Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Bozor kon‟yunkturasini prognoz qilish uslublari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

7.5. Bozor kon‟yunkturasini prognoz qilish uslublari 
Umuman bashoratni aniqlash ma‘lum ob‘ektning bo‗lajak holatini, ilmiy asosda 
obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e‘tiborga olinishi shart: 
1.Kelajakda bozor kon‘yunkturasiga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 
ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari 
bir xil yoki yaqin bo‗lishi. 
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‗lishi. 
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli 
ishlanganligi. 
5.Bozor kon‘yunkturasi istiqboli o‗z vaqtida aniqlanishi va korxona, 
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‗llaniladi. 
Bozor kon‘yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‗likmaslik, muvozanatiga erishish 
sharti hisoblanadi. 
Bozor kon‘yunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‗lishimiz 
mumkin. 
1. Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, unda o‗tgan 
davrda bo‗lib o‗tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu 
ma‘lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon‘yunkturasini prognoz 
qilishning faktografik uslublari o‗z navbatida 3 turga bo‗linadi. Birinchi turi 
ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‗indisidan iborat bo‗lib, bu turdagi 


131 
modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‗ich axborotdan foydalanish 
xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‗lib, ular ikki va undan ortiq 
o‗zgaruvchan prognoz qilish ob‘ektlarining o‗zaro aloqalarini tadqiq qilishda 
qo‗llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob‘ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga 
o‗xshash ob‘ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‗yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va 
mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz qilishning ekspert baholash 
uslubi intuitiv va analitik uslubni o‗z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb 
qilishga, amalda prognoz qilish ob‘ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda 
shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‗zgarishni baholashga asoslangan 
uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish ob‘ektini tadqiq qilish jarayoni 
modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. 
Bozor kon‘yunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, 
intuitiv uslublar keng qo‗llaniladi. 
3. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon‘yunkturasining 
turli ko‗rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilishda qo‗llaniladi. Ekstropolyasiya 
formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda 
tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya‘ni bu holda ekstropolyasiya prognoz qilish 
amalga oshirilayotgan ob‘ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. 
Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qo‗llaniladigan asosiy modellaridan 
biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‗zgarishning 
asosiy yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. 
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar 
paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon‘yunkturasining turli 
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon 
qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik 
modellash bozor kon‘yunkturasini prognoz qilishda keng qo‗llaniladi. Ular ishlab 
chiqarish va unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va 
unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, iste‘molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, 
marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta‘sir qiluvchi omillar o‗rtasidagi va 


132 
boshqa jarayonlar o‗zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda 
prognoz qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion 
va regression modellashdir. 
Bozor kon‘yunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning biznes - reja 
tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda 
keng qo‗llaniladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish