Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/346
Sana29.01.2022
Hajmi3,14 Mb.
#416616
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   346
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh.J.,Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.

 
 


30 
2-BOB. MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA 
TAMOYILLARI 
 
2.1. Marketingning asosiy tamoyillari 
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari 
bo‗lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan 
tamoyillar yotadi. 
Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
-mavjud va potensial iste‘molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki 
xizmatga bo‗lgan talabini qondirishga yo‗naltirish; 
-barcha zvenolar faoliyatini xo‗jalik mexanizmini yagona tizimiga 
birlashtirib, ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‗naltirishni ta‘minlash; 
-korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli 
natijadorligini ta‘minlash; 
-iste‘molchilarni o‗zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, 
korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‗zida, 
ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‗batlantirishga ta‘sir o‗tkazish. 
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‗rtta marketingni muqobil maqsadlarga 
ajratiladi.
1.
Iste‘mol darajasini oshirish; 
2.
Iste‘molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; 
3.
Iste‘mol tanlovini maksimallashtirish; 
4.
Turmush tarzini (sifatini) oshirish. 
Iste‘mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‗sishga olib 
keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek 
ishsizlikni kamayishiga olib keladi. 
Iste‘molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste‘mol kutayotgan 
tovar (xizmat) xossalariga to‗liq mos kelishiga erishishni ko‗zlaydi. 


31 
Iste‘mol tanlovini maksimallashtirish iste‘molchilarga shunday tovar 
(xizmat)larni turli xillarini ko‗rsatib, ularning xodimlariga to‗liq mos keluvchi 
bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‗lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta‘minlash va 
tovar (xizmat) narx bo‗yicha maqbul bo‗lish emas, balki jismoniy va moddiy 
jihatdan sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari: 
1.
Iste‘molchiga yo‗naltirilganlik. 
2.
Kelgusiga yo‗naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa 
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‗ljalni olgan 
bo‗lishi kerak. 
3.
Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‗naltirilganlik. 
Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‗sishi bilan 
belgilanadi. 
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi 
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
albatta iste‘molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga 
mo‗ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib 
chiqadi: 

iste‘molchilarga nima kerak bo‗lsa o‗shani ishlab chiqarish kerak; 

bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste‘molchilarn 
muammolarini echish vositalari bilan ishlash; 

tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‗ng tashkil 
etish kerak; 

firmani 
ishlab 
chiqarish-eksport 
faoliyatining 
oxirgi 
natijalariga 
konsentrlashganini kuchaytirish; 

marketing konsepsiyasi vositalarini qo‗llash asosida marketing dasturini 
shakllantirishga olib keluvchi qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks 
yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; 


32 

tovarni iste‘molchiga siljitishni barcha bo‗g‗inlarini marketing bilan 
qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‗zida maqsadli yo‗naltirilgan ta‘sir asosida 
bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini 
qo‗llash; 

korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini 
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali 
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‗ljal olish; 

tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; 

tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini 
eslash; 

talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo 
korrdinatsiyalash va o‗zaro ta‘sirini ushlab turish; 

tovar bozori yoki firma imiji (obro‗yi) va raqobatli ustunlikni qidirish va 
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka 
intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga 
moslashish va bozorga ta‘sir o‗tkazishdan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha 
asosiy tamoyillari kelib chiqadi: 

iste‘molchilarga yo‗naltirilgan tamoyil, ya‘ni iste‘molchi shohdir; 

istiqbolga yo‗naltirilgan tamoyil, ya‘ni sub‘ekt faoliyati istiqbolga 
yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur; 

pirovard ko‗rsatkichga erishishga yo‗naltirilgan tamoyil, ya‘ni bozor 
ulushini, foydani oshishi va hokazolar. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish