Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

MARKETING 
REJASI 
3. Amalga oshirish 
vositalari 
4. Nazorat 


 
108 
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: 
1.  Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil) 
Faoliyati,  shart-sharoitlari  resurslari,  samarali  natijaga  erishish  yo‘nalishlari. 
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish. 
2.  Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi). 
Ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  rivojlanishning  ustuvor  maqsadlari  va  bozorda 
foydaga erishish yo‘llarini aniqlash. 
3.  Strategiyani ishlab chiqish. 
Korxonaning  moddiy,  mehnat  va  moliya  resurslaridan  samarali  foydalanishni 
ko‘zlagan  uzoq  muddatli  maqsadni  aniqlash  (bozor  segmentlarini,  marketing 
vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash). 
4.  Rejani ishlab chiqish. 
Ishlab  chiqarish,  moliya,  baho,  kadrlar,  reklama,  sotish  va  boshqalarni  amalga 
oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. 
5.  Nazorat qilish. 
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelish). Yillik 
nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. 
Korxonaning  imkoniyatlari  tahlil  qilinganda  uning  bozordagi  shart-sharoitlari 
(tashqi  muhiti)  va  o‘zining  ichki  salohiyati  turisida  batafsil  axborotlar  to‘plab,  aniq 
xulosa  chiqariladi.  Buning  uchun  «Bozorni  kompleks  tadqiq  qilish»  va  «Holatli 
tahlil» usullaridan foydalaniladi. 
Bozorni  kompleks  tadqiq  qilish  boshlang‘ich  davri  bo‘lib,  korxona  marketing 
dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini 
o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi. 
Korxonaning  rivojlanish  maqsadlarini  aniqlashda  eng  avvalo,  uning  ichki 
imkoniyatlarini  hisobga  olib,  qaysi  sohada  sotishning  o‘sishi  orqalimi  yoki  bozorda 
o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li bilan erishiladimi kabi savollarga 
javob  izlanadi.  Korxonaning  rivojlanish  maqsadlari  marketing  tajribasiga  ko‘ra,  bir 
necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 


 
109 
Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) 
ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish; 
ikkinchidan,  intensiv  rivojlanish,  bu  yo‘l  bilan  ekstensiv  imkoniyatlar  tugagach, 
yangi  bozorlarga  chiqish  yoki  segmentlarni  kengaytirish  yoki  bozorga  yangi 
modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali 
sotish  korxonalar  bilan  hamkorlikda  ular  resurslaridan  foydalanib,  daromadni 
ko‘paytirish,  to‘rtinchidan,  diversifikatsiya  yo‘li  bilan,  ya’ni  korxona  o‘z  marketing 
faoliyati  doirasida  qo‘shimcha  xom-ashyoni,  tovarni,  texnologiyani,  iste’molchilarni 
o‘zlashtirish  orqali  raqobatbardoshligini  oshirishga  va  foydani  ko‘proq  olishga 
erishadi. 
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - 
degan  savolga  javob  izlaydi.  Strategik  rejalashtirish  korxonaning  mahsulot  ishlab 
chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo‘nalish 
aniqlaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi. 
 Marketing  strategiyasi  zaminida  quyidagi  besh  talab  (prinsip)  mavjud,  ular 
korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 
1.  Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos segmentlardan iborat.  
2.  Korxona  bozorda  bir  yoki  bir  nechta  segment  talablarini  nazarda  tutishi 
mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o‘ziga jalb etishda, ko‘proq 
muvaffaqiyat qozonishni o‘ylash lozim. 
3.  Firma  bozorda  mustaqil  yoki  boshqa  korxonalar  bilan  hamkorlikda  faoliyat 
ko‘rsatishi mumkin. 
4.  Marketing  vositasini  tanlashda,  ko‘proq  bir-biriga  mos  va  o‘zaro  vazifalari 
bilan  bir-birini  to‘lg‘izib  turuvchilarni  ishga  solishni  ko‘zda  tutish  kerak.  Masalan, 
tovar upakovka(o‘rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste’molchilar 
bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi. 
5.  Korxonaning  bozorga  chiqishida  iqtisodiy  holatni  har  tomonlama  hisobga 
olish  talab  etiladi.  Masalan,  umumiy  va  savdo  kon’yukturasining  holatini, 
raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar. 


 
110 
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda 
olishga  yo‘naltirish  hisoblanadi.  Uning  echimini  topishda  jahon  tajribasida  quyidagi 
yondashishlar mavjud. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish