11.3-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlari
Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga
va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeida ishlaydi. U tovar
assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonini
tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning
topshirig‘i bilan ishlab chiqarishdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri iste’molchi firmaga (tranzit
usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va
sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat ko‘rsatishlari
uchun ob’ektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish
qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar ko‘p korxonalarda tor assortimentli
bo‘ladi. Chakana savdo uchun esa aholiga mo‘l-ko‘l, universal assortimentli tovarlar
Ulgurji savdogar
savdo-xarid
tashkilotlari
xizmat ko'rsatishning
to'liq sikli bilan
xizmat
koo'rsatishning
cheklangan sikli
bilan
savdo vositachilari
agentlar
brokerlar
korxonalarning
savdo-xarid
bo'linmalari
190
taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab
chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar
birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va
qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat
vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo
moddiy javobgarlikni bo‘yinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida
va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy o‘rinni
egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan
birjadan, ikkinchi tomondan, o‘z faoliyatlari uchun xaq oladilar.
Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va
moddiy javobgarlikka ega.
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim
davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan
vositachi bir vaqtning o‘zida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi
bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni
sotish bo‘yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi
obro‘ - e’tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi
savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shahobchalarining
moddiy - texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin
sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari -
menejeri vositachini shaxsan o‘rganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar
iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat
beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda xo‘jalik
jihatlaridan mustaqil bo‘lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat
korxonalarining sho‘‘ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi).
Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari
bilan sotish narxlari o‘rtasidagi farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga
oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashkil topadi.
191
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat
turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat:
• sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi
nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan
kafolatlash, reklama kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish;
• transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo
harakatlarini moliyalash;
• texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
• bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish.
Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo
monopoliyalari qo‘lida to‘planishi vositachilik bo‘g‘inida sifat o‘zgarishlariga olib
keladi. Ularning o‘z moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, o‘z
sug‘urta kompaniyalari, o‘z floti, ehtiyot qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda
mahsulotni qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmog‘i va chet
ellarda filiallari mavjud.
Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga
savdo vositachilari to‘g‘ri keladi. AQSH, Angliya, Gollandiya, Yaponiya,
Skandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng
foydalaniladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida savdo vositachilaridan foydalanish
sanoat firmalari uchun muayyan afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim ustunligi shundaki, sanoat
firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo
shahobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda
o‘z moddiy - texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash
ustaxonalari va boshqalarga ega bo‘ladi.
Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar
harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq juda ko‘p tashvishlar (mahsulotni etkazib berish,
saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport qilinganda mahallik esa bozorga
moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi.
192
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida
bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning
banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik
aloqalari katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to‘la xokimlik qilib olgan hollarda
ham uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga
iste’molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazmuni va
vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha
turlarini ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari,
agentlik va brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan olib
boradi. Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab
chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi bo‘lib qoladi
va uni har qanday bozorda xohlagan narxda o‘zi bilganicha sotishi mumkin.
Tomonlar oldi - sotdi bo‘lgach, vositachi bilan ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi
munosabatlar to‘xtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayyan
hududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport,
import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shug‘ullanadilar. Savdo
uylari bunday ishlarni asosan o‘z hisobiga amalga oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner
deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirig‘i
bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan
iborat. Komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya
shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Komission ishlarining yana bir ko‘rinishi - konsignatsiya xarakteridir.
Konsignator - eksporterdan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi
belgilangan muayyan shartlarda sotadi. SHartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi,
193
sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo
ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini
konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Sanoat agenti muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha
sanoatchilar tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo
agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va
xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga
oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishida faoliyat
olib borishidan va u kimning nomidan ish qo‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat
tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon
shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish,
shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |