Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

 
 


 
133 
8-BOB. BOZOR SEGMENTASIYASI VA TOVARNI BOZORDA 
POZITSIYALASHTIRISH 
  
8.1. Bozor segmentasiyasining mohiyati va uning ahamiyati 
 
«Bozorni  segmentasiyalash»  tushunchasi  AQSHda  1950  yillarda  vujudga 
kelgan.  
Marketing  tizimida  bozor  segmentasiyasi  muhim  ahamiyatga  ega  va  bozorda 
talabni  o‘rganish  yoki  marketologlar  atamasi  bilan  aytganda  «iste’molchini  tahlil 
etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy 
qismga  bo‘linadi:  bozor  segmentasiyasi;  iste’molchi  talabi  sabablarini  o‘rganish; 
qondirilmagan  ehtiyojlarni  aniqlash.  Bozor  segmentasiyasi  talabni  qondirishga 
tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra har xil 
talab  qo‘yadigan  iste’molchilarni  guruhlarga  ajratishda  turli  mezonlar  qo‘llashga 
asoslanadi,  ya’ni  bozor  bir  jinsli  hodisa  tarzida  emas,  balki  ayrim-ayrim  segmentlar 
majmui  tarzida,  har  bir  segment  doirasida  alohida  o‘ziga  xos  bir  talab  namoyon 
bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo‘lgan talablari xilma-xildir, har bir 
xaridorning  o‘zining  didi  bor.  Xaridorning  talabi,  hohishi,  ehtiyoji,  turmush  tarzi, 
tovar  sotib  olishdagi  xulq-atvori  haqidagi  ma’lumotlar  samarali  marketing  tadbirlari 
ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  imkoniyatlarini  vujudga  keltiradi.  Ya’ni  bozor 
segmentasiyasi  xaridorlarning  talabiga  muvofiq  tovarni  taklif  etilishini  va  tovarga 
talabni qat’iyligini ta’minlaydi. 
Demak,  xaridorlarning  tovarlarni  sotib  olishdagi  xulq-atvorlari,  talabi  va 
tovarlarga  munosabatidagi  xususiyatlariga  qarab,  guruhlarga  ajratishni  bozor 
segmentasiyasi deyiladi. 
Segmentlarga  ajratish  mezonlarini  tanlash  ko‘p  jihatlardan  tovar  yoki 
xizmatning  turiga,  shuningdek  korxona  bozor  faoliyatida  hal  qilmoqchi  bo‘lgan 
masalaga bog‘liq. 
Sanoat  tovarlari  va  keng  iste’mol  tovarlari  uchun  tanlov  mezonlari  bir-biridan 
juda  keskin  farq  qiladi.  Rejalashtirish  ehtiyojlariga  juda  mos  keladigan  maqbul 


 
134 
mezon  tovarni  bozorda  joylashtirish  masalalariga  umuman  to‘g‘ri  kelmasligi 
mumkin.  Mabodo  muayyan  mezon  xaridorlar  o‘rtasida  paydo  bo‘lgan  farqlarni 
izohlab  berishga  imkon  bermasa,  unda  boshqa  mezonni  kiritish  va  to  bu  farqlarni 
aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim. 
Bozorni  segmentlash  orqali,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  quyidagi  maqsadlarni 
ko‘zlaydi:  
➢ iste’molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; 
➢ tovarni (xizmatni) va firmaning raqobatli ustunligini ta’minlash; 
➢  firmaning harajatlarini optimallashtirish; 
➢ firmaning marketing strategiyasini samaradorligini oshirish; 
➢ raqobatchilardan xolis bo‘lgan segmentlarga ketish. 
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi hatti-harakatlarni o‘rganib, ularning 
obrazini  (modelini)  va  kelajakdagi  ehtiyoj,  talablarni  tasavvur  qilishdan  iborat. 
Hozirgi  raqobatda  yutib  chiqishning  asosiy  sharti  yangi,  yuqori  sifatli  tovar  va 
kompleks  servis  texnika  xizmatlarni  hamda  samarali  sotish  usullarini  qo‘llashdan 
iborat  bo‘lib  qoldi.  Ana  shu  talablar  asosida  marketing  tadqiqotlarining  ustuvor  turi 
iste’molchilarni  o‘rganish  va  o‘z  navbatida  bozorni  segmentlashdan  boshlanadi, 
chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas. 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish