Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

3.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi 
Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini to‗g‗riligini 
tekshirishga yo‗naltirilgan. 
Prognoz tadqiqotlar ob‘ektning kelgusi holatini baholash bilan bog‗liqdir. 
Marketing tadqiqotlarining yo‗nalishlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
iste‘molchilarni, bozorni, makro muhitni, firmaning ichki muhitini, 
raqobatchilarni, sotishni, siljitishni, narxni, tovarni o‗rganishdir. Ularning maqsadi 
esa, ya‘ni iste‘molchilarni o‗rganishda bozorni segmentlash, maqsadli bozorni 
tanlash, bozorni o‗rganishda – bozor sig‗imini baholash, makromuhitni 
o‗rganishda tashqi imkoniyat va tazyiqlarni baholash, raqobatchilarni o‗rganishda 
firmaning raqobatli ustunligini ta‘minlash, sotishni o‗rganishda samarali sotish 
tarmoqlarini tuzilishini, siljitishda axborot bilan ta‘minlash darajasini va firmaga 
va uning tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni o‗rganishda narxni 
optimallashtirish; tovarni o‗rganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan 
iborat bo‗ladi. 
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, 
shakllanish va rivojlanishning ob‘ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda 
uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgandir. 
U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga 
O'tkazish joyi 
bo'yicha 
kabinet 
dala 
qamrab olish darajasi 
bo'yicha 
to'liq 
tanlanma 
maqsadi bo'yicha 
qidiruv 
tushuntiruv 
sabab-oqibat 
test 
prognoz qilish 


49 
erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. 
Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmog‗i lozim: 

xaridorlar (iste‘molchilar) ehtiyojini o‗rganish; 

tovarlarga bo‗lgan ichki va tashqi talablarni o‗rganish; 

korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

talab va taklif to‗g‗risidagi olingan ma‘lumotlar asosida bozorni 
o‗rganish; 

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini oshirish; 

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma‘lumotlar to‗plash va tahlil qilish; 

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‗g‗risida ma‘lumotlar 
olish; 

to‗ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to‗g‗risida axborotlar 
yig‗ish; 

tovarlarga bo‗lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy 
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bularsiz sotishning maqbul darajasini 
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‗ida 
hisoblab chiqiladi. 
Marketingning qo‗llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – 
iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim. CHunki marketing – murakkab, 
harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U 
bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo‗lgan ehtiyoji va talabiga, uning 
xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka 
javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta‘minlash uchun tovar 
assortimentini tez o‗zgartirish, uni ommaviy ravishda o‗zlashtirishga javob 
beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga 
imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani 


50 
boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki 
savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orkali sotishdan 
iborat tashkiliy masalalarni xal qilish zarur. 
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va shu 
bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari 
va undan samarali foydalanishlari lozim.
Mamlakatimizda bugungi kunda oziq-ovqat sanoati korxonalari eksportini 
kengaytirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor raqobatbardosh 
mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan tovarlar 
ulushini ko‗paytirish hamda jahon bozorida mustahkam o‗rin egallash bo‗yicha
iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 
fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasining uchinchi yo‗nalishida eksportni oshirish bo‗yicha, ―...eksport 
faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini 
diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini 
kengaytirish va safarbar etish‖
7
bo‗yicha ulkan vazifalar belgilangan. 
Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalari, 
xususan ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xoding kompaniyasiga qarashli korxonalarning
mahsulotlari eksportini kengaytirish, korxonalarning tashqi bozorga chiqish 
bo‗yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Bozor raqobati sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar savdo 
hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi. 
SHuning uchun ham bu o‗rinda korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun 
marketing tadqiqotlarini olib borish va ular asosida raqobat bo‗yicha ustunlikka 
erishishi zarur. 
7
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси‖ 
тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. 
www.lex.uz. 


51 
2015 yilda mamlakatimizning eksport hajmi 12 507,6 mln. dollarni tashkil 
etgan bo‗lsa, 2016 yilga kelib eksportning hajmi 12 570,2 mln. dollarni tashkil etdi 
va o‗tgan yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 100,5 foizni tashkil etdi. Undan oziq ovqat 
mahsulotlarini eksport hajmi 2016 yilda 1 069,8 mln. dollarni tashkil etib, undan 
meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti 1 003,7 mln. dollarni
 
tashkil etdi. Meva-
sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha eksport hajmi 56,1 mln. dollarga 
etib, bu ko‗rsatkich 2015 yilda 35,9 mln.dollarni tashkil qilgan edi. O‗tgan yilga 
nisbatan o‗sish sur‘ati 156,4 foizni tashkil etgan
8
. Bundan ko‗rinib turibdiki, 
mamlakatimizda 
meva-sabzavot 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlash 
sanoatini 
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, 
―O‗zbekozoqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi tizimi korxonalari meva-savzavot 
mahsulotlarini qayta ishlashga, ularda marketing tadqiqotlarini olib borishga, 
logistik xizmatlarni tashkil etishga, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga alohida 
ahamiyat berishi zarurligini ta‘kidlash mumkin. 
Bu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrda 
―Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, 
quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‗llab-quvvatlash 
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarori o‗z vaqtida qabul 
qilingan muhim me‘yoriy hujjat bo‗lib, ushbu qaror bilan xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi tartib taomillarini 
yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishlab chiqarishni 
rag‗batlantirish nazarda tutilgan. Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport 
qilish sohasida infratuzilmalarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy 
etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu qaror orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni 
yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, 
uzum, poliz, dukkakli ekinlar shuningdek quritilgan sabzavotlar va mevalarning 
hajmini ko‗paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, 
mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini 
oshirishga erishiladi. 
8
Davlat statistika Qo‘mitasining 2016 yilgi ma‘lumotlari. 


52 
Hammamizga ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar
asosiy e‘tiborni mahsulot sifatini yaxshilashga qaratishi lozim, bu esa o‗z 
navbatida, mahsulotga bo‗lgan talabning ortishiga, raqobatbardoshlik darajasini 
ortishiga, sotish hajmini ko‗payishiga, korxonaning tashqi bozordagi mavqeini 
mustahkamlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish