Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro marketing sohasidagi asosiy muammolar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
1.10. Xalqaro marketing sohasidagi asosiy muammolar 
 
Xalqaro  marketing  duch  keluvchi  birinchi  muammo  bu  mahsulotni  import  yoki 
eksport qilish uchun xaridorning ehtiyojlarini qondiruvchi va ko’ngildagi narxga ega 
bo’lgan  yaxshi  hamkorlarni  izlab  topishdir.  Masalan,  mahsulot  Britaniya  miqyosida 
arzon,  biroq  shu  paytning  o’zida  Bolgariya  yoki  Afrika  davlatlari  uchun  qimmat 
bo’lishi  mumkin.  SHuning  uchun  ham  marketing  bo’yicha  mutaxassis  ishlashni 
mo’ljallayotgan  mamlakatdagi  iqtisodiy  vaziyatni  yaxshilab  o’rganib  olishi  lozim. 
Import  yoki  eksport  qilish  rejalashtirilayotganidan  qat’iy  nazar,  hamkorlik  qilish 
mo’ljallanayotgan  mamlakatni  borib  ko’rish  kerak.  Bu  esa  joylarda  iqtisodiyotning 


 
45 
ahvolini,  marketing  tizimi,  mavjud  mahsulotlarni  baholash  hamda  eksport  qilinishi 
mo’ljallanayotgan  tovarning  mahalliy  udumlar,  an’analar  va  madaniyatga  mos 
kelishini  aniqlash  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ba’zida  bu  vazifani 
korxonaning  o’z  kuchlari  bilan  amalga  oshirish  qiyin  bo’lib,  mahalliy 
mutaxassislarga  murojaat  qilish  mumkin  bo’ladi.  Agar  mahsulot  import  qilinadigan 
bo’lsa, u holda mahsulot zahiralarini olish, transportirovka qilish, moliyalashtirish va 
qonunchilikka  rioya  qilishda  mazkur  mamlakat  vakillarining  yordami kerak  bo’ladi. 
Odatda  bu  hollarda  qog’ozbozlik  va  turli  muassasalarda  rasmiyatchilik  ishlari  ko’p 
bo’ladi. 
Xalqaro  marketingdagi  ikkinchi  muammo  import  va  eksport  jarayonlarini 
tartibga soluvchi qonunchilik talablaridan iborat. Har bir mamlakat o’z mahsulotlarini 
eksport  qilishga  intilishi  tabiiy,  albatta.  Biroq  xom-ashyoga  tegishli  istisnolar  ham 
mavjud.  Resurslar  odatda  tayyor  mahsulotlarga  qaraganda  arzon    bo’lishi  sababli 
ba’zi  hollarda  xom-ashyo  resurslarini  eksport  qilish  ehtiyoji  yo’qqa  chiqadi,  chunki 
mamlakatning o’zida xom-ashyoni qayta ishlash va tayyor  mahsulot ishlab chiqarib, 
uni tashqi bozorga olib chiqish  mumkin bo’ladi. bu esa oddiy  xom-ashyo eksportiga 
qaraganda  birmuncha  ko’p  foyda  keltiradi.  Bu  hollarda  mamlakatda  xom-ashyoni 
olib  chiqishni  taqiqlovchi  yoki  eksport  qilinuvchi  tovarlarga  katta  soliq  solishni 
ko’zda  tutuvchi  qonun  hujjatlari  qabul  qilinadi.  Bu  qonunlarni  buzmaslik  uchun  esa 
huquqiy shaxs  maqomiga ega bo’lgan  mahalliy  mutaxassislar bilan  hamkorlik qilish 
zarur.  
Uchinchi muammo mamlakatga olib kiriluvchi mahsulotlarning soliqqa tortilishi 
bilan  bog’liq.  Mamlakat  valyuta  ayirboshlash  sababli  ba’zi  bir  tovarlarni,  masalan 
iste’mol    tovarlarini  katta  miqdorda  import  qilishdan  manfaatdor  emas.  Bu  erda 
marketing  mutaxassisidan  to’lov  balansi  bo’yicha  bilimlarga  ega  bo’lish  talab 
qilinadi.  Gap  shundaki,  to’lov  balansining  holati  mamlakat  iqtisodiyotiga,  ba’zi 
hollarda  esa  qo’shni  davlatlar  bilan  o’zaro  munosabatlarga  ham  sezilarli  ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 
Import  mahsulotlariga  solinuvchi  soliqlar  davlatga  foyda  keltirishi  va  mahalliy 
sanoatni  himoya  qilishi  lozim.  Ish  haqi  yuqori  bo’lgan  kompaniya  import  qilinuvchi 


 
46 
mahsulotlarni  iste’molchilar  uchun  jozibadorligini  yo’qotish  maqsadida  hukumatni 
bu mahsulotlarga soliq solishga «majburlashga» harakat qilishi mumkin. Kiritiluvchi 
soliq  hajmi  to’laligicha  davlat  tomonidan  nazorat  qilinadi.  U  esa  milliy  manfaatlar 
yo’lida  bir  qator  import  mahsulotlarga  soliq  joriy  etishi  hamda  shu  tariqa  bu 
mahsulotlarni mamlakatda ishlab chiqariluvchi o’xshash mahsulotlarga nisbatan narxi 
qimmat bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
To’rtinchi  muammo  qonunchilik  sohasiga  bog’liq.  Tashqi  savdoda,  ayniqsa, 
ishlab chiqarishda chet ellik  xodimlardan  foydalanishga to’g’ri kelishi sababli  firma 
faoliyat  yuritishni  mo’ljallayotgan  mamlakatning  qonunchiligidan  xabardor  bo’lishi 
zarur.  Bu  qonunchilik  yollanma  ishchi  va  ish  beruvchi  o’rtasidagi  munosabatlar,  ish 
vaqtining uzunligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat ko’rsatish, iste’foga chiqish tartibi 
kabilarni belgilab beradi. 
Shartnoma  tuzish  qonunchilikning  muhim  jihatlaridan  biri  hisoblanadi.  Agar 
korxona  yirik  shartnoma  imzolaydigan  bo’lsa,  u  holda  o’z  huquqshunosiga  va 
faoliyat ko’rsatiladigan mamlakatlik huquqshunosga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. 
SHuni  ham  qayd  etish  joizki,  shartnomalar  shartlari  va  atamalari  bo’yicha  aniq 
standartlar mavjud emas. Shu sababli erishilgan kelishuvlarning barcha elementlarini 
yaxshi tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, shartnoma imzolagan 
tomonlar  qonun  buzilganda  qaysi  davlat  qonunchiligiga  asosan  chora  ko’rilishini 
bilishlari  lozim.  Odatda  chet  elliklarning  mahalliy  kompaniyani  qonun  bo’yicha 
ta’qib qilishlari va undan shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarni bajarilishini talab 
qilishlari qiyin bo’ladi. Buning oldini olish uchun eng yaxshisi bu majburiyatlarni o’z 
zimmasiga oluvchi va etarli resurslarga ega bo’lgan ishonchli odamlarni topishdir. 
Ko’pincha  firma  kirib  borayotgan  mamlakat  tili  ham  jiddiy  muammo 
hisoblanadi, shuning  uchun  firmaning  g’oyalarini chet elliklarga to’laligicha va aniq 
etkazib  berishi  mumkin  bo’lgan  malakali  va  ishonchli  tarjimon  topish  muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tarjimonlar aytilgan  gaplarning  ma’nosini o’zgartirib etkazishi 
mumkinligi sababli, mamlakat tilini o’rganib olish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Beshinchi muammo – moliyalashtirish. Katta miqdorda tovarlarni tashish uchun 
dengiz  trasporti  kerak  bo’lishi  mumkin.  Okean  orqali  tashish  muddati  ikki  oy  yoki 


 
47 
undan  ko’pni  tashkil  etadi.  Mahsulotni  tashish,  omborlarda  saqlash  va  marketing 
davomida moliyalashtirish zarur bo’ladi. buni bir qator agentliklar yordamida amalga 
oshirish  mumkin, biroq dastlabki bosqichlarda  moliyalashtirish korxonaning  vazifasi 
hisoblanadi.  Qoidaga  ko’ra,  mahsulotni  moliyalashtirish  uni  sotib  olish,  tashish, 
saqlashdan  hamkorga  etkazib  berishgacha,  ba’zi  hollarda  esa  iste’molchining  o’ziga 
etkazib  berishgacha  bo’lgan  davrda  amalga  oshiriladi.  Buni  mahsulotning  xarakteri 
va  marketing  amalga  oshiriluvchi  sharoitlar,  shuningdek,  firma  hamkorining 
moliyaviy  resurslarga  egalik  darajasi  bilan  izohlash  mumkin.  Albatta,  eng  yaxshi 
variant  bu  –  mahsulotga  egalik  huquqini  dastlabki  osqichlardayoq  berib  yuborish  va 
shu  bilan  uni  moliyalashtirish  tashvishlaridan  qutilishdir.  Har  bir  holatda 
moliyalashtirish  bo’yicha  majburiyatlarni  muayyan  shartnomalar  belgilab  beradi. 
Moliyalashtirish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan birinchisi – 
o’z resurslari bilan bo’lib, bunda har qanday tavakkalyailiklarga tayyor turish kerak. 
Yana  bir  yo’l  bo’yicha  etkazib  berilayotgan  tovarni  ishlab  chiqaruvchining  o’zi 
moliyalashtirish  manbasi  bo’lishi  mumkin.  Ba’zi  hollarda  korxona  90  kungacha 
muddatga savdo krediti taqdim etishi mumkin. Uchinchi yo’l oddiy bank kanallari va 
boshqa  kredit  muaasasalari  bilan  bog’liq.  Xalqaro  savdoni  moliyalashtirish  ikkita 
standart  qoida  asosida  amalga  oshiriladi.  Firma  albatta  zarur  moliyaviy  hujjatlarga, 
shuningdek, kredit uchun kafolatga ega bo’lishi zarur. 
Aytib o’tish kerakki, chekka shaharlardagi banklar xalqaro savdodan manfaatdor 
emas. Moliyalashtirishga rozilik olish uchun bankni jalb qilishga katta miqdorda qarz 
olish  etarli.  Demak,  bank  asosiy  shaharda  joylashgan  yirik  banklar  qatoriga  kirishi 
lozim.  Hukumat  muassasalari  ham  moliyalashtirishning  yana  bir  manbasi  bo’lishi 
mumkin. G’arb  mamlakatlarida tashqi savdoni, ayniqsa eksportni qo’llab-quvvatlash 
zimmasiga  yuklatilgan  hukumat  tashkilotlari  orqali  moliyalashtirishni  amalga 
oshirish mumkin. 
Tovarlarni transportortirovka qilish oltinchi muammo bo’lib, uning turi, vaqti va 
u bilan bog’liq tavakkalchiliklar mahsulot turidan kelib chiqadi. Vazni va hajsi katta 
bo’lmagan,  arzon  mahsulotlarni  temir  yo’l  yoki  dengiz  transporti  orqali  tashish 
ko’proq  samara  beradi.  Bunda  maxsus  omborxonalarga  ega  bo’lish  talab  qilinadi. 


 
48 
Mahsulotni kema kelguncha, undan so’ng esa jo’natilgan joyga etib kelgandan so’ng 
saqlash  zarurati  yuzaga  keladi.  Omborxona  qulay,  arzon  bo’lishi  hamda 
mahsulotlarni yong’in, suv toshqini, mayda o’g’irlik kabilardan himoya qilishi lozim. 
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, mahsulotni transportirovka qilish va saqlash bilan 
bog’liq  tavakkalchiliklar  xalqaro  savdo  bitimlarida  mamlakat  ichida  amalga 
oshiriluvchi savdo operasiyalariga nisbatan doimo yuqori bo’ladi. 
Agar mahsulot aviatransport orqali tashiladigan bo’lsa, uni saqlash bilan bog’liq 
muammolar  kamroq  bo’ladi.  Mahsulot  to’g’ri  samolet  bortiga  yuklanadi,  etib 
kelgandan  so’ng  esa  darhol  bojxona  tekshiruvidan  o’tkaziladi.  Bu  holda  u  dengiz 
orqali  tashishga  nisbatan  kamroq  xavf-xatarga  uchrashi  mumkin.  Eng  ko’p  xavf 
mayda o’g’irliklar, mahsulotni yuklash va tushirish paytida, noqulay havo sharoitlari 
yoki  yong’in  paytida  yuzaga  keladi.  Bundan  tashqari,  mahsulotni  bevosita 
transportirovka qilish paytida  yo’qotish  xavfi ham  mavjud  – samolet qulab tushishi, 
kema esa cho’kib ketishi mumkin. 
Tashqi  savdoda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  ettinchi  muammo  bevosita 
ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq.  Bu  o’ziga  xos  texnik  talablardir.    Har  bir  mamlakat 
o’zining texnik standartlari qabul qilishi mumkin. Bunga misol qilib 110 V va 230 V 
kuchlanishni ko’rsatish mumkin. Shu sababli xalqaro savdo uchun mahsulotni ishlab 
chiqishda  uning  kutilayotgan  xaridorlar  istiqomat  qiluvchi  mamlakatlarda  qabul 
qilingan texnik standartlarga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur. 
Sakkizinchi muammo bu valyuta munosabatlari va foydani repartasiya qilishdir.  
Ko’pchilik mamlakatlarning pul tizimi barqaror emas, pul qiymatining o’zgarishi esa 
mahsulot narxining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Inflyasiya jarayoni 
doimiy  kuzatilayotgan  mamlakatda  talab  kamayib  boradi,  chunki  ish  haqi  narx 
o’sishidan  orqa  qolib  ketadi.  Shu  sababli  inflyasiya  kompaniyada  umumiy 
rejalashtirish  jarayoniga  ham  ta’sir  ko’rsatadi.  Bundan  tashqari,  foyda  barqaror 
bo’lmagan valyuta olingan bo’lsa, inflyasiya natijasida umuman yo’qotilishi mumkin. 
Shuning  uchun  ham  biron  mamlakatda  ish  boshlashda  oldin  uning  valyutasi 
qanchalik  barqaror  ekanligini  aniqlash  hamda  mos  keluvchi  oldini  olish  choralarini 
ko’rish, birinchi navbatda narx belgilashda inflyasiya natijalarini hisobga olish zarur. 


 
49 
Foydani  repartasiya  qilish  bu  olingan  foydani  o’z  mamlakatiga  olib  ketish 
degani.  Boshqacha  qilib  aytganda,  agar  siz  bironta  mamlakatda  foyda  oladigan 
bo’lsangiz,  bu  mamlakat  qonunchiligi  olgan  foydangizni  olib  chiqib  ketishingizni 
taqiqlamasligiga  ishonch  hochil  qilishingiz  zarur.  Ba’zi  mamlakatlarda  olingan 
foydani  milliy  valyutadan  xorijiy  valyutaga  o’tkazish  soliqqa  tortiladi.  Ba’zan 
mahalliy  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  mahalliy  valyutaga  sotib  olib  uni 
mamlakatdan  olib  chiqib  sotish  va  tushgan  mablag’ni  boshqa  valyutaga  aylantirish 
ialab  qilinishi  mumkin.  Bu  operasiyani  amalga  oshirish  juda  yaxshi  variant.  Eksport 
operasiyalarini  amalga  oshirishda  milliy  valyutaga  chet  elda  mahsulot  sotib  olib  uni 
o’z  mamlakatiga  yoki  uchinchi  mamlakatga  olib  borib  sotishda  ikkita  foyda  olish 
mumkin.  Biroq  qonunchilik  nuqtai  nazaridan  buni  amalga  oshirish  doim  ham  oson 
kechavermaydi. 
To’qqizinchi muammo bu kriminal faoliyat bilan to’qnashish imkoniyati bo’lib, 
bunda  birinchi  navbatda  hukumat  apparati,  bojxona  xizmati  va  tuzilgan  shartnoma 
bo’yicha biznesga jalb qilingan tadbirkorlarning poraxo’rligi ko’zda tutiladi. Mazkur 
muammo shartnoma bo’yicha ishlar bajariluvchi mamlakat qonunchiligiga bo’ysinish 
va huquqiy bog’liqlikka olib  kelishi  mumkin. Marketing bo’yicha  mutaxassis loyiha 
bo’yicha hujjatlarni tayyorlayotganda va mahsulotni namoyish qilish davomida ushbu 
muammoni ham hisobga olishi zarur. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish