10.6. Lizing bitimlari
Xalqaro lizing bu turli mamlakatlar korxona va tashkilotlari tomonidan
tuziluvchi ijara shartnomasidir. U lizing firmasi va ijarachi yoki lizing firmasi va
ta’minlovchi (ijaraga beriluvchi mulk egasi) turli mamlakatlarda joylashganligi bilan
tavsiflanadi. Xalqaro lizing eksport va import lizing turlariga taqsimlanadi.
Eksport lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni
milliy firmadan sotib oladi so’ngra uni chet ellik ijarachiga beradi.
Import lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni chet
ellik firmadan sotib oladi so’ngra uni o’z mamlakatidagi ijarachiga beradi.
Amalda xalqaro moliyaviy lizing va tezkor lizing kengroq tarqalgan.
Xalqaro moliyaviy lizing dunyo mamlakatlarida keng tarqalgan tipik lizing turi
bo’lib, shartnomaning o’rta va uzoq muddatliligi bilan tavsiflanadi. Uni amalga
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 164c.
231
oshirish jarayonida mulk to’laligicha yoki uning asosiy qismi amortizasiyalanib
bo’ladi.
Xalqaro tezkor lizing qisqa muddatli kelishuv bo’lib, lizing predmeti
amortizasiyasi bir nechta ketma-ketlikdagi iste’molchilarning to’lovlari hisobiga
amalga oshirilishiga asoslanadi. Mazkur lizing shakli reyting deb ham ataladi hamda
mashina va asbob-uskunalarni reyting jamiyati tomonidan ijarachining sotib olish
huquisiz qisqa muddatli ijaraga berishini ifodalaydi. Bunda reyting jamiyati asbob-
uskunalarni ta’mirlash bo’yicha barcha xarajatlarni to’laydi va buni lizingga nisbatan
yuqoriroq ijara stavkalari hisobiga qoplaydi.
Xalqaro moliyaviy lizing xalqaro tezkor lizingdan farq qiladi. Unda ijaraga
beruvchi (lizing kompaniyasi) aktivlarga kiritilgan kapital qo’yilmalarni yagona
ijarachidan qoniqarli foyda olish hisobiga to’liq qoplanishiga harakat qiladi. Shu
sababli lizing davri ushbu aktivning xizmat qilish muddatining asosiy qismini
qoplaydi, ijarachi esa texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni o’z zimmasiga olladi.
Bu lizing turi bekor qilinishi mumkin emas.
Moliyaviy ijarachi, ijaraga beruvchi va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi
ta’minlovchi uchun quyidagi sabablarga ko’ra foydali hisoblanadi:
1. Mashina va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi to’lovni to’laligicha va darhol
oladi, ular ijaraga beruvchiga beriladi hamda ta’minlovchi kafolat va kafolat muddati
bo’yicha majburiyatlardan tashqari ushbu aktivlar bilan bog’liq bo’lgan barcha
moliviy muammolardan ozod etiladi.
2. Ijaraga beruvchi ta’minlovchidan aktivlarni sotib olish uchun moliyaviy
vositalarni kiritadi va ijarachidan olinuvchi lizing to’lovlari ko’rinishidagi daromadga
ega bo’ladi.
3. Ijarachi etarli mablag’larga ega bo’lmagan holda aktivlarni sotib olish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish asbob-
uskunalariga muhtojlik sezayotgan tadbirkor lizing firmasiga bu asbob-uskunalarni
ijaraga olish imkoniyatini taqdim etish uchun so’rov bilan murojaat qiladi. Lizing
firmasi bu so’rovni olgandan so’ng lizing takliflarini ishlab chiqish jarayoni
boshlanadi. Lizing firmasi zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan
232
korxonalar doirasini aniqlaydi va ularning lizing bitimini amalga oshirish
imkoniyatlarini surishtiradi. SHu bilan bir paytda u potensial mijozni
(buyurtmachini), jumladan, uning ijara to’lovlarini to’lash imkoniyatlari, zarur
kafolatlarini baholaydi. Lizing takliflarini ishlab chiqish jarayonida lizing firmasi
lizing bitimida ikkita fursatdan iborat bo’lgan tavakkalchilikni baholashga katta
e’tibor qaratadi.
1. Mijozni, uning lizingga olinayotgan mulk bilan bog’liq faoliyatini hisobga
olgan holda lizing to’lovlarini amalga oshirish imkoniyatini baholash.
2. Mulkni, uning almashtirilish darajasini baholash: almashtirilish darajasi
yuqori (ma’naviy eskirishi sekin, yangicha qo’llanishi oson bo’lgan standart asbob-
uskunalar) bo’lsa tavakkalchilik kam, aks holda (tez eskiruvchan, buyurtmaga asosan
tayyorlangan, o’ziga xos maqsadlarga mo’ljallangan asbob-uskunalar) esa yuqori
bo’ladi.
Lizing takliflarini tayyorlash bosqichida lizing bitimi bo’yicha to’lovlar hajmini
belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkichlar: asbob-uskuna yoki boshqa mulkni sotib olish
narxi, mulkni sotib olishda olingan avans, lizing stavkasi, shartnoma muddati,
to’lovlar davriyligi, hajmi va usuli tahlil qilinadi.
Lizing takliflari ishlab chiqilgandan so’ng firma iste’molchi va ta’minlovchiga
zarur ma’lumotlarni etkazib beradi. Agart shartlar qoniqarli bo’lsa, tomonlar lizing
shartnomasini imzolaydilar. SHartnoma asosida lizing firmasi mos keluvchi asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchi-ta’minlovchiga buyurtma beradi. Ishlab chiqaruvchi u
va lizing firmasi o’rtasidagi shartnoma hisoblanuvchi buyurtmaga asosan asbob-
uskunlarni ishlab chiqargach, etkazib beradi va o’rnatib beradi. Lizing mulki etkazib
berilgach, iste’molchi, lizing firmasi va ta’minlovchi asbob-uskunalarning ishga
yaroqliligini tasdiqlovchi qabul qilish dalolatnomasini imzolaydilar. Dalolatnoma
imzolangandan so’ng lizing firmasi ta’minlovchining hisob raqamiga asbob-
uskunalarning xarid narxini o’tkazadi va lizing shartnomasi kuchga kiradi.
Lizing shartnomasi ijarachi (tadbirkor) va ijara beruvchining (lizing firmasining)
asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi, ular o’rtasida lizing mulki bo’yicha
yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi. Lizing firmasi mulkning mutlaq
233
enasi bo’lib, butun operasiya davomida uni moliyashtirishni amalga oshiradi, biroq
bunda asbob-uskunalarning sifat tavsifnomalari uchun javobgar bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |