatlarini boshqa shaxslarning shu turdagi 
tovar va xizmatlaridan farqlashga qodir bo‗lgan belgilar sifatida ta‘riflanadi.
O‗zbekistonning amaldagi qonunchiligida tovar belgisi alohida yuridik va 
jismoniy shaxslarning mos keluvchi tovarlarini boshqa shaxslarning shu turdagi 
tovarlaridan farqlashga qodir bo‗lgan belgilar sifatida ta‘riflanadi.


207 
Savdo markasini yaratish va uni siljitish korxona va tashkilotlardan juda 
murakkab bo‗lgan qarorlarni qabul qilishni talab etadi (9.3-rasm). 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish