9.4. Funksional tamoyili bo’yicha marketing xizmatini xususiyatlari
Funksional yondashuv bo’limdagi ayrim shaxs yoki shaxslar guruhining
bo’limga topshirilgan alohida lokal yoki umumiy (qo’shma) funksional vazifalari
uchun javobgarlik tamoyili bo’yicha tuzilgan. Bunday yondashuv korxonaning ishlab
chiqarish-savdo funksiyalari bir xil va doimiy bo’lgan hollarda samaradorligi yuqori,
biroq faoliyat shakllari o’zgargan yoki tubdan yangi muammolarni hal qilish, bozorda
o’zgarib turuvchi vaziyatga tezlik bilan javob berishda uning samaradorligi kam
bo’ladi. 9.4-rasmda marketing bo’limini funksional tamoyil bo’yicha yaratishning
kuchli va zaif tomonlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |