Tovar
variatsiyasi
- ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‗lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish yo‗li bilan
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi,
shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‗linmalari
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan xususiyatlari o‗zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini
yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi
tovar modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |