Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli
pul kiritmagan holda o‗z tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi
mijozlar jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli
reklama
va marketing usullariga aytiladi. SHu sababli partizancha marketing «kam
byudjetli marketing» yoki «kam xarajatli marketing» deb ham ataladi.
79
Virusli marketing bu – shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki
ularning reklamasi kishiga shu qadar ta‘sir ko‗rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni
tarqatish g‗oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‗za faol reklama tarqatuvchiga
aylanadi. Bu kishining u haqida do‗stlari va tanishlariga o‗zi mamnuniyat bilan
gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.
Virusli marketing bu – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish
uchun mavjud ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing texnikasi.
Virusli marketing bu – e-mail-marketing uchun xos bo‗lgan uslubiy
tamoyillar bo‗lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga etkazishini
rag‗batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial o‗sishi uchun
salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar
sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi.
Virusli marketing – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish
uchun odamlarning o‗zidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu «og‗izdan
og‗izga» marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish,
mish-mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi,
tavsiyalar bo‗yicha marketing yoki «uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin.
Hozirgi paytda virusli marketingning eng tarqalgan vositasi Internet
hisoblanadi.
Tarmoq marketingi bu – kompaniyaning mustaqil vakillari yoki
distribyutorlar tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri tarqatish bilan bog‗liq biznes. Tarmoq marketingining asosiy vazifasi
maksimal sondagi odamlarni axborot bilan qamrab olish hisoblanadi. Tarmoq
marketingining
zamonaviyroq
sanalgan
MLM
(Multi-Level
Marketing)
tushunchasi «Ko‗p tarmoqli marketingi» sifatida izohlanadi. Tarmoq marketingida
mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda ko‗p odam jalb qilinadi. Tarmoq
marketingi sohasida faoliyat yuritadigan juda ko‗p kompaniyalar mavjud. Har
qanday mahsulot yoki xizmat bugungi kunda tarmoq marketingi tizimi yordamida
tarqatiladi
9
.
9
www.marketing.kharkov.ua/marketing/setevoy-marketing.html
80
Tarmoq marketingi – to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotuv
usuli bilan chakana savdoning
eng tarqalgan varianti
.
Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va
sotuvchi o‗rtasida ulgurji savdo firmalari yo‗qligi xarakterli – tovarning butun
harakati yangi ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmog‗ida
ro‗y beradi. Keng tarmoqlangan tarqatuvchilar tarmog‗i vujudga keladi. Tovar
ishlab chiqaruvchi kompaniya sotuv hajmini oshirganlik uchun qo‗shimcha
chegirmalar taqdim etgan holda tarmoqning o‗sishini rag‗batlantiradi. Tarmoq
marketingida, qoidaga ko‗ra, ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari
o‗tkazilmaydi – sotuvchining o‗zi tovarn xaridorga taqdim etadi, tovar
xususiyatlari haqida ma‘lum qiladi, uning ustunliklarini namoyish etadi.
Kross-marketing – bir vaqtning o‗zida bir nechta yo‗nalish bo‗yicha
iste‘molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda
keltiradigan texnologiya hisoblanadi.
Usulning mohiyati quyidagidan iborat: ikki yoki undan ortiq kompaniya o‗z
mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkillashtiradi. Bunda
reklama qilinadigan tovarlar yoki xizmatlar bir-biriga yo‗ldosh bo‗ladi va go‗yoki
bir-birini to‗ldirib turadi.
Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‗llanadi.
U oziq-ovqat sohasida juda faol foydalaniladi. Agar keng miqyosdagi kross-
aksiyalar ko‗zga tashlanmasada, supermarketlarda kross-savdo deb atash mumkin
bo‗lgan yo‗ldosh tovarlar taklifi juda ko‗p uchraydi. Asosiysi – iste‘molchilar
tomonidan reklama yoki majburan o‗tkaziladigan tovar sifatida qabul
qilinmaslikdir. Buning ustiga, xaridorlar tashkil qilingan bunday qulayliklar uchun
minnatdor ham bo‗ladi. Hammasi oddiy – ularni joylash do‗konning boshqa
hududida ro‗y beradigan bo‗lsada, yo‗ldosh tovarlar yonma-yon joylashtiriladi.
Mobil marketing
–
ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni,
smartfon
yoki
cho‗ntak portativ kompyuteri (KPK) foydalaniladigan
kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi
10
.
10
Ульяновский А.В. Маркетинговые коммуникации: 28 инструментов миллениума /А.В. Ульяновский. - М.:
Эксмо, 2008. - С. 17.
81
Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga boshqa
media vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirish,
samaradorlik.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing (direct-marketing, direkt-marketing) –
iste‘molchidan javob olishga – yoki mahsulotga buyurtma ko‗rinishida, yoki
axborotga keyingi buyurtma ko‗rinishida, yoki bevosita ta‘minotchiga murojaat
shaklida javob olishga qaratilgan har qanday tadbir.
Direkt-marketing bu – kompaniya ular yordamida o‗z tovar va
xizmatlarining har bir iste‘molchisi bilan shaxsiy to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing
kommunikatsiyalari yo‗lga qo‗yadigan va ular bilan uzoq muddatli o‗zaro
manfaatli munosabatlar o‗rnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir. Bunda
kommunikatsiyalar ikki taraflama xarakterga ega bo‗ladi, samarali qaytuvchan
aloqa o‗rnatiladi.
Ular orasida quyidagi vositalarni ajratib ko‗rsatish mumkin: direct mail,
kurer yordamida etkazib berish, telemarketing, faks orqali jo‗natish, e-mail orqali
jo‗natish.
Ommaviy kommunikatsiyalaridan farqli ravishda direkt-marketing eng
nazorat qilinadigan vosita hisoblanadi. O‗z marketing amaliyotida undan
foydalanib, direkt-marketing alohida vositalarini qo‗llashda yoki kompleksli
direkt-marketing kampaniyasining har qanday bosqichini o‗tkazishga xarajatlarni
to‗liq nazorat qilish mumkin.
Direkt-marketingning asosiy vazifalaridan biri – faqat maqsadli muloqot
doirasi vakillari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri kommunikatsiya o‗rnatish hisoblanadi.
Strategik marketing - bu avvalo jismoniy shaxslar va tashkilotlar
ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning
o‗ziga emas, balki shu tovar yordamida echiladigan muammoning hal qilinishiga
muhtojdir.
Innovatsion marketing yangi g‗oyani tadqiq etib, talab va ehtiyojni
ayirboshlash yo‗li orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turi hamda
bozor bilan korxonani bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib, o‗zgarib turadigan bozorga doimo
82
moslashib borish tizimini tashkil etganligi bois, turli mulkchilik shaklidagi
korxonalarning xo‗jalik faoliyatiga innovatsion marketingni joriy etilishi
tadbirkorlik samarasini oshirishga asos bo‗ladi. Innovatsion marketing faoliyatini
tashkil etish bu birinchi o‗rinda bozor talabini tadqiq etish va korxona faoliyatini
unga yo‗naltirishdan iborat. Bunda pirovard maqsad bozorni har tomonlama
o‗rganish, tahlil qilish, kon‘yunktura o‗zgarishini oldindan bilish va xaridorlar
talabini to‗la qondirish orqali yuqori daromad olish hisoblanadi.
―Innovatsion marketing‖ - bu korxonaning bozor sharoitlarini tadqiq etish
asosida uning innovatsion va ishlab chiqarish, sotish faoliyatini optimallashtirishga
qaratilgan ishlab chiqarish, xo‗jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda, innovatsion marketing – bu korxonada an‘anaviy marketingning
usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing
konsepsiyasidir.
Internet marketing bu - internet tarmog‗idagi kompaniya qatoriga kiradigan
mijozlar va sotuv miqdorining barqaror o‗sishini ta‘minlaydigan boshqaruv
qarorlari va funksiyalari kompleksidir. Bundan tashqari, internet tomonidan
bajariluvchi rol faqat kommunikativ funksiyalar bilan cheklanib qolmasdan, bitim
tuzish, xarid qilish va to‗lovni amalga oshirish imkoniyatini ham qamrab oladi va
unga global elektron bozor jihatlarini namoyon etadi.
Neyromarketing
– maxsus moslamalar (tomografiya, galvanometr,
elektroensefalograf) yordamida insonning ongsiz ravishda marketing ta‘siriga
javob harakatini o‗rganish. Tahlil natijalari samarali deb prognoz qilingan reklama
xabarlarini yaratishda ishlatiladi. Neyromarketologlar olgan ma‘lumotlar inson
maxsulot yoki xizmatdan foydalangunga qadar uni fikrini o‗zgartirishga ta‘sir
qiladi. Neyromarketingning vazifasi bu – xaridorning marketing jarayoniga
ta‘sirini tushunish va bu orqali marketing usullari samarasini oshirish.
Xolistik marketing – marketing faoliyatida kengaytirilgan, integratsiyalashgan
yondoshuv zarurligi muhim ekanligini ifodalaydi. SHunday qilib, xolistik
marketing – marketing faoliyatini murakkabligi va turli xil imkoniyatlarni
muvozanatlashtirish va tan olish bo‗yicha yondoshuvdir. Xolistik marketing 4 ta:
83
marketingni o‗zaro munosabati, integratsiyalashgan marketing, ichki marketing va
ijtimoiy - javobgar marketing konsepsiyalarini o‗z ichiga oladi.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi
bo‗lgan ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning
rahbariyati tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni
ta‘minlash muhim bo‗lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta‘minlashga
tayyor bo‗lmasa, ularga a‘lo darajagi xizmat ko‗rsatishni va‘da berishning ma‘nosi
yo‗qdir. Ichki marketingda faqatgina marketing bo‗limi emas, balki boshqa
bo‗limlar ham o‗zaro bog‗liq holda mijozlarga ta‘sir ko‗rsatishi zarur bo‗ladi.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda
ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va
dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing
amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‗rinda
marketologlar korxonaning foyda olishini, iste‘molchilarning ehtiyojlarini
qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‗rtasida o‗zaro bog‗liklikni topishi zarur bo‗lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |