Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/290
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#214561
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   290
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
 


 
77 
5-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI 
 
5.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari 
 
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini 
qondirish uchun  marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy 
qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. 
Tovar  va xizmatlarni olganda bozorga  nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish 
hajmi,  kompaniyaning  innovatsion  darajasi,  o‘lchovning  holati,  alohida  shartlar 
tadqiqotlarning  hajmi  va  muddatlari  mavjud  mahsulotni  sotishni  to‘xtatish  paytini 
aniqlab olish kerak. 
Marketing  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy  elementlar,  sub’ektlar  yig‘indisidan 
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 
➢  ta’minotchilar; 
➢  raqobatchilar; 
➢  vositachilar; 
➢  iste’molchilar (bozor); 
➢  firma (kompaniya). 
Marketing  tizimini  shakllantirish  va  amal  qilishi  aniq  o‘rab  turgan  muhit 
ta’sirida  olib  boriladi.  Bu  muhitga  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  demografik 
va ekologik omillar kiradi. 
Ta’minotchilar  –  alohida  olingan  tashkilot,  uyushma,  shaxslar  yig‘indisidan 
tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. 
Raqobatchilar  –  hohishi  bo‘yicha,  safdosh  tovar  bo‘yicha,  tovar  turi  bo‘yicha, 
tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. 
Marketing  bo‘yicha  vositachilar  –  tashkilot  uchun  uning  tovarlarini  mijozlarga 
etkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi. 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 


 
78 
Logistika  vositachilari  –  ombor  tizimi  xizmatlarida  tovar  va  oqim  holatlarini 
transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. 
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni 
amalga oshiradi. 
Iste’molchilar  –  firmalar,  alohida  fizik  shaxslar  yoki  ularni  potensial  guruhi 
bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini 
o‘rganish,  uni  ehtiyojini  firma  mahsulotiga  bo‘lgan  munosabatini  o‘rganish,  tahlil 
qilishdan iborat. 
Firma,  marketing  va  bozor  munosabatlari  bir-biriga  o‘zaro  ta’sir  o‘tkazib, 
dialektik  bog‘liqlikda  harakatlanib  boradi.  Firma  yangi  texnologik  jarayonlarni 
egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab 
bo‘ladi. 
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga 
erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir. 
Marketing  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  g‘oyat  serqirradir.  Uning  tarkibi  yoki 
faoliyat sohalarida quyidagicha: 
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- iste’mol tovarlari marketingi, 
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin.  
Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, 
ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 
Ishlab  chiqarish  vositalari  marketingi  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish 
talablarini  hisobga  olishga  asoslanadi.  SHu  sababli  maqsadga  muvofiqlik  maqbullik 
qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi. 
Iste’mol  tovarlari  marketingi  xilma  xil  talab  va  didga  ega  bo‘lgan 
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. 
Bu sohada iste’molchi  fe’l - atvorining tub  mohiyatini o‘rganishga katta e’tibor 
beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, 
bularning  barchasi  iste’mol  tovarlari  bozorida  marketing  faoliyatining  asosiy 


 
79 
masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyillari 
iste’mol tovarlari marketingi samarasi. 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish