Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Chakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

11.4-rasm. Chakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari 
 
Elektron  marketing  internet-reklama,  internet-do‘kon  va  boshqalar  orqali  tovar 
va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi. 
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir. 
Franchayzing  –  bu  savdo  qilish  usulining  zamonaviy  shakllaridan  biri  bo‘lib 
hisoblanadi.  Bunda  franchayzing  firmasi  franchayzer  firmasining  tovar  markasi, 
nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish 
va  taklif  etilishida  bevosita  qatnashadi.  AQSHda  chakana  savdoning  50  %  qismi 
franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 
•  tovarni peshtaxta orqali sotish; 
•  tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 
•  tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish; 
•  tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish; 
•  tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 
Tovarni  peshtaxta  orqali  sotish  –  tovar  sotishning  odatdagi  usuli  bo‘lib,  unda 
xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: 
Do'kondan 
tashqari 
savdo
to'g'ridan-
to'g'ri
marketing
to'g'ridan-
to'g'ri sotish
savdo 
avtomatlari 
orqali sotish


 
195 
tovarlarni  ko‘rsatish  va  uning  assortimenti  bilan  tanishtirish,  hisob-kitob  qilish  va 
haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni 
devorlari  yoniga  yoki  o‘rtasiga  terib  qo‘yilgan  hamma  tovarlar  yoniga  xaridorlar 
bemalol  borib,  mustaqil  tanlab  olib,  inventar  korzinalar  yoki  aravachalarga  o‘zlari 
solishlari  mumkin,  tovarning  haqi  do‘kondan  chiqaverishdagi  yagona  hisob-kitob 
joyida to‘lanadi. 
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol 
borib  mustaqil  tanishishlari,  sotuvchining  maslahati  va  yordami  bilan  o‘zlariga 
kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
Xaridorlar  o‘ziga-o‘zi  xizmat  qiladigan  usulda  bo‘lgani  kabi  tovarlarni  ochiq 
yoyib  qo‘yib  sotishda  ham  tovarlar  savdo  zaliga  sotish  uchun  to‘la  tayyor  holda 
chiqariladi. 
Tovarlarning  namunalarini  ko‘rsatib  sotish  usuli  sharoitida  xaridor  savdo 
maydoniga  qo‘yilgan  namunalarga  qarab o‘ziga kerakli  tovarlarni  mustaqil  ravishda 
yoki  sotuvchi  yordamida  tanlaydi,  uning  haqini  to‘lagandan  keyin  tegishli  tovarni 
bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma 
beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv 
mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin. 
Tovarni  aholining  buyurtmasiga  muvofiq  sotish  usulida  xaridor  o‘ziga  kerakli 
tovarga  do‘konning  buyurtma  bo‘limida  yoki  sanoat  korxonasi,  qurilish,  muassasa, 
dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan 
buyurtma  beradi.  Bu  tovar  do‘kondan  olinadi  yoki  buyurtmachining  uyiga  yoxud 
buyurtmada  ko‘rsatilgan  boshqa  joyga  eltib  beriladi.  Barcha  oziq-ovqat 
mahsulotlarini  sotishda  hamda  murakkab  assortimentdagi  tovarlarni  ichkarilikdagi 
qishloq  aholi  punktlarida  joylashgan  va  kundalik  talab  qilinadigan  tovarlar  bilan 
savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin. 
Savdoning  ilg‘or  usullaridan  biri  savdo  avtomatlari  orqali  savdo  qilish 
hisoblanadi.  Savdo  avtomatlari  savdoning  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligini 
ta’minlashda  muhim  o‘rin  tutadi,  ya’ni  savdoda  iste’mol  xarajatlarini  kamaytirish 


 
196 
iste’molchi xukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda 
zamonaviy  dizaynga  ega  bo‘lgan  savdo  avtomatlaridan  foydalanish  muhim  masala 
hisoblanadi. 
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi. 
Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi: 
➢ 
sotuvni rag‘batlantirish, 
➢ 
maxsus hodisalar, 
➢ 
merchandayzing. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish