Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Tovarning yashash davri va uning bosqichlari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari 
 
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga 
tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, 
to  uning  bozordan  chiqib  ketishiga  qadar  bo‘lgan  davrda  amalga  oshiriladigan 
tadbirlardan  iborat  konsepsiyadir.  Birinchi  marta  tovarning  yashash  davri 
konsepsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan. 
Tovarning  yashash  davri  to‘rt  tipga  ajratiladi:  mahsulotning  katta  sinfining 
yashash  davri,  mahsulot  turining  yashash  davri,  qo‘llash  usullarining  yashash  davri, 
 
15
  Ламбен  Жан  Жак  Стратегический  менеджмент:  стратегияческий  и  операционнқй  маркетинг.  –СПб.: 
Питер, 2006. 


 
157 
mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, 
mahsulot  turiga  esa,  qo‘l  va  osma  soatlarni  keltirish  mumkin,  qo‘llash  usullariga 
ko‘ra esa qo‘ng‘iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. 
Marketing  maqsadlarida  yashash  davrining  jami  to‘rtta  tipi  o‘rganiladi,  firma 
doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko‘proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga 
mansub  mahsulotga  talab  pasayadigan  davrda,  to‘rtinchisi  esa,  raqobatchi  firmaning 
mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo‘lganda qo‘llaniladi. 
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.  
1.ishlab chiqarish; 
2.kirib kelish; 
3.o‘sish; 
4.etuklik; 
5.to‘yinish; 
6.inkiroz (kasodlik). 
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga 
kirib  kelishining  uzoq  davrini  boshidan  kechiradi,  boshqasi  tezda  kirib  keladi, 
tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. 
Tovarning  yashash  davri  bosqichlarini  aniqlashning  asosiy  mezoni  mahsulot 
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  (ITTKI)  bosqichi  tovarni  barcha  hayotiy  davrida 
muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga 
oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini 
firma  vaqt  bo‘yicha  tezroq  hisobga  olsa,  ushbu  bosqichda  xarajatlar  shuncha  kam 
bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi. 
Kirib  kelish  bosqichida  sotish  hajmining  g‘oyat  keskin  o‘sishi  bilan  ajralib 
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. Savdo 
yuqori daromadli guruhlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz. 
SHunday  qilib,  bu  davr  kapital  sarflar  davri  hisoblanadi,  sarflar  keyinchalik 
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo‘lsa, 
ular to‘liq xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi, ya’ni hisobdan o‘chiriladi. 


 
158 
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul 
qilgan  va  unga  bo‘lgan  talab  ta’minlangan  bo‘ladi.  Har  qanday  mahsulot  bu 
bosqichga etib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi. 
Bozor  sifati  yuqori  raqobatchi  mahsulot  bilan  to‘lib  ketadi.  Narxlar  tobora 
arzonlashib boradi. 
Etuklik  bosqichi  tovar  aylanmasini  maksimallashtirish,  bozorni  kengayishini 
davom  etishi  va  absolyut  o‘sishi  bilan  tavsiflanadi.  Ishlab  chiqarish  va  tovar 
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat 
hukm  suradi.  YAngi  modifikatsiyali  tovarlarni  kiritish  ularni  assortiment  guruhini 
kengaytirish  hamda  xaridorlarga  yangi  xizmat  ko‘rsatish  uslublarini  kiritish  intensiv 
innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Mahsulotni  etuklik  bosqichida  marketingni  asosiy  strategiyalari  bozorni 
modifikatsiyalash,  tovarni  modifikatsiyalash  va  marketing-miksni  modifikatsiyalash 
bo‘lib hisoblanadi. 
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. 
Sifatsiz  va  raqobatga  bardosh  bermaydigan  mahsulotlar  bozordan  siqib 
chiqariladi.  Tovar  sotish  sur’atlari  tobora  pasayadi.  To‘yinish  davrida  firmaning 
umumiy  maqsadi,  mahsulotni  barcha  turlari  bo‘yicha  to‘liq  sotishni  tobora  oshirib 
borishni ta’minlashga qaratiladi. 
Inkiroz  davrida  mahsulotning  o‘tishi  qiyinlashadi,  foyda  kamayadi,  raqiblar 
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni 
davom  ettirishdan  iborat»  bo‘ladi,  mahsulotni  bozorga  etkazib  berishni  to‘xtatish 
haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib 
olish uchun shunday qilinadi. 
Tovarni  yashash  davri  konsepsiyasi  mahsulot  assortimentini  rejalashtirishda 
katta ahamiyatga egadir.       
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish