Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini
ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga
oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to
bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt
davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni
ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi,
tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning
susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |