Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar
1
 
Sifat 
normasi 
darajasi 
Tovar 
sifati 
normasini 
belgilovchi 
tashkilot nomi 
Belgilanishi  va  joylashgan 
mamlakati 
Milliy 
Germaniya norma Instituti 
Britaniya standart Instituti 
Fransiya normalizatsiya Assotsiatsiyasi 
DIN, Germaniya 
BSI, Buyuk Britaniya 
 
AFNOR, Fransiya 
Xalqaro 
Xalqaro standart tashkiloti 
Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi 
Internaional Electric Commision 
ISO, Shveysariya 
ITV, Shveysariya 
 
IEC, Shveysariya 
Evropa 
Comite Europeen de Normalisation 
Comite 
Europeen 
de 
Normalisation 
Electrotechnique 
Europeen Telecommunication 
Stsndarts Institute 
GEN, Belgiya 
 
 
 
ETSI, Fransiya 
 
Xalqaro 
miqyosda 
sifat 
siyosatining 
maqsadi 
milliy 
mahsulotni 
«globallashtirish»  yoki  tashqi  bozor  uchun  original  mahsulotlarni  rivojlantirish 
                                                
1
 
Щегорцов  В.А.,Таран  В.А.,Шойгу  И.А.,Щегорцев  М.В.  Основы  маркетинга:  учебник  для  вузов.  – 
М.:Дело, 2016.- 414 с. 


 
149 
hisoblanadi.  Tovarni  tashqi  bozorga  moslashtirishda  kompaniyaning  sifat  siyosatiga 
ta’sir ko’rsatuvchi bir qator omillar guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
•  huquqiy cheklovlar; 
•  mamlakatlardagi  tendensiyalar  –  moda  va  istemolchilarning  umumiy 
yo’nalganligi; 
•  iste’mol qilinayotgan tovarlarning qabul qilingan sifat darajasi; 
•  tovar iste’moli tavsifnomasi; 
•  sotuv kanallari; 
•  servis kompaniyalari; 
•  mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuv darajasi; 
•  mahsulotni qo’llash imkoni bo’lgan sohalar. 
Har  bir  eksportchi  tashqi  bozorga  chiqariluvchi 
o’z  tovarining 
raqobatbardoshligini oshirishga, ya’ni boshqa sotuvchilarning muayyan bozorda talab 
mavjud  bo’lgan  tovarlari  ichidan  chet  ellik  xaridor  tomonidan  tanlab  olinishiga 
erishish imkoniyatini qo’lga kiritishga harakat qiladi. 
Tovarning  raqobatbardoshligi  —  uning  real  xarid  qiluvchi  xaridor  uchun 
jozibadorlik  darajasidir.  Tovarning  iste’mol  qiymati  —  xaridor  mazkur  tovar  uchun 
to’lash 
mumkin 
hisoblovchi 
maksimal 
narx 
hisoblanadi. 
Tovarning 
raqobatbardoshligi  zaxirasi  —  tovarning  iste’mol  qiymati  va  uni  sotib  olish  uchun 
to’langan  haqiqtisodiy  narx  o’rtasidagi  farqdir.  Iste’molchi  uchun  iste’mol 
qiymatining  to’lanmagan,  tekin  qo’lga  kiritilgan  qismini  anglatadi.  Ta’minotchi 
uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o’lchami hisoblanadi. 
Tovar uchun tovon tamoyili — tovarga bir tomondan eng yaxshi tavsifnomalarni 
berishga  intilish  qaysidir  jihatdan    boshqa  tomondan  yo’qotishlarga  olib  kelish 
qonuniyatidan iborat. 
Raqobatbardoshlik  deb  mazkur  mahsulotning  haqiqatda  uni  xarid  qiluvchi 
xaridor  uchun  jozibadorlik  darajasiga  aytiladi.  SHunga  e’tiborni  qaratish  kerakki, 
raqobatbardoshlik  tovarni  ajratib  turuvchi  tavsifnomalarga  emas,  balki  uning 
mijozlarni xarid qilish uchun jalb qiluvchi jozibadorligiga bog’liq bo’ladi. Bu sohada 
iste’molchining  mustaqilligi  shu  tariqa  namoyon  bo’ladi:  u  nohaq  bo’ladigan 


 
150 
bo’lsada, yakuniy qaror baribir iste’molchining o’zi tomonidan qabul qilinadi. Biznes 
tarixida  ekspertlar  tomonidan  eng  yuqori  baholangan  tovarlar  iste’molchilarga 
umuman  yoqmagan  hollar  juda  ko’p  bo’lgan.  Bunga  yaqqol  misol  tariqasida 
kinematografni  ko’rsatish  mumkin:  nufuzli  festivallar  g’olibi  bo’lgan  filmlar  hech 
qachon  katta  iqdorda  foyda  keltirmaydi.  SHu  bilan  birga  sotuvning  ommaviyligi  va 
tovar  raqobatbardoshligining  kuchliligi  o’rtasida  tenglik  belgisini  qo’yish  mumkin 
emas — bu o’zaro bog’liq bo’lsada, biroq bir xil ma’noga ega tushunchalar emas. 
Birinchidan,  mijozlarni  qoniqtirmaydigan  (demak,  raqobatbardosh  bo’lmagan) 
mahsulotlar  taqchillik  sharoitlarida  yoki  boshqa  mahsulotlar  umuman  bo’lmagan 
hollarda  muvaffaqiyatli  sotilishi  mumkin.  Ularning  raqobatbardoshlik  darajasining 
pastligi bozorda sifatli tovarlar paydo bo’lgan hollardagina ko’zga tashalanadi. 
Ikkinchidan,  raqobatbardosh  tovarlar  iste’molchilarning  tor  doirasiga 
mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Ular hamma uchun bir xil ahamiyat kasb etmaganligi 
sababli  ularga  ommaviy  talab  bo’lmaydi  (masalan,  nogironlar  uchun  mo’ljallangan 
qo’l boshqaruvidagi avtomobillar). 
Iste’molchi  firma  uchun  yangi  shinalarning  ahamiti  eski  shinalarga  nisbatan 
ancha  yuqori  ekanligi  shubhasiz,  albatta.  Agar  biz  ular  uchun  16  so’m  so’raydigan 
bo’lsak, bitim katta foyda keltirishi mumkin: qo’shimcha xarajatlar 6 so’m (16-10q6), 
velosipedni yangi narx bo’yicha sotishda daromadga qo’shimcha esa 10 so’mga etadi. 
Qo’shimcha  xarajatlar  qo’shimcha  daromadlarga  tenglashgan  hollarda  iste’molchi 
firmalarning  yangi  shinalarni  bunda  ham  yuqori  narxda  –  20  so’mgacha  sotib  olishi 
to’g’ri  tushunsa  bo’ladi.  Ko’rinib  turibdiki,  bu  muhim  bir  chegara  bo’lib,  bitimni 
tuzish mumkin yoki mumkin emasligini belgilab beradi. M.Porter aynan uni iste’mol 
qiymati deb atashni taklif qilgan. 
Eksport tovarining raqobatbardoshligini quyidagi omillar belgilab beradi: 
• iste’mol xususiyatlari; 
• texnologik  ko’rsatkichlar,  avvalo:  tayyorlash  sifati,  texnik  darajasi, 
ishonchliligi,  uhrq  muddat  xizmat  qilishi,  qulayligi,  xavfsizligi,  foydalanishda 
uzluksizligi, qulay o’lchamlari, hajmi, dizayni, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, 
imte’mol qiymati (ekspluatatsiya, ta’mirlash va saqlash xarajatlari). 


 
151 
Bunda  tovar  raqobatbardoshligi  nafaqat  uning  bozor  talablariga  mos  kelishini, 
balki  raqobatchilarning  o’xshash  tovarlariga  qarshilik  qilish  qobiliyatini  ham 
anglatadi.  Vaqti-vaqti  bilan  tovarning  amaldagi  va  istiqboldagi  raqobatbardoshligini 
baholab  o’tish,  uni  kelgusida  eksport  uchun  ishlab  chiqarish  haqida  qaror  qabul 
qilish, tovarni bozor uchun yangilikka aylantirish maqsadida  moedrnizasiyalash yoki 
yangi tovar bilan almashtirish talab qilinadi. 
Xalqaro  savdoda  tovarni  eksport  qiluvchi  yuqori  sifatli,  joriy  va  istiqboldagi 
talablarga  javob  beruvchi,  uning  nufuzini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  raqobatbardosh 
tovarni yaratish yo’li bilan o’zida etakchilik psixologiyasini rivojlantirishi lozim. 
Eksport  tovari  raqobatbardoshligini  iste’mol  xususiyatlari  va  texnologik 
ko’rsatkichlar aniqlab berib, bu qatorga birinchi navbatda aniq belgilangan yo’nalish, 
yuqori texnik daraja, tayyorlash darajasi,  ishonchlilik, oddiylik, qulay  vazn,  hajm  va 
chiroyli  dizayn,  sotuv  narxi,  jozibador  servis  xizmati,  iste’mol  qiymati  (ta’mirlash, 
saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari) kabilarni kiritish mumkin. 
Bunda  tovarning  raqobatbardoshligi  uning  bozor  talablariga  mos  kelishidan 
tashqari,  raqobatchilarning  o’xshash  tovarlariga  qarshilik  qilish  qobiliyatini  ham 
anglatadi.  Vaqt-vaqti  bilan  tovarning  hozirgi  va  istiqboldagi  raqobatbardoshligini 
baholash,  uni  kelajakda  eksport  uchun  ishlab  chiqarish  haqida  qaror  qabul  qilish, 
bozordagi  tovarni  modernizatsiya  qilish  yoki  uni  olib  tashlab,  yangi  tovarni  kiritish 
lozim.  Xalqaro  savdoda  tovarni  eksport  qiluvchi  firma  joriy  va  kelgusidagi  talabga 
yo’naltirilgan  yuqori sifatli raqobatbardosh tovarni  yaratish,  uning  nufuzini oshirish, 
xalqaro  bozorga  to’g’ri  yo’naltirish  yo’li  bilan  o’zida  etakchilik  psixologiyasini 
rivojlantirishi zarur. 
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida tovar raqobatbardoshligini 
baholashda  foydalaniluvchi  ko’rsatkichlarga  asoslaniladi.  Bu  ko’rsatkichlar 
quyidagilardan iborat: 
1.  Tovar  mahsulotining  vazifasi:  tasniflash  ko’rsatkichlari  (quvvati,  tezligi, 
sig’imi  va  hokazo);  konstruktiv  va  texnik  ko’rsatkichlar  (material  sig’imi,  gabarit 
o’lchami,  konfigurasiyasi,  mahsuldorligi,  o’lchash  aniqligi,  qayta  ishlanuvchi 


 
152 
ma’lumotlar  hajmi);  mahsulot  tarkibi  va  strukturasi  (tabiiy  modda  va  aralashmalar 
tarkibi). 
2. Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda  buzilib 
qolmasligi, kafolat muddati davomida ta’mirlashsiz ishlatish; mahsulotning texnik va 
ijtimoiy-iqtisodiy  zarur  davri  uzunligi;  chet  ellik  iste’molchilarning  ma’lum 
ehtiyojlarini qondirish qoiliyati. 
3.  Estetika:  jozibadorlik  (rangi,  ranglar  kombinasiyasi,  gabarit  o’lchami); 
ifodalilik  (shinamlik,  iqtisodiylik  va  hokazolarni  ifodalash);  emosional  ta’sir 
(hayajonlonish, tinchlanish, beparvolik). 
4.  Ekologik  tozaligi:  tayyor  yoki  yarim  tayyor  mahsulotda  zararli 
aralashmalarning  mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli aralashmalarning 
mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga zararli moddalarni chiqarish. 
5.  Ergonomiklik:  gigienichnost  (toksiklik,  changlilik,  yoritilganlik,  vibrasiya, 
shovqinlilik);  fiziologichnost  (foydalanishning  qulayligi,  muomala  qilishning 
osonligi);  antropometrichnost  (inson  tanasi  va  a’zolariga  shakl  va  hajm  jihatidan 
moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste’molchining ijobiy qabul qilishi).  
6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo’llanishi qiymatining yuqori 
emasligi (transport orqali tashish, o’rnatish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish, 
tartibga  solish,  xodimlarni  o’rgatish,  texnik  xizmat  ko’rsatish,  ta’mirlash,  yoqilg’i, 
elektr energiyasi). 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish