Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Tovarning raqobatbardoshligini baholash



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash 
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy 
salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida faol qatnashishda 


153 
tovarlar sifatini ko‗tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb 
muammolardan biridir. 
Har bir xaridor o‗ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste‘molchilar esa raqiblar 
tovariga nisbatan ko‗proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. 
Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni 
faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy 
tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‗liqdir. 
Tovar raqobatbardoshligini o‗rganish murakkab va o‗z ichiga quyidagi 
bosqichlarni oladi: 
- tovarni sotish bozorini o‗rganish; 
- raqiblar haqida ma‘lumotlar yig‗ish; 
- iste‘molchilar talablarini o‗rganish; 
- raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. 
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini 
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. 
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o‗z raqobat qobiliyatini yo‗qota 
boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum 
raqobat qobiliyatini to‗la yo‗qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish 
imkoniyatini beradi. 
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‗rinishga ega bo‗lgan xuddi 
shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: 
K = R / S
max 
bu erda: R-tovarning foydali samarasi; 
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); 
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 
- bozorni tahlil qilib, o‗zimizning tovarimizga o‗xshash namunasini topib olish; 
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‗rsatkichlarni 
belgilash; 
- o‗zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. 


154 
Raqobatning asosiy quroli bo‗lib, talabni shakllantirish va sotishni 
rag‗batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab 
chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste‘mol qiymati 
qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin: tovarlarning 
xizmatlari bo‗yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni 
har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‗ladigan raqobat; yoki bir xil firma 
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. 
Hozirgi davrda raqobat o‗ziga xos qiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida 
raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo‗ladigan mamlakatlarda yo‗lga 
qo‗yishni talab qiladi. 
Narx bilan raqobat o‗tmishda erkin bozor raqobati bo‗lgan, bozorda bir xil 
tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‗lgandi. Ishlab chiqaruvchi 
narxni pasaytirish bilan o‗z tovarini ajratib ko‗rsatishga, unga e‘tiborni qaratishga va 
pirovard natijada o‗zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon 
bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab 
chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu 
esa firmaning bozordagi mavqeini o‗zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi 
foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun 
investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan yutuq va raqiblarni 
surib chiqarish o‗rniga kutilmagan sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat 
monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda 
marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‗paytirishga intiladi. Fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog‗liq bo‗lmagan usullaridan 
foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi. 
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste‘mol 
narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat 
kurashining asosiy omiliga aylanadi. 
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‗rganishda quyidagi 
savollarga javob topiladi: 
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? 


155 
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‗batlantirish usullari 
qanday? 
-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda? 
-raqobatchilar tovarlarining o‗ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‗zga 
tashlanmokda? 
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif 
qilinmokda? 
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o‗z shahobchasini 
ochganmi? 
-raqobatchilar qo‗llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari 
va ularning joylanishi. 
Rossiyalik olim P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning 
bozorda xaridorgirligini ta‘minlaydigan iste‘mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya‘ni 
o‗xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‗lgan sharoitlarda xuddi 
shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim». 
Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid 
xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste‘mol etish bilan bog‗liq xarajatlar 
tashkil etadi. 
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‗lib, unga ko‗plab omillar ta‘sir etadi. 
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat 
kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu 
omillarga quyidagilar kiradi: 
1. 
Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 
2. 
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. 
Bozordagi talab hajmini o‗rganish; 
4. 
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; 
5. 
Iste‘molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‗chish harakatlari; 
6. 
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi. 
7. 
Bozorga kirib kelish va uning darajasi. 
8. 
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. 


156 
9. 
Raqiblar strategiyasidagi farqlar. 
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‗lishi, raqobat darajasi 
bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari 
bilan ham belgilanadi. 
J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – 
tashqi va ichki raqobatli ustunliklar, ya‘ni firma va tovarni raqobatdoshligini 
tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir
15
. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor 
kuchini ifodalaydi, ya‘ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq 
sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi 
bo‗lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. 
Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‗ra 
kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat 
hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat 
tomonidan pasaytirilishiga ko‗proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik 
oqibatidir». 
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar 
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‗rinishida ko‗rsatish mumkin: narx – sifat – servis 
– marketing muhiti. 
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‗liqdir. Ular sifat, 
iqtisodiyot va marketing ko‗rsatkichlari yordami bilan to‗liq tavsiflanishi mumkin. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish