Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni
sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminasiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to’xtatish; tovarni bozordan
raqobatbardoshligi va talabni yo’qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni
eliminasiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi,
hayotiylik davridagi urni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital
aylanishi va boshqa ko’rsatkichlar qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |