Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Reklama kompaniyalarni boshqarish usullari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
12.8. Reklama kompaniyalarni boshqarish usullari 
 
Har  bir  reklama  kompaniyasi  o’tkazilish  muddatidan  qat’i  nazar  uchta  asosiy 
bosqichdan  –  tayyorlash,  kulminasiya  va  yakuniy  bosqichlardan  iborat  bo’ladi. 
Asosiy  bosqich  tayyorgarlik  bosqichi  hisoblanadi,  chunki  qolgan  ikki  bosqich  va 
reklama  kompaniyasining  muvaffaqiyatga  erishishi  aynan  unga  bog’liq  bo’ladi. 
Tayyorgarlik  bosqichi  reklama  kompaniyasini  rejalashtirishni  ham  qamrab  oladi. 
Rejalashtirish bozorda mazkur tovar atrofida yuzaga  keluvchi vaziyatni hisobga olib, 
reklama  xarajatlarini  belgilab  beradi.  Bu  xarajatlar  bir  tomondan,  foydalaniluvchi 
reklamani  tarqatish  vositalari  va  shakllariga  bog’liq  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  — 
reklamani joyashtirish hajmiga bog’liq bo’ladi va undan kelib chiqqan holda reklama 
uchun joy yoki vaqt xarid qilinadi.  
Reklama  kamapaniyasini  rejalashtirishda  bozor  faoliyatida  muvaffaqiyatga 
erishish  omadli  reklamadan  tashqari  tovarni  tavsiflovchi  bir  qator  omillarga:  uning 
iste’mol  xususiyatlari,  narxi  va  bozorda  mavjud  bo’lgan  unga  o’xshash  tovarlarga 
bog’liq bo’ladi. 
Reklama  kompaniyasi  bu  —  buyurtmachi  sifatida  reklama  beruvchi  hamda 
reklama  kompaniyasini  yaratish,  tashkil  qilish  va  muvofiqlashtirishni  amalga 
oshiruvchi sifatida reklama agentligi va reklama murojaatlarini iste’molchiga etkazib 
berish 
kanali 
sifatida 
reklamani 
tarqatish 
vositalarining 
birgalikdagi 
muvofiqlashtirilgan hatti-harakatlari natijasidir. 


 
284 
Reklama  kompaniyasi  samaradorligi  –  turli  xil  tashkilotlar  vakili  bo’lgan 
mutaxassislar jamoasi tomonidan amalga oshiriluvchi murakkab, ko’p qirrali va uzoq 
muddatli  jarayon  bo’lib,  to’g’ridan-to’g’ri  vujudga  kelayotgan  marketing  vaziyati 
talablariga  mos  keluvchi  boshqaruv  usul  va  shakllarini  tanlash  va  ulardan 
foydalanishga bog’liq bo’ladi. 
Xalqaro  reklama  kompaniyalarini  boshqarishning  uch  xil  -  markazlashgan, 
markazlashmagan va aralash usuli mavjud. 
Markazlashgan  boshqaruv  deganda  strategik,  taktik  va  ijodiy  qarorlar  reklama 
agentligida  qabul  qilinuvchi  hamda  reklama  agentligiga  bu  qarorlarni  tasdiqlovchi 
reklama  beruvchi  reklama  kompaniyasini  boshqarish  markazi  rolini  beruvchi 
boshqaruv  usuli  tushuniladi.  Reklama  kompaniyasi  o’tkazilayotgan  mamlakat  yoki 
mintaqadagi  agentlik  filiallari  yoki  mahalliy  reklama  tashkilotlari  ushbu  qarorlarni 
amalga oshiradi, xolos. 
Markazlashgan  boshqaruvda  qarorlar  reklama  tadbirlari  o’tkazilayotgan 
mamlakat yoki mintaqalarda reklama agentliklari tomonidan mustaqil qabul qilinadi.  
Yuqorida  aytib  o’tilgan  qarorlar  joylarda  reklama  agentliklari  tomonidan  qabul 
qilinib, markaz bilan kelishiluvchi boshqaruv usuli aralash boshqaruv deb ataladi. 
Hozirgi paytda jahon reklama bozorida samarasiz buyruqbozlik qarorlariga yo’l 
qo’ymaslik  maqsadida  markazlashgan  boshqaruv  usulidan  uzoqlashish  tendensiyasi 
kuzatilmoqda. 
Reklama  kompaniyalari  samaradorligini  aniqlash  reklama  faoliyatini  nazorat 
qilishning  muhim  bir  elementi  sifatida  dolzarb  muammo  hisoblanadi.  Ko’pchilik 
mutaxassislarning fikriga ko’ra, reklama xarajatlari tadqiqotchilik, kadrlarni o’qitish, 
asbob-uskunalar  xarajatlari  kabi  muqarrar  xarajatlar  sifatida  ko’rib  chiqilishi,  ya’ni 
rejalashtirilgan  sotuv  hajmiga  erishish  uchun  bozor  amaliyoti  tomonidan  ishlab 
chiqilgan  reklamaga  ajratiluvchi  ma’lum  miqdordagi  foizlarni    qo’llab-quvvatlash 
lozim. 
Shunday  bo’lsada,  reklama  kompaniyasining  nisbatan  samaradorligini 
birinchidan,  sotuv  hajmi  yoki  reklama  kompaniyasidan  avvalgi  va  keyingi  foyda 
miqdorining  reklama  kompaniyasiga  sarflangan  xarajatlarga  nisbati  bilan, 


 
285 
ikkinchidan,  berilgan  reklama  auditoriyasining  reklama  beruvchi  haqidagi,  uning 
tovar  belgisi,  mahsulot  va  xizmatlari  haqidagi  xabardorlik  foizining  o’zgarishi  bilan 
belgilash mumkin. Keyingi holatda samaradorlik axborot funksiyasining qay darajada 
bajarilayotganiga bog’liq bo’ladi. 
Eksportchining  reklama  faoliyati  samaradorligini  reklama  xarajatlari  tarkibini 
tahlil qilish yo’li bilan aniqlik darajasi yuqori bo’lgan holda topish mumkin. 
Reklama  kompaniyasini  o’tkazish  jarayonida  berilgan  reklama  auditoriyasiga 
ta’sir  ko’rsatish  samaradorligini  bilvosita  aniqlashga  imkon  beruvchi  reklama 
mahsulotini baholashning bir qator usullari mavjud
1

  reklama  sohasida  faoliyat  ko’rsatuvchi  turli  mutaxassislardan  iborat  bo’lgan 
badiiy-tahririyat kengashining ekspertlar bahosi; 
  reklama  mahsulotiga  mahalliy  va  xorijiy  mutaxassislar  tomonidan  taqriz 
berilishi 
va  buning 
natijasida  reklama 
mahsulotining  turli  afzallik 
va 
kamchiliklarining aniqlanishi; 
  anketa so’rovlari; 
  reklama mahsuloti ishlab chiqaruvchilar o’rtasida konkurslar o’tkazish. 
Tashqi bozorga chiqqaniga hali ko’p vaqt bo’lmagan mahalliy eksportchilarning 
reklama  kompaniyalari  samaradorligi  va  reklama  mahsulotlari  sifatini  tahlil 
qilishning  ahamiyatini  to’g’ri  anglashlari,  reklama  kompaniyalarini  muntazam, 
sistemali  va  eksport  faoliyati  bilan  har  tomonlama  bog’liq  bo’lishini  ta’minlashlari 
uchun  hali  uzoq  vaqt  va  reklama  sohasi  mutaxassislarining  ko’p  mehnati  talab 
qilinadi deb hisoblashga asoslar etarli. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish