161
yo‗nalishda – mahsulot miqyosida va nano iqtisodiy yo‗nalishda firma
miqyosidagi raqobatni yuzaga chiqish darajasi ifodalangan.
Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi:
tarmoq ichidagi;
tarmoqlararo raqobat.
Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar o‗rtasida
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari
va yaxshi foyda olish
uchun kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va
mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‗lganligi sababli, ular chiqarayotgan
tovarlarning individual qiymati ham har xil bo‗ladi. Biroq, bizga ma‘lumki, tovar
xo‗jaligida qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy
bozor qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagi raqobat kurashidir.
Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari o‗rtasida eng yuqori
foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati
shuki, u doimo harakatda bo‗lib, o‗z sohibiga foyda keltirib turishi kerak. Kapital
sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular
uchun nimani bozor ko‗tarsa, shuni ishlab chiqarib ko‗proq foyda olish muhimdir.
Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga
joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko‗p bo‗lsa,
shu erga resurslar oqib
o‗tadi, chunki shu erdagi tovarga talab ko‗p bo‗lib, u qondirilsa, yaxshi foyda
ko‗rish mumkin.
Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv,
narxdan
foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli
tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‗lgan. Bu usulni qo‗llash uchun
korxona boshqalarnikidan ko‗ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq
ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak.
Faqat shu
holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, bu
narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat
kurashi usullarini ham o‗zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi
raqobat usullari o‗rnini narx bilan bog‗liq bo‗lmagan usullar egallay boshlaydi.
162
Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash
va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporatsiyalar narxni tushirish yordamida raqobatchisini bozordan
o‗zi ziyon ko‗rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo‗lganidan, u bozordagi
vaziyatni o‗zgartirish uchun o‗zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni
kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar.
SHu sababli, hatto inqiroz davrlarida
ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi.
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‗rin egallaydi,
chunki:
1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko‗paytirish imkonini bermaydi, chunki
raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday
ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‗liga o‗tiladi,
bu bilan
tovar sotishni ko‗paytirish mumkin;
2) yirik firmalar kuchli bo‗lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni
modernizatsiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.
Narx bilan bog‗liq bo‗lmagan raqobat usullarining qo‗llanishi o‗zaro
kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‗proq yashirin tus
olmoqda, ya‘ni tovarlar e‘lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi,
bundan
boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‗llanadi.
Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan
raqobat qilish po‗lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‗jalik
mahsulotlari bozorlariga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: