Marketing qarori - 1) iste‘molchilarning tovar va xizmatlarga talabini
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‗lgan marketing
tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va
xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun
marketing tizimi sub‘ekt va ob‘ektlariga maqsadli yo‗naltirilgan ta‘sir ko‗rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing
vazifasini bajarishning ko‗rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‗plab variantlari
334
orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik
ko‗rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining
iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.