Tijoratlashtirish
- yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib
borish vaqtini to‗g‗ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko‗rsatish hajmi va ketma-
ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo‗yicha samarali
usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
Tovar
- 1) eng umumiy ko‗rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida
ifodalanishi mumkin bo‗lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob‘ekti; 2) mahsulotning
ma‘lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste‘molchilik tavsifnomalari
majmui; 3) iste‘molchiga ko‗rsatiladigan, mahsulotni to‗ldiruvchi va uni sotishni
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit»
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).
Do'stlaringiz bilan baham: |