Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlari va uslublari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/346
Sana29.01.2022
Hajmi3,14 Mb.
#416616
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   346
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh.J.,Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.

 
3.6. Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlari va uslublari 
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng 
o‗rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, 


67 
ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va 
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda 
muayyan yo‗nalishga va maqsadga bo‗lgan marketing tadqiqotlari muhim o‗rin 
egallaydi. 
Har bir tashkilot, firma o‗z bozori va xaridori ko‗lamini saqlash, ular 
salmog‗ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing 
tadqiqotlarini amalga oshirmog‗i lozim. 
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan 
yirik firmalar o‗z tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini 
o‗tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo‗yicha tadqiqotlarni o‗tkazishga imkoniyat va 
muayyan zaruratlar doimiy bo‗lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida 
ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni 
ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda 
axborot olib turadilar. 
AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o‗z marketing tadqiqotlarini asosan 
besh sohada amalga oshiradilar: 
1.
Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar. 
2.
Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar. 
3.
Tashkilotning ichki va tashqi ma‘suliyatini baholashga oid tadqiqotlar. 
4.
Bozordagi holat tahlili. 
5.
Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar. 
Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to‗ldiruvchi bo‗lishi bilan 
birga, bir - biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga 
qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor 
imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar 
mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv 
shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazolar. 
Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qo‗llanishi, 
axborot ko‗lamining qayta ishlanishi, boshqa ko‗rsatkichlarning inobatga olinishi, 
bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu 


68 
mavzular bo‗yicha so‗nggi paytlarda ishlab chiqarilgan umumiy va maxsus 
kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing 
dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta‘sir qiluvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi: 

demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar; 

aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste‘mol jamg‗armalarining 
tarkibi; 

baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo; 

soliqlar tizimi; 

raqobatchilar faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham ana shunday 
axborotlar jumlasiga kiradi. 
Marketing tadqiqotlarining yo‗nalishlari, albatta bozorning rivojlangan 
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‗ul 
bo‗lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma 
tizimlarining shakllanish sur‘ati va boshqa omillarga bevosita bog‗liq bo‗ladi. SHu, 
jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari 
yo‗nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va 
tashkilotlari uchun o‗zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo‗rin 
bo‗ladi. 
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda 
uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini 
uyushtirishda ham sezilarli tarzda o‗z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning 
raqobatbardosh 
quvvati, 
bozordagi 
o‗rni, lozim strategik maqsadlari, 
diversifikatsiya sari yo‗l tutish taktikasi ko‗pgina hollarda tadqiqotlarning 
yo‗nalishi va ko‗lamini belgilaydi. 
Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy 
Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida 
peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish