Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 To„g„ridan – to„g„ri marketing shakllari



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
13.2. To„g„ridan – to„g„ri marketing shakllari 
 
To`g`ridan-to`g`ri marketingda takliflar, e`lonlar, eslatmalar yoki boshqa 
siljitish vositalari biror manzilga jo`natiladi. Yuqori darajada tanlangan elektron 
xat ro`yhatlaridan foydalangan holda, bevosita marketologlar har yili millionlab 
xatlar, kataloglar, broshuralar, namunalar, videolar yuborishadi. 
 
 
 
13.1-rasm

To„g„ridan-to„g„ri marketing shakllari 
To`g`ridan-to`g`ri marketing bevosita, birga-bir muloqotlarda samaral 
sanaladi. Bu usul maqsadli bozorni tanlab olish va natijalarni oson hisoblash 
imkonini beradi. Bu siljitish vositasi bilan ommaviy axborot vositalari (masalan, 
TV yoki jurnal) kabi millionlab mijozlarga etib borish imkoni bo‘lmasligi va 
qimmatligiga qaramay, bu usulda muvaffaqiyat darajasi yuqoriroqdir. Pochta 
orqali jo‘natish usuli turli xil mahsulotlar sotuvini (kitoblar, sug‘urta, sayohat, 
Mavjud va potensial 
iste'molchilar 
Shaxsiy sotuv 
Katalog 
bo'yicha 
savdo qilish 
Pochta orqali 
jo'natish 
Telemarketing 
Kontent 
kioskalar 
Internet 
marketing 
Bevosita 
savol - javob 


272 
taom, kiyim-kechak va h.k.) siljitish-rag‘batlantirishda samarali vosita sifatida tan 
olingan. Xayriya jamg‘armalari ham bu usuldan har yili milliardlab dollar pul 
yig‘ish uchun foydalanishadi.
Ba‘zi mutaxassislar pochta orqali jo‘natish kabi bevosita marketingning 
an‘anaviy turlaridan foydalanish borgan sari pasayib borishini taxmin qilmoqdalar, 
sabab sifatida oxirgi vaqtlarga marketologlar e-mail va mobil marketing kabi 
yangiroq marketing usullarini qo‘llashni afzal bilayotganliklari ko‘rsatilmoqda. 
Bevosita marketingning email va mobil kabi yangiroq turlari shu bo‘limning 
keyingi boblarida batafsil muhokama qilinadi. 
To`g`ridan-to`g`ri marketingning yangi raqamli usullari borgan sari mashhur 
bo‘lib borayotganiga qaramasdan, an‘anaviy bevosita pochta usuli amaliyotda hali-
hanuz eng ko‘p ishlatilayotgan usuldir. Pochta marketingi raqamli marketingga 
qaraganda bir necha ustunliklarga ega. Bu usul odamlar ushlab ko‘rishi va sezishi 
mumkin bo‘lgan namunalar va reklama vositalaridan foydalanadi. ―Pochta 
marketingida reallik mavjud. Bu usulda mijoz bilan ruhiy bog‘liqlik o‘rnatiladi, 
raqamli marketingda esa buning iloji yo‘q, chukni an‘anaviy marketingda mijozlar 
taklif etilayotgan mahsulotni ushlab ko‘rish, uni sezish imkoniga egalar‖, deydi 
mutaxassislardan biri. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, ―email marketingda 
mijozlarga jo‘natiladigan xat - mabarlar osonlik bilan tekshiriladi, kerak 
bo‘lmaganlari uloqtiriladi. Bu – juda qulay!‖, deydi yana bir bevosita marketing 
mutaxassisi. 
An‘anaviy 
pochta 
marketingi 
keng 
miqyosda 
olib 
boriladigan 
integratsilashgan marketing loyihalarining muhim elementi bo‘lishi mumkin. Agar 
qabul qiluvchi jo‘natilgan pochta orqali jo‘natishga qiziqish bildirmasa, u 
jo‘natuvchi kompaniyaga qaytib kelishi mumkin, bu esa ortiqcha xarajat va vaqt 
demakdir. Shu sabab, marketologlar xat jo‘natilishi lozim bo‘lgan mijozlarni 
ehtiyotkorlik bilan tanlamoqdalar, ya‘ni dastlab ulardan ruxsat olinmoqda. 
Katalog marketingi

Kataloglar kamida sakkiz varoqdan iborat, turli xil 
mahsulotlarni sotish va buyurtma berish imkonini beruvchi bosma nashr edi. 
Ammo hozirgi kelib bu qarash eskirdi. 
 


273 
Internet oqimi kuchaygani sayin kataloglar raqamli shaklga kirib bormoqda. 
Faqat onlaynda mavjud kataloglar paydo bo‘ldi, aksariyat bosma kataloglar o‘z 
marketing mikslariga web-kataloglar va smartfon kataloglar ham qo‘shishmoqda.
Raqamli kataloglar nashr etish va poshta xarajatlaridan xolidir. Bosma 
kataloglarda joy etishmovchigi uchrab tursa, onlayn kataloglar bunday 
kamchilikdan aziyat chekmaydilar, ularda reklama qilinishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlar chegarasiz bo‘lishi mumkin. Ularda ishlatilishi mumkin bo‘lgan 
taqdimot shakllari ham kengroqdir, ya‘ni mahsulot haqidagi reklama video va 
qidiruv imkoniyatlari bilan ham boyitilishi mumkin. Va nihoyat, onlayn 
kataloglarda mahsulotlar va narxlar darxol o‘zgartirilishi yoki yangilanishi 
mumkin. 
Qaramli-onlayn kataloglarning ustunliklariga qaramay, bosma kataloglarga 
bo‘lgantalab hali-hanuz o‘sib bormoqda. Nega kompaniyalar yangi onlayn 
kataloglar foydasiga qog‘ozga bosiladigan eski kataloglaridan voz kechmayaptilar? 
Bunga birgina sabab bor: qog‘oz katalog orqali mijozlar bilan ruhiy aloqa 
o‘rnatiladi, onlayn kataloglarda esa bunday imkon mavjud emas.
Bundan tashqari, bosma kataloglar onlayn savdoni kuchaytirishning eng 
samarali yo‘llaridan biridir. Yaqinda olib borilgan izlanish natijalariga ko‘ra, 
onlayn xaridlarning 70%i bosma kataloglar orqali amalga oshirilgan.
Telemarketing telefon ishlatgan holda mahsulotni iste‘molchilar va biznes 
mijozlarga tog‘ridan-to‘g‘ri sotish demakdir. O‘tgan yili bevosita marketing orqali 
amalga oshirilgan jami savdo hajmining 14.9% telemarketing hisobiga to‘g‘ri 
kelgan. Biz hammamiz iste‘molchilar tomon yo‘naltirilgan telefon marketing bilan 
tanishmiz, ammo Biznesdan-biznesga (B2B) marketingida ham telemarketing keng 
miqyosda ishlatiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, jami telemarketingning 56% da 
biznes mijozlar bilan ishlanadi. Kompaniyalar iste‘molchi va biznes mijozlar bilan 
savdo qilish uchun 
chiquvchi
va TV, katalog va bosma reklamalar natijasida 
qilinuvchi buyurtmalarni qabul qilish uchun 
tekin kiruvchi
telemarketing 
turlaridan foydalanishadi.


274 
Yaxshi ishlab chiqilgan telemarketingning ko‘plab ustunliklari bor, jumladan, 
u savdoda qulaylikni, mijozlarning axborot bilan ta‘minlanganlik darajasini 
oshiradi. Ammo shu bilan birgalikda, ba‘zi kamchiliklar mijozlarning noroziliga 
sabab bo‘lmoqda.
―Telefon qilma‖ qonunchiligi telemarketingning ba‘zi sohalariga salbiy ta‘sir 
qilgan bo‘lsa-da, 
chiquvchi 
B-to-B telemarketingi va 
tekin kiruvchi 
iste‘molchi 
telemarketingi hali ham kuchli bo‘lib qolmoqda. Telemarketing siyosiy va xayriya 
tashkilotlari uchun moliya yig‘ishning asosiy vositasi sifatida rivojlanib bormoqda.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish