Marketing xarajatlari
- tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab
chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining
asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi,
amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun
zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ
siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |