Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

Yordamchi 
kuch 
berilgan tovar 
 
 
 
 
 
 
Real 
bajarilgan 
tovar 
 
 
 
Maqsadli tovar
9.1-rasm. Tovarning uch darajasi
14
 
Tovar siyosati – bu korxona(firma) bozorga taklif etayotgan mahsuloti bo‗yicha 
echimlar kompleksidir. 
Firmaning tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‗yicha shart – 
sharoitlar quyidagilardan iborat: 
-o‗z imkoniyatlarini aniq belgilab olish (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa 
resurslar bo‗yicha); 
-bozorni, uni kelajagi va talablarini yaxshi bilish; 
-uzoq muddatli korporativ strategiyasiga ega bo‗lish; 
-kelajakdagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish va sotuv maqsadlarini aniq 
bilish. 
Tovar siyosati maqsadi – bu bozorga aniq va ma‘lum bir ehtiyojlarni 
qondiradigan tovarlarni taklif etishdir. 
Tovar siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat: 
14
Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга.–М.: ООО ―И.Д.Вильямс‖,
2012.- 752 с.
 
1-daraja 
•Asosiy foyda yoki 
xizmat 
2-daraja 
•O'rash, upakovka 
qilish 
•Xususiyat 
•Tashqi bezatilishi 
•Sifati 
•Marka nomi 
3-daraja 
•O'rnatish 
•Etkazib berish va 
kredit berish 
•Kafolat berish 
•Sotuvdan keyingi 
xizmatni ko'rsatish 
(servis xizmati) 


150 
-
tovarni hayotiy davrini boshqarish; 
-
tovarni raqobatbardoshligini boshqarish; 
-
tovar assortimenti va nomenklaturasini boshqarish. 
Tovar siyosatidagi marketologlar yondashuvi, quyidagicha: 
-
innovatsion siyosat, ya‘ni iste‘molchilarni aniq talablarini e‘tiborga olgan 
holda, eng so‗nggi g‗oyalar asosida yangi tovarlar ishlab chiqish va ularni bozorga 
olib chiqish; 
-
assortiment siyosati, ya‘ni tovar birliklari yig‗indisi bo‗yicha bozorda optimal 
nisbatni aniqlash. 
Puxta o‗ylanmagan tovar siyosati natijasida quyidagi hollar yuzaga kelishi 
mumkin: 
-
tashqi soha omillarini ta‘sirini to‗g‗ri baholashmaganlik sababli, mustahkam 
tovar nomenklaturasiga ega bo‗lmaslik; 
-
bozorda tovarni raqobatbardoshligi ustidan nazoratni yo‗qotish; 
-
ular natijasida, tovarlarni tijorat samaradorligini pasayishi sodir bo‗ladi. 
Tovar-murakkab ko‗p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste‘mol 
xususiyatlari, 
ya‘ni tovarning o‗z vazifasini bajarish-unga ega bo‗lgan 
iste‘molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarning iste‘mol qiymati uning iste‘mol xususiyati majmuasidir. 
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e‘tibor beriladi: 
-rangi, o‗rash, dizayni, ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta‘mirlash va 
boshqalarning qulayligi va boshqalar). 
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste‘mol xususiyati tahlil qilinadi. 
Tovar-murakkab ko‗p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste‘mol 
xususiyatlari, 
ya‘ni tovarning o‗z vazifasini bajarish-unga ega bo‗lgan 
iste‘molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarlar quyidagi mezonlari bo‗yicha alohida guruhlarga bo‗linadi: 

maqsadli ko‗rsatkich bo‗yicha; 

bozor turiga ko‗ra; 

foydalanishga tayyorligiga ko‗ra; 


151 

iste‘molchilar soniga qarab bo‗linadi. 
Maqsadli xarakteriga ko‗ra esa tovarlar iste‘mol tovarlari va ishlab chiqarishga 
oid tovarlarga bo‗linadi. 
Iste‘mol tovarlari – bu shaxsiy iste‘mol uchun mo‗ljallangan tovarlardir. Ular 
kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida 
talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo‗linadi. 
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir 
yuvish, tozalash vositalari, uy xo‗jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish 
mumkin. 
Kundalik iste‘mol tovarlarini iste‘mol qilish intensivligiga ko‗ra ularni o‗z 
navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo‗jalik sovuni) 
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). 
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro‗zgor 
uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn 
jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar: 

o‗xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo‗yicha 
farqlanadi);

alohida ko‗rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan) 
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam 
o‗ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‗ra 

qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar; 

uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar. 
Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo‗lib 

foydani ta‘minlash; 

taqsimotni ustirish; 

firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‗paytirish; 

ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash; 

imijni oshirish bo‗lib hisoblanadi. 


152 
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal 
etish orqali amalga oshiriladi: 

uning innovatsiyasi; 

variatsiya; 

differensiatsiya; 

eliminatsiya; 

markani o‗rnatish va tanlash; 

qadoqlash ; 

tovarni shakli, turi va boshqalar. 
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: 

yangi tovarlarni qidirish; 

yangi tovarlarni rivojlantirish; 

bozorga yangi tovarlarni kiritish; 

tovar shakllarini asoslash; 

tovar sifatini tartibga solish; 

bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. 
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan 
vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Buning uchun, 
ya‘ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi. 
Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo‗yicha bir-biriga juda 
o‗xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. 
Tovar sifati – bu tovarning o‗z funksiyalarini bajarishda ko‗rinadi va u quyidagi 
parametr bilan xarakterlanadi, ya‘ni uzoq muddat xizmat ko‗rsatishi, pishiqligi, 
foydalanishda soddaligi va boshqalar. 
Marketing fani bo‗yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o‗lchanadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish