Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Marketing axborot manbalari, boshqarish uchun



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
3.5. Marketing axborot manbalari, boshqarish uchun  
ma’lumotlarni qayta ishlash va tayyorlash 
 
Marketing  tadqiqotlarini  o’tkazishda  axborot  to’plash  va  axborot  manbalarini 
tanlash jarayonlarining ketma-ketligiga amal qilish hisoblanadi (3.3-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.3-rasm. Marketing axborot manbalarini tanlash, axborotlarni to’plash va 
tahlil qilish jarayonlari ketma-ketligi
1
 
 
                                                
1
  Щегорцов  В.А.,Таран  В.А.,Шойгу  И.А.,Щегорцев  М.В.  Основы  маркетинга:  учебник  для  вузов.  – 
М.:Дело, 2016.- 414 с. 
Ichki ikkilamchi axborotlarni 
to’plash 
Tashqi ikkilamchi axborotlarni 
to’plash 
Ichki ikkilamchi axborot 
manbalarini tanlash 
Tashqi ikkilamchi axborot 
manbalarini tanlash 
Ikkilamchi axborotlarning to’liqligi, ichonchliligi va bir-biriga zid kelmasligini tahlil 
qilish va ularni tizimlashtirish 
Axborot interpretatsiyasi, 
xulosalarni shakllantirish va 
tavsiyalar ishlab chiqish  
Birlamchi axborotga 
ehtiyojlarni aniqlash 
Olingan natijalarni taqdim etish 
Birlamchi axborotlar to’plashni 
rejalashtirish va tashkil etish 


 
75 
Ichki  ikkilamchi  axborotlarning  asosiy  manbai  axborotlar  bazasiga  firma 
faoliyatida  ahamiyatga  ega  bo’lgan  barcha  ma’lumotlar  (statistika  hisoboti, 
buxgalteriya  hisoboti,  mijozlarning  hisob  raqamlari,  ilgari  o’tkazilgan  tadqiqot 
materiallari)  kiritilgan  kompyuter  hisoblanadi.  Ikkilamchi  axborotlarning  tashqi 
manbalari esa hukumat yoki nohukumat manbalari bo’lishi mumkin.  
Ko’plab mamlakatlarning hukumatlari narx hosil bo’lishi, kredit siyosati va shu 
kabi  boshqa  ko’plab  statistika  va  izohlash  materiallarini  to’plash  va  tarqatish  bilan 
shug’ullanadi. 
Ikkilamchi nohukumat axborotlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- davlat  muassasalarida  chop  etiluvchi  qonunchlik  va  yo’riqnoma  xarakteridagi 
materiallar; 
- tijorat tadqiqot markazlarining hisobot va ma’ruzalari; 
- notijorat  tadqiqot  tashkilotlari  nashrlari  (fanlar  akademiyasi,  universitetlar, 
seminar va anjumanlar materiallari); 
- savdo va sanoat uyushmalarining nashrlari; 
- gazeta, jurnal, tele va radioreklama. 
Ikkilamchi  axborotlarni  tahlil  qilish  jarayoni  tadqiqotning  oldindan  belgilangan 
vazifa va muamoolarini aniqlash va to’g’irlashga olib kelishi mumkin.  
Birlamchi  axborotlarga  ikkilamchi  axborot  manbalari  zarur  ma’lumotlar  bilan 
ta’minlay  olmagan  hollarda  zarurat  tug’iladi.  Birlamchi  axborotlarning  umumiy 
ahamiyatini  baholash  uchun  ularning  afzallik  va  kamchiliklarini  solishtirib  ko’rish 
lozim (3.4-rasm).  
Manbalar  bilan  ishlashni  ular  qamrab  oluvchi  savollarning  eng  tor  doirasini 
aniqlash, e’lon qilinuvchi ma’lumotlar qiymatini o’rganishdan boshlash lozim. 
Marketing  sharoitlarida  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko’rsatish  uchun  qaror  qabul 
qilishdan  avval  va  qabul  qilingandan  so’ng  mos  keluvchi  axborotlarga  ega  bo’lish 
zarur.  Marketing  axboroti  firmaning  marketing  rejasini  ishlab  chiqish,  amalga 
oshirish va qayta ko’rib chiqish davomida to’planishiga bir qancha sabablar mavjud. 
Faqatgina  rahbariyatning  intuisiyasi  va  o’tmishdagi  tajribalarga  tayanishning  o’zi 
etarli emas. 


 
76 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish