Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/290
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#214561
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
13.5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari 
 
Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu 
ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir. 
Raqobatbardoshlik ko‘p darajali shakllarga ega: 
• tovarning raqobatbardoshligi; 
• xodimning raqobatbardoshligi; 
• tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi; 
• tarmoqning raqobatbardoshligi; 
• mamlakatning 
raqobatbardoshligi 
(yoki 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi). 
Bunda  raqobatbardoshlikning  barcha  darajalari  o‘rtasida  jips  ichki  va  tashqi 
o‘zaro  bog‘liqlik  mavjud.  Mamlakat  va  tarmoqning  raqobatbardoshligi  pirovardida 
muayyan  tovar  ishlab  chiqaruvchining  raqobatbardosh  tovar  ishlab  chiqarish 
qobiliyatiga bog‘liq. 
Raqobatbardoshlikning  mazmuni  va  mikro  va  makro  darajadagi  shakllari 
keltirilgan. 
Makrodarajadagi 
raqobatbardoshlikni 
baholashda 
mamlakatning 
raqobatbardoshligi  erkin  va  halol  raqobat  sharoitida  mamlakatning  jahon  bozori 
talablarini  qondiruvchi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  qobiliyati 
sifatida ta’riflash mumkin. 
Mamlakatning  raqobatbardoshlik  ko‘rsatkichi,  birinchi  galda  mamlakatning 
jahon  bozoridagi  mavqeini  tavsiflovchi,  shuningdek,  tovar  va  tovar  ishlab 
chiqaruvchining  hamda  tarmoqning  raqobatbardoshligini  birlashtiruvchi  umumiy 
ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda firmaning  raqobatbardoshligini 
baholash ko‘zda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida uning samaradorligi va 


 
233 
ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  talabgirligining  yagona  mezoni  bo‘lib 
raqobatbardoshlik  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  "raqobatbardoshlik"  tushunchasining 
yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini 
belgilab  beruvchi  asosiy  omillar  -  bu  iqtisodchilarning  turli  xil  boshlang‘ich 
pozitsiyalari  hamda  ishlab  chiqaruvchi  sifatida  faqat  alohida  korxona,  tarmoq  yoki 
butun  iqtisodiyotning  ko‘rib  chiqilishidir.  Raqobatbardoshlik  -  nisbiy  tushuncha, 
chunki  bir  turdagi  bozorlarda  muvaffaqiyatli  raqobatlashuvchi  tovar  boshqa 
bozorlarda  umuman  raqobatbardosh  bo‘lmaydi.  Bu  hol  tashqi  va  ichki  bozorlarda 
raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. 
Shunday  qilib,  raqobatbardoshlik  sohasida  umumiy  konsepsiyani  shakllantirish 
uchun  mazkur  holatning  barcha  tomonlarini  hisobga  olish  lozim.  Biroq  qator 
mamlakatlar  tajribasiga  ko‘ra  ichki  bozordagi  raqobat  xalqaro  raqobatning  asosi 
hisoblanadi. 
O‘zi  uchun  yangi  hisoblangan  bozorga  kirib  borish,  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish  yoki  uni qisqartirish, texnologik jihozlarni  modernizatsiya qilish, yoxud 
ishlab  chiqariladigan  mahsulotni  yangilash  maqsadida  investitsiyalarni  amalga 
oshirishda,  albatta,  ishlab  chiqaruvchi  yoki  korxonaning  raqobatbardoshligini 
baholash talab etiladi. 
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi  unsurlar 13.7 - rasmda keltirilgan.  
Ularni 3 ta turga ajratish mumkin: 
•funksional xususiyati; 
•firmalararo ta’siri; 
•shakli bo‘yicha mahsulotlarni solishtirish mumkin. 
Mahsulot  bo‘yicha  raqobatning  ikkita  usuli  mavjud  bo‘lib,  ularga  narxli  va 
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.  
Mahsulotning  raqobatbardoshligi  bozor  ulushi,  talab  dinamikasi,  talabning 
elastikligi  kabi  ko‘rsatkichlar  orqali  baholanadi.  Uning  omillariga  esa  narx-sifat, 
savdodan keyingi xizmat, etkazib berish shartlari, iste’mol xarajatlari kiradi. 
Tovarning 
sifati 
uning 
raqobatbardoshligini 
belgilovchi 
asosiy 
ko‘rsatkichlardandir.  Tovarning  sifati  o‘z  ichiga  ko‘plab  elementlarni  oladi.  Bular 


 
234 
birinchi  navbatda  mahsulot  tayyorlash  jarayoni  va  foydalanish  xususiyatlari.  Bular 
o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish