Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

 
 


 
199 
12 - BOB. KOMMUNIKATSIYA SIYOSATI 
 
12.1. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari 
 
Marketingda  kommunikatsiya  deb  biz  har  xil  auditoriyalar  adresiga,  shu 
jumladan,  xaridorlar,  sotuvchilar,  ta’minotchilar,  aksionerlar,  boshqaruv  organlariga 
firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.  
Marketing  kommunikatsiyalari  deganda  bozorda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt 
oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor segmentlari bilan, 
shuningdek,  muloqot  doiralari  bilan  kommunikatsiyalarni  ta’minlashga  imkon 
beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi. 
Aynan  turli  marketing  kommunikatsiyalarining  integratsion  jarayonlari 
kommunikativ  jarayonlarni  boshqarishning  turli  vositalari  va  tamoyillarini  sintez 
qiladigan  ochiq  joriy  (shuningdek,  istiqboldagi)  resurslardan  maksimal  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  foyda  olishga  qaratilgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyati  to‘laqonli 
tizimi sifatida integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari shakllantiradi. 
Kommunikatsiya faoliyatining asosiy vazifalari marketing strategiyasini amalga 
oshirish  maqsadida  korxonaning  barcha  bo‘g‘inlari  samaraliroq  ishlashi  va  texnik-
iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  oshirish  hisoblanadi.  SHu  sababli  qo‘yilgan  vazifani 
bajarish uchun korxonaning turli bo‘linmalari qalin o‘zaro aloqa qilishi zarur, bu esa, 
eng  avvalo,  korxona  ichida  yo‘lga  qo‘yilgan  kommunikatsiyalarni  hamda  tashqi 
muhit bilan kommunikatsiyalar yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun ulkan hajmdagi 
xilma-xil vositalar yig‘indisini taqozo etadi. Aynan marketing makoniga kiritilganlik, 
yoki  marketing  kommunikatsiyalari  kompleksi  kompaniyaning  investitsion  jalb 
etuvchanligi va rivojlanish dinamikasini ta’minlaydigan asl qimmatini shakllantiradi. 
Kommunikatsiya  siyosati  –  bu  tovarni  bozorga  siljitish  usullari  yig‘indisidir. 
Kommunikatsiyaning  asosiy  vositalari  bo‘lib  pablik  rileyshnz  –  jamoat  bilan  aloqa; 
reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. 


 
200 
Reklama-  bir  tomonlama  ommaviy  kommunikatsiyaning  to‘lovli  turi  bo‘lib,  u 
aniq  bir  homiydan  chiqib,  firma  faoliyatini  bevosita  yoki  bilvosita  qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qiladi. 
Shaxsiy  sotuv  -  bu  «o‘lchalik»  kommunikatsiya  yakka  ikki  tomonlama  bo‘lib 
(dialog)  maqsadi  mijozni  to‘xtovsiz  tarzda  harakatga  keltirishga  undashdan  iborat. 
Bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir. 
Savdoni  avj  oldirish  -  shaxsiy  reklama  va  shaxsiy  savdoni  to‘ldiruvchi  hamma 
tovarni  sotishni  tezlashtirish  va  ma’lum  kengaytirishga  qaratilgan  vaqtincha 
choralarni o‘z ichiga oladi. 
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar tashkilot va uning 
turli  auditoriyalari  orasida,  o‘zaro  bir-birini  tushunish  va  ishonchli  ruhiy  holat 
yaratishga  xizmat  qiladi.  Bu  erdagi  kommunikatsiyaning  maqsadi  faqat  sotishgina 
emas,  balki  firma  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  hamdir.  Bu  an’anaviy  muloqot 
vositalaridan  tashqari  quyidagi  bevosita  kommunikatsiya  turlari:  salonlar, 
yarmarkalar,  ko‘rgazmalar,  pochta  orqali  tarqatish,  telemarketing,  kataloglar  orqali 
savdo ham mavjud.  
Kommunikatsiya  raqobat  kurashida  muvaffaqiyat  omili  bo‘lib  hisoblanadi. 
Korxona  o‘z  firmasining  yaxshi  imijini  yaratish  uchun  ko‘plab  kommunikativ 
jarayonlar  bilan  o‘zaro  kelishishga  majburdir.  Korxona  tovar  bilan  raqobatlashib 
kommunikativ  raqobatga  chuqurroq,  ya’ni  bozorni  muhimroq  maqsadli  segmenti  va 
xaridorlari e’tiborini erishishga kurashib jalb etiladi. 
Keyingi  kommunikativ  siyosatda  strategik  va  taktik  choralarni  ichiga  oluvchi 
faqat  kompleks  yondashish  imkoniyati  qo‘yiladi.  Buning  uchun  korxonadan 
tadbirkorlikning  integratsiyalangan  kommunikativ  konsepsiyasini  yaratish  va 
rivojlantirish talab qilinadi.  
Integratsiyalangan 
kommunikativ 
jarayonning 
xususiyati 
bo‘lib, 
kommunikatsiya  vosita  va  jarayoni,  tashuvchilari,  shakllarining  turli-tumanligi 
hisoblanadi. 
 


 
201 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish