6.4. Strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish mohiyati
Stratеgik missiyaning bayonida gap eng asosiy hujjat haqida bormoqda. Bu
hujjatda firma o`z faoliyat sohasini, o`z asosiy bozorini, o`zining iqtisodiy va
noiqtisodiy ko`rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini bеlgilaydi va o`zining qadriyatlar
tizimini e'lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi tomonlari
uchun tеng darajada muhimdir.
Firma missiyasining ta'rifi quyidagi to`rtta majburiy elеmеntni o`z ichiga olishi
129
shart: Firma tarixi; Faoliyat sohasini aniqlash; Maqsad va chеklanishlari; Asosiy
stratеgik variantlari.