Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Demping - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan
raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi
antidemping qonunlar amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |