1.10. Xalqaro marketing sohasidagi asosiy muammolar
Xalqaro marketing duch keluvchi birinchi muammo bu mahsulotni import yoki
eksport qilish uchun xaridorning ehtiyojlarini qondiruvchi va ko’ngildagi narxga ega
bo’lgan yaxshi hamkorlarni izlab topishdir. Masalan, mahsulot Britaniya miqyosida
arzon, biroq shu paytning o’zida Bolgariya yoki Afrika davlatlari uchun qimmat
bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham marketing bo’yicha mutaxassis ishlashni
mo’ljallayotgan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilab o’rganib olishi lozim.
Import yoki eksport qilish rejalashtirilayotganidan qat’iy nazar, hamkorlik qilish
mo’ljallanayotgan mamlakatni borib ko’rish kerak. Bu esa joylarda iqtisodiyotning
45
ahvolini, marketing tizimi, mavjud mahsulotlarni baholash hamda eksport qilinishi
mo’ljallanayotgan tovarning mahalliy udumlar, an’analar va madaniyatga mos
kelishini aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zida bu vazifani
korxonaning o’z kuchlari bilan amalga oshirish qiyin bo’lib, mahalliy
mutaxassislarga murojaat qilish mumkin bo’ladi. Agar mahsulot import qilinadigan
bo’lsa, u holda mahsulot zahiralarini olish, transportirovka qilish, moliyalashtirish va
qonunchilikka rioya qilishda mazkur mamlakat vakillarining yordami kerak bo’ladi.
Odatda bu hollarda qog’ozbozlik va turli muassasalarda rasmiyatchilik ishlari ko’p
bo’ladi.
Xalqaro marketingdagi ikkinchi muammo import va eksport jarayonlarini
tartibga soluvchi qonunchilik talablaridan iborat. Har bir mamlakat o’z mahsulotlarini
eksport qilishga intilishi tabiiy, albatta. Biroq xom-ashyoga tegishli istisnolar ham
mavjud. Resurslar odatda tayyor mahsulotlarga qaraganda arzon bo’lishi sababli
ba’zi hollarda xom-ashyo resurslarini eksport qilish ehtiyoji yo’qqa chiqadi, chunki
mamlakatning o’zida xom-ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarib,
uni tashqi bozorga olib chiqish mumkin bo’ladi. bu esa oddiy xom-ashyo eksportiga
qaraganda birmuncha ko’p foyda keltiradi. Bu hollarda mamlakatda xom-ashyoni
olib chiqishni taqiqlovchi yoki eksport qilinuvchi tovarlarga katta soliq solishni
ko’zda tutuvchi qonun hujjatlari qabul qilinadi. Bu qonunlarni buzmaslik uchun esa
huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish
zarur.
Uchinchi muammo mamlakatga olib kiriluvchi mahsulotlarning soliqqa tortilishi
bilan bog’liq. Mamlakat valyuta ayirboshlash sababli ba’zi bir tovarlarni, masalan
iste’mol tovarlarini katta miqdorda import qilishdan manfaatdor emas. Bu erda
marketing mutaxassisidan to’lov balansi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish talab
qilinadi. Gap shundaki, to’lov balansining holati mamlakat iqtisodiyotiga, ba’zi
hollarda esa qo’shni davlatlar bilan o’zaro munosabatlarga ham sezilarli ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
Import mahsulotlariga solinuvchi soliqlar davlatga foyda keltirishi va mahalliy
sanoatni himoya qilishi lozim. Ish haqi yuqori bo’lgan kompaniya import qilinuvchi
46
mahsulotlarni iste’molchilar uchun jozibadorligini yo’qotish maqsadida hukumatni
bu mahsulotlarga soliq solishga «majburlashga» harakat qilishi mumkin. Kiritiluvchi
soliq hajmi to’laligicha davlat tomonidan nazorat qilinadi. U esa milliy manfaatlar
yo’lida bir qator import mahsulotlarga soliq joriy etishi hamda shu tariqa bu
mahsulotlarni mamlakatda ishlab chiqariluvchi o’xshash mahsulotlarga nisbatan narxi
qimmat bo’lishiga olib kelishi mumkin.
To’rtinchi muammo qonunchilik sohasiga bog’liq. Tashqi savdoda, ayniqsa,
ishlab chiqarishda chet ellik xodimlardan foydalanishga to’g’ri kelishi sababli firma
faoliyat yuritishni mo’ljallayotgan mamlakatning qonunchiligidan xabardor bo’lishi
zarur. Bu qonunchilik yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar, ish
vaqtining uzunligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat ko’rsatish, iste’foga chiqish tartibi
kabilarni belgilab beradi.
Shartnoma tuzish qonunchilikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Agar
korxona yirik shartnoma imzolaydigan bo’lsa, u holda o’z huquqshunosiga va
faoliyat ko’rsatiladigan mamlakatlik huquqshunosga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
SHuni ham qayd etish joizki, shartnomalar shartlari va atamalari bo’yicha aniq
standartlar mavjud emas. Shu sababli erishilgan kelishuvlarning barcha elementlarini
yaxshi tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, shartnoma imzolagan
tomonlar qonun buzilganda qaysi davlat qonunchiligiga asosan chora ko’rilishini
bilishlari lozim. Odatda chet elliklarning mahalliy kompaniyani qonun bo’yicha
ta’qib qilishlari va undan shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarni bajarilishini talab
qilishlari qiyin bo’ladi. Buning oldini olish uchun eng yaxshisi bu majburiyatlarni o’z
zimmasiga oluvchi va etarli resurslarga ega bo’lgan ishonchli odamlarni topishdir.
Ko’pincha firma kirib borayotgan mamlakat tili ham jiddiy muammo
hisoblanadi, shuning uchun firmaning g’oyalarini chet elliklarga to’laligicha va aniq
etkazib berishi mumkin bo’lgan malakali va ishonchli tarjimon topish muhim
ahamiyat kasb etadi. Tarjimonlar aytilgan gaplarning ma’nosini o’zgartirib etkazishi
mumkinligi sababli, mamlakat tilini o’rganib olish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Beshinchi muammo – moliyalashtirish. Katta miqdorda tovarlarni tashish uchun
dengiz trasporti kerak bo’lishi mumkin. Okean orqali tashish muddati ikki oy yoki
47
undan ko’pni tashkil etadi. Mahsulotni tashish, omborlarda saqlash va marketing
davomida moliyalashtirish zarur bo’ladi. buni bir qator agentliklar yordamida amalga
oshirish mumkin, biroq dastlabki bosqichlarda moliyalashtirish korxonaning vazifasi
hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, mahsulotni moliyalashtirish uni sotib olish, tashish,
saqlashdan hamkorga etkazib berishgacha, ba’zi hollarda esa iste’molchining o’ziga
etkazib berishgacha bo’lgan davrda amalga oshiriladi. Buni mahsulotning xarakteri
va marketing amalga oshiriluvchi sharoitlar, shuningdek, firma hamkorining
moliyaviy resurslarga egalik darajasi bilan izohlash mumkin. Albatta, eng yaxshi
variant bu – mahsulotga egalik huquqini dastlabki osqichlardayoq berib yuborish va
shu bilan uni moliyalashtirish tashvishlaridan qutilishdir. Har bir holatda
moliyalashtirish bo’yicha majburiyatlarni muayyan shartnomalar belgilab beradi.
Moliyalashtirish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan birinchisi –
o’z resurslari bilan bo’lib, bunda har qanday tavakkalyailiklarga tayyor turish kerak.
Yana bir yo’l bo’yicha etkazib berilayotgan tovarni ishlab chiqaruvchining o’zi
moliyalashtirish manbasi bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda korxona 90 kungacha
muddatga savdo krediti taqdim etishi mumkin. Uchinchi yo’l oddiy bank kanallari va
boshqa kredit muaasasalari bilan bog’liq. Xalqaro savdoni moliyalashtirish ikkita
standart qoida asosida amalga oshiriladi. Firma albatta zarur moliyaviy hujjatlarga,
shuningdek, kredit uchun kafolatga ega bo’lishi zarur.
Aytib o’tish kerakki, chekka shaharlardagi banklar xalqaro savdodan manfaatdor
emas. Moliyalashtirishga rozilik olish uchun bankni jalb qilishga katta miqdorda qarz
olish etarli. Demak, bank asosiy shaharda joylashgan yirik banklar qatoriga kirishi
lozim. Hukumat muassasalari ham moliyalashtirishning yana bir manbasi bo’lishi
mumkin. G’arb mamlakatlarida tashqi savdoni, ayniqsa eksportni qo’llab-quvvatlash
zimmasiga yuklatilgan hukumat tashkilotlari orqali moliyalashtirishni amalga
oshirish mumkin.
Tovarlarni transportortirovka qilish oltinchi muammo bo’lib, uning turi, vaqti va
u bilan bog’liq tavakkalchiliklar mahsulot turidan kelib chiqadi. Vazni va hajsi katta
bo’lmagan, arzon mahsulotlarni temir yo’l yoki dengiz transporti orqali tashish
ko’proq samara beradi. Bunda maxsus omborxonalarga ega bo’lish talab qilinadi.
48
Mahsulotni kema kelguncha, undan so’ng esa jo’natilgan joyga etib kelgandan so’ng
saqlash zarurati yuzaga keladi. Omborxona qulay, arzon bo’lishi hamda
mahsulotlarni yong’in, suv toshqini, mayda o’g’irlik kabilardan himoya qilishi lozim.
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, mahsulotni transportirovka qilish va saqlash bilan
bog’liq tavakkalchiliklar xalqaro savdo bitimlarida mamlakat ichida amalga
oshiriluvchi savdo operasiyalariga nisbatan doimo yuqori bo’ladi.
Agar mahsulot aviatransport orqali tashiladigan bo’lsa, uni saqlash bilan bog’liq
muammolar kamroq bo’ladi. Mahsulot to’g’ri samolet bortiga yuklanadi, etib
kelgandan so’ng esa darhol bojxona tekshiruvidan o’tkaziladi. Bu holda u dengiz
orqali tashishga nisbatan kamroq xavf-xatarga uchrashi mumkin. Eng ko’p xavf
mayda o’g’irliklar, mahsulotni yuklash va tushirish paytida, noqulay havo sharoitlari
yoki yong’in paytida yuzaga keladi. Bundan tashqari, mahsulotni bevosita
transportirovka qilish paytida yo’qotish xavfi ham mavjud – samolet qulab tushishi,
kema esa cho’kib ketishi mumkin.
Tashqi savdoda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ettinchi muammo bevosita
ishlab chiqarish bilan bog’liq. Bu o’ziga xos texnik talablardir. Har bir mamlakat
o’zining texnik standartlari qabul qilishi mumkin. Bunga misol qilib 110 V va 230 V
kuchlanishni ko’rsatish mumkin. Shu sababli xalqaro savdo uchun mahsulotni ishlab
chiqishda uning kutilayotgan xaridorlar istiqomat qiluvchi mamlakatlarda qabul
qilingan texnik standartlarga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur.
Sakkizinchi muammo bu valyuta munosabatlari va foydani repartasiya qilishdir.
Ko’pchilik mamlakatlarning pul tizimi barqaror emas, pul qiymatining o’zgarishi esa
mahsulot narxining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Inflyasiya jarayoni
doimiy kuzatilayotgan mamlakatda talab kamayib boradi, chunki ish haqi narx
o’sishidan orqa qolib ketadi. Shu sababli inflyasiya kompaniyada umumiy
rejalashtirish jarayoniga ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, foyda barqaror
bo’lmagan valyuta olingan bo’lsa, inflyasiya natijasida umuman yo’qotilishi mumkin.
Shuning uchun ham biron mamlakatda ish boshlashda oldin uning valyutasi
qanchalik barqaror ekanligini aniqlash hamda mos keluvchi oldini olish choralarini
ko’rish, birinchi navbatda narx belgilashda inflyasiya natijalarini hisobga olish zarur.
49
Foydani repartasiya qilish bu olingan foydani o’z mamlakatiga olib ketish
degani. Boshqacha qilib aytganda, agar siz bironta mamlakatda foyda oladigan
bo’lsangiz, bu mamlakat qonunchiligi olgan foydangizni olib chiqib ketishingizni
taqiqlamasligiga ishonch hochil qilishingiz zarur. Ba’zi mamlakatlarda olingan
foydani milliy valyutadan xorijiy valyutaga o’tkazish soliqqa tortiladi. Ba’zan
mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotni mahalliy valyutaga sotib olib uni
mamlakatdan olib chiqib sotish va tushgan mablag’ni boshqa valyutaga aylantirish
ialab qilinishi mumkin. Bu operasiyani amalga oshirish juda yaxshi variant. Eksport
operasiyalarini amalga oshirishda milliy valyutaga chet elda mahsulot sotib olib uni
o’z mamlakatiga yoki uchinchi mamlakatga olib borib sotishda ikkita foyda olish
mumkin. Biroq qonunchilik nuqtai nazaridan buni amalga oshirish doim ham oson
kechavermaydi.
To’qqizinchi muammo bu kriminal faoliyat bilan to’qnashish imkoniyati bo’lib,
bunda birinchi navbatda hukumat apparati, bojxona xizmati va tuzilgan shartnoma
bo’yicha biznesga jalb qilingan tadbirkorlarning poraxo’rligi ko’zda tutiladi. Mazkur
muammo shartnoma bo’yicha ishlar bajariluvchi mamlakat qonunchiligiga bo’ysinish
va huquqiy bog’liqlikka olib kelishi mumkin. Marketing bo’yicha mutaxassis loyiha
bo’yicha hujjatlarni tayyorlayotganda va mahsulotni namoyish qilish davomida ushbu
muammoni ham hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |