5.1-rasm. Marketingning asosiy modellari turlari (qo„llanilish sohasi
bo„yicha)
Iste‘mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste‘mol o‗rtasida
bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko‗pchilik qismi
kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion
xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo bo‗lishi yalpi turistik mahsulot
tushunchasi bilan bevosita bog‗liqdir. SHu sababli xizmat ko‗rsatish sohasida
marketing juda katta yo‗nalishga ega.
5.2. Marketingni asosiy turlari
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda, uning tarkibida
mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta‘kidlash zarur.
Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritgan va ularni
xo‗jalik faoliyati bilan shug‗ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish
Marketing korxonaning bozorda (iste‟molchiga)
yo„naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida
Xalqaro marketing
Ichki milliy marketing
Iste‘mol tovarlari marketingi
Ishlab chiqarish vositalari marketingi
Xizmatlar marketingi
Ishlab chiqarish xizmatlari
Iste‘mol xizmatlari
80
bilan bog‗liq bo‗lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o‗xshash
tashkilotlarga nisbatan ham qo‗lladi.
Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va
xizmatlarning tayyorlovchidan iste‘molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini
boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish
va ayni paytda korxona oldiga qo‗ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda,
bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo‗lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo‗lajak talab
tarkibini o‗rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste‘molchiga
axborot berish yo‗llari bilan qondirish maqsadini ko‗zlaydi.
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan
iboratdir.
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli
birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga
oshiriladi.
Yanada kengroq ma‘noda, makromarketing tushunchasi mamlakatning jami
xo‗jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste‘molchisi tomon
ko‗chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni
birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama
axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab
oladi.
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‗yicha moddiy boyliklar va
xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‗zaro farq qilinadi. Korxona
darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq
darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari va shunga o‗xshash faoliyat ko‗rsatadi.
Marketingni qo‗llash sohalari va ob‘ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko‗ra
guruhlash mumkin:
ichki marketing;
tovarlar bo‗yicha marketing;
81
eksport marketingi;
import marketingi;
ilmiy texnik marketing;
to‗g‗ridan-to‗g‗ri mablag‗ (investitsiya) kiritish marketingi;
xalqaro marketing;
notijorat faoliyati sohasidagi marketing;
ijtimoiy g‗oyalar marketingi;
Ichki marketing qoidaga ko‗ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish
masalalari bilan bog‗liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi,
yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya‘ni raqobatbardosh mahsulotlarini
yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‗yicha marketing) samarali sotishni
tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‗yicha tadbirkorlik faoliyatining
foydaliligini ta‘minlashni ko‗zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi,
iste‘mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‗zda tutadi.
Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta‘minlash uchun bozor
tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‗zda tutadi.
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va
litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika
taraqqiyoti yo‗nalishlarini o‗rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va
boshqalar bilan bog‗liq.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing kiritish marketingi o‗z ichiga xorijiy faoliyatni
tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish
faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va
korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish
tadqiqotlarini o‗z ichiga oladi.
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‗zda tutadi. U
82
ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‗p
sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob
beradi.
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida
shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‗liq.
Ijtimoiy marketingni qo‗llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e‘tiborni jalb qilish, ayrim
ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‗xtalib
o‗tmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |