Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat? 
4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz? 
Marketingni 
boshqarish jarayoni 
bozor 
imkoniyalarini 
tahlili 
maqsadli bozorni 
tanlash 
marketing 
kompleksini ishlab 
chiqish 
marketing chora-
tadbirlarini hayotga 
tatbiq etish 


93 
5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi? 
6. Marketingni qanday turlarini bilasiz? 
7. Makro va mikro marketing nima? 
8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo‗llari nimalardan 
iborat? 
9. Innovatsion marketing va xolistik marketing deganda nimani tushunasiz? 
10. Bozor tamoyili asosida marketing faoliyatini tashkil etish qanday amalga 
oshiriladi? 
 
 
 


94 
6-BOB. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH 
 
6.1. Marketing faoliyatini rejalashtirish 
Marketingni rejalashtirishni qo‗llamaydigan korxonalar bozorda yo‗nalishni 
yo‗qotishi va ziyon ko‗rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi 
yo‗lgan qo‗yilgan korxonalar to‗laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor 
samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan 
tavsiflanadi. Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi: 
— butun korxona va uning bo‗linmalari aniq maqsadlarini; 
— korxonaning bozordagi aniq yo‗nalishini; 
— korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‗sish yo‗llarini; 
— korxona resurslarini alohida faoliyat yo‗nalishlari o‗rtasida optimal 
taqsimlashni; 
— optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini; 
— korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini. 
Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos 
holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish, ishlab 
chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma‘noda marketing rejasi bu – 
korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish 
va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari, 
ularga erishish yo‗llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‗lgan hujjat. 
Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‗lgan buyruqbozlik 
rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi 
sharoitlar muntazam ravishda o‗zgarib turadi. SHu sababli marketingni 
rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki 
korxona menejerlarining e‘tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga 
keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni 
rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‗z maqsadlariga erishish uchun 
bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin. 


95 
Marketingni rejalashtirish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. 
Tizimli yondashuv
. Korxona rejasi bu – bir qator o‗zaro bog‗liq rejalarni 
birlashtiradigan tizim bo‗lib, ulardan biri marketing rejasi hisoblanadi. 
2.
 
Korxonalar, ularning maqsadlari, chiqaradigan mahsulotlari xilma-xilligi 
tufayli marketingni rejalashtirishga 
individual yondashuv.
3. 
Ko‘p variantli
xarakter

4. 
Dinamiklik
: korxona faoliyatiga ta‘sir etuvchi barcha o‗zgarishlarning zudlik 
bilan rejaga kiritilishi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish