Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/290
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#214561
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   290
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

   
 
 
TEST 
QUESTIONS 
ON 
THE 
DISCIPLINE 
"MARKETING".................................................................... 
 
290 
 
 
 
 
GLOSSARY............................................................................ 
330 
 
 
 
 
REFERENCES ...................................................................... 
344 


 
12 
K I R I SH 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  “Mahalliy  eksport 
qiluvchi  tashkilotlarni  yanada  qo‘llab  –  quvvatlash  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 
takomillashtirish  chora  –  tadbirlari  to‘g‘risida”gi  2017  yil  21  iyunda  qabul  qilingan 
qarorida  “...tashqi  bozorlarga  mahalliy  mahsulotlarni  olib  chiqishda  zamonaviy 
marketing usullaridan faol foydalanish...”
1
 alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekistonda bozor  iqtisodiyotining  yangi sharoitlarida  marketingni  ijtimoiy  – 
iqtisodiy  roli  yanada  oshdi.  Bu  esa,  barchadan  marketing  tizimini  har  tomonlama, 
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.  
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. 
Bu  bir  tomondan,  «Marketing»  tushunchasining  juda  murakkabligi  hamda  ko‘p 
qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi 
juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.  
Demak,  marketingning  ta’rifi  turli-tuman.  Ammo  bundan  qat’iy  nazar,  ulardan 
ko‘pchiligi  marketing  -  xaridorlarning  aniq  guruhlari  ehtiyojlarini  qondirish,  bozor 
muammolarini  echishga  har  tomonlama  yondashish,  ehtiyojlarni  ayirboshlash 
yordamida  qondirishga  qaratilgan  faoliyat  turi  ekanligini  ifodalaydi,  shuningdek, 
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasining  uchinchi  yo‘nalishida  kichik  sanoat 
zonalarini  tashkil  etish  bo‘yicha,  “...faoliyat  ko‘rsatayotgan  erkin  iqtisodiy  zonalar, 
texnopark  va  kichik    sanoat  zonalari  samaradorligini  oshirish,  yangilarini  tashkil 
etish”
2
  bo‘yicha  ulkan  vazifalar  belgilangan.  Bugungi  kunda  davlatimiz  rahbari 
respublikamiz  bo‘yicha    qaysi  hududga  bormasin,  o‘sha  hududda  kichik  sanoat 
korxonalari  tashkil  etish,  ular  orqali  mahsulot,  tayyor  raqobatbardosh  mahsulotlar 
                                                             
1
  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиёевнинг  “Маҳаллий  экспорт  қилувчи 
ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари 
тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123 
2
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги  “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
Республикасини  ривожлантиришнинг  бешта  устувор  йўналиши  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси”  тўғрисидаги  
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


 
13 
ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish  hamda  ularni  nafaqat  ichki  bozorga,  balki  tashqi 
bozorlarga eksport qilish zarurligini
3
 ta’kidlab o‘tdi.  
Bugungi  kunda  kichik  sanoat  zonalarini  tashkil  etish  orqali  ishlab  chiqarish 
hajmini  kengaytirish,  tovarlar  assortimentini  kengaytirish    orqali  kichik  sanoat 
zonalari  korxonalari  faoliyatini  rivojlantirish,  ularda  marketing  tadbirlarini  amalga 
oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida 
ularning  rivojlanish  strategiyasini  ishlab  chiqish    muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Ayniqsa,  mahsulot  ishlab chiqarish korxonalarida  marketing  faoliyatini tashkil etish, 
korxonalar  faoliyatini  rivojlantirish  bo‘yicha    marketing  strategiyasini  ishlab  chiqish  
muhim o‘ringa egadir. 
Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  marketing  haqidagi 
barcha  ta’riflar  mazmuni,  umuman  olganda,  xaridor  va  iste’mol  sohasini  yaxlit 
tadqiqot  qilishga  borib  taqaladi.  Bu  esa,  bozor  iqtisodiyotidagi  raqobat  kurashi 
sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni 
muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo 
etadi.   
Marketing  -  bozorda  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni  faollashtirish 
uslublarini,  tovarlarni  ishlab  chiqarish  hamda  sotish  muammolarini  yaxlit,  tizimli 
echish  uslublarini,  bozorda  vujudga  keladigan  o‘zgarishlarga  tezda  moslashish, 
iste’molchilarga  tabaqali  yondashish,  raqobatbardosh  yangi  tovarlarni  vujudga 
keltirish  va  ularni  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  kon’yunkturani  o‘rganish  va 
prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z 
oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygandir.  «Marketing  asoslari»  fani  korxonalar  (firmalar)ni 
bozorda  iqtisodiy  maqsadlarga  erishish  quroli  (ya’ni,  foyda  oladigan  bozorlar 
hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. 
Mamlakatimizda  marketing  haqidagi  dastlabki  maqolalar  o‘tgan  asrning 
oltmishinchi  yillari  o‘rtalarida  paydo  bo‘ldi.  To‘g‘ri,  u  paytdagi  barcha  maqolalar 
tanqidiy  ruhda  yozilgan  edi.  Lekin  marketingni  fan  tariqasida  o‘rganish  XX  asrning 
                                                             
3
  Мирзиёев  Ш.М.  Халққа  хизмат  қилиш,  одамларнинг  манфаатларини  таъминлаш-раҳбарлар 
фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767). 


 
14 
saksoninchi  yillari  oxirida  boshlandi.  Bozor  hamda  tovar-pul  munosabatlarini  asta-
sekin  rivojlanishi,  ayniqsa,  oliy  ta’lim  muassasalarining  professor-o‘qituvchilaridan 
bu  yo‘nalishda  faol  harakat  qilishni  talab  etdi.  Shu  sababli,  iqtisodiyot  yo‘nalishlari 
uchun  mutaxassisliklar  tayyorlaydigan  oliy  o‘quv  yurtlari  birinchilar  qatorida 
«Marketing asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi. 
«Marketing  asoslari»ni  o‘rganish  hamda  o‘qitish  imkoniyatlarini  ko‘rib  chiqish 
bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» 
fani  rivojlangan  mamlakatlarda  qay  darajada  o‘rganilayotgan  bo‘lsa,  shunday  qabul 
etishga  urinamiz.  Tabiiyki  u  holda,  biz  turli  to‘siqlarga  duch  kelamiz.  Darhaqiqat, 
iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul 
ham  eta  olmaydi.  Chunki,  O‘zbekistonda  bozor  munosabatlari  so‘nggi  davrlarda 
rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining 
boshlang‘ich  bosqichlariga  ko‘proq  e’tiborni  qaratib,  uning  shunday  bosqichlarini 
topishimiz  kerakki,  ular  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  faoliyati  darjasiga  ko‘proq  javob 
bersin.  
Yurtdoshlarimiz,  shu  jumladan,  ko‘pgina  mutaxassislar  marketingdan  faqat 
bozor  tovarlarga  mo‘l-ko‘l  bo‘lgandagina  unumli  foydalanish  mumkin,  deb 
hisoblaydilar.  Tabiiyki  u,  bozor  normal  sharoitda  bo‘lganda  samaralidir.  Lekin, 
«Marketing asoslari» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi 
ahamiyati juda katta.  
Iqtisodiyot,  biznes  va  tijorat  sohasi  bo‘yicha  tayyorlanayotgan  mutaxassisliklar 
uchun  «Marketing»  -  bozor  faoliyatining  uslubiy  asoslarini  o‘rgatadigan  asosiy  fan. 
Marketing  eng  avvalo,  uni  o‘rganuvchilarni  bozor  faoliyati  tizimi  sifatida  jalb  etadi. 
U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu 
faol  assortiment  siyosatini,  narx,  oldi-sotdi,  reklama,  iste’molchilarni  o‘rganish, 
tomonlar  bilan  munosabatlarga  kirishish,  tijorat  qaltisligini  va  raqobatchilarni 
o‘rganadigan fandir. 
Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni 
unga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish,  bugungi  kun  marketingi  nazariyasi  hamda 


 
15 
amaliyotining  mohiyatini  tashkil  etadi.  Zamonaviy  marketingni  maqsadi,  mijozlar 
ehtiyojini qondirishdan iborat. 
Marketing  –  bugungi  kunda  eng  avvalo,  iste’molchilarni  qidiruvchi,  yaratuvchi 
va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. 
Hozirgi  kunda,  oliy  ta’lim  muassasalarini  bitirib  chiqayotgan  yoshlarimizga 
bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani 
orqali singdiriladi. 
Faqat  «Marketing  asoslari»  fanigina  hammamiz  uchun  juda  murakkab  bo‘lgan 
«raqobat»  tushunchasini  to‘g‘ri  yoritadi.  Biz  raqobatni  tushunib  etishimiz  va  uning 
qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganishimiz zarur.  
«Marketing  asoslari»  fani  shu  bilan  bir  qatorda  iste’molchi  xulqini 
modellashtirish,  tovar  sifatini,  uning  raqobatbardoshligini,  rag‘batlantirishni, 
reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.  
«Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni 
ularni  u  erda  namoyon  bo‘lib,  harakat  qiladigan  joyi  sifatida  ko‘radi.  SHu  tufayli 
barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u 
erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak. 
Shuni  qayd  etish  lozimki,  «Marketing  asoslari»  bo‘yicha  xorijiy  tajribani 
korxonalarimiz  va  tashkilotlarimiz  amaliyotiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tatbiq  etish  juda 
cheklangan.  Bizning  korxonalarimizda  marketing  funksiyalarini  to‘liq  holda,  ya’ni 
bizning  korxonalarimiz  va  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  firmalari  faoliyati 
o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga 
milliy  iqtisodiyotimizning  o‘ziga  xos  xusiyatlarini,  mahalliy  shart-sharoitlarni 
hisobga olgan holda yondashish zarur. 
«Marketing  asoslari»  fani  keng  qirradagi  oliy  ma’lumotli  zamonaviy 
raqobatbardosh 
iqtisodchilarni 
(marketologlarni) 
shakllantiradigan 
asosiy 
mutaxassislik  fanlaridan  biri  hisoblanadi.  Marketingning  bosh  vazifasi  talabalarga 
marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir. 
Mazkur  darslik  uchinchi  marta  qayta  nashr  etilmoqda.  Avvalgilaridan  farqli 
ravishda  ushbu  darslik  13  ta  bobdan  iborat  bo‘lib,  unda  marketing  asosari  fanining 


 
16 
predmeti,  mazmuni  va  vazifalari,  marketingni  rivojlanish  evolyusiyasi  va 
konsepsiyasi, marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari,   marketing faoliyatini 
axborot  ta’minoti,  marketing  tizimi  va  sohasi,  marketing  faoliyatini  rejalashitirish, 
talabni  qondirishni  tadqiq  qilish  va  prognoz  qilish,  bozor  segmentasiyasi  va  tovarni 
bozorda pozitsiyalashtirish, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari, raqobat 
va raqobatbardoshlik kabi bob va mavzular qayta ishlandi, tubdan takomillashtirilgan. 
Ushbu darslikning 5,13 - boblarini tayyorlashda Ziyaeva M.M., 4, 12 – boblarini 
tayyorlashda  dos.  Samadov  A.N.  2,  6  –  boblarini  tayyorlashda  kat.o’qit.  Sharipov 
I.B.lar ishtirok etdi. 
 
 


 
17 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish